O‘zbekistOn Respublikasi Oliy


NAZORAT IShI UchUN MAVZULAR



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/57
tarix21.12.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#77076
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

NAZORAT IShI UchUN MAVZULAR
• Madaniyat — ijtimoiy hodisa.
• Madaniyatning mohiyati, mazmuni, ijtimoiy funksiyalari.
• Jamiyat taraqqiyotida moddiy madaniyatning o‘rni.
• Ma’naviy madaniyat — barkamol shaxsni tarkib toptirishning muhim 
omili.
• Madaniyat taraqqiyotida ichki va tashqi omillar uyg‘unligi.
• Madaniy meros va vorislik muammolari.
• Mustaqillik sharoitida madaniyat taraqqiyotining asosiy yo‘nalish lari.
• Madaniyatning milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishdagi o‘rni.
• Madaniyatning asosiy konsepsiyalari va ularning mohiyati.
• Madaniyat va qadriyatlar.
• Madaniyat va an’analar.
• Inson mehnati — madaniyat asosi.
• Madaniyat — insonni tarbiyalashda muhim ma’naviy omil.
• Tabiat — insoniyat madaniyati rivojlanishining moddiy asosi.
• Inson va tabiat o‘rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etishda mada niyatning 
roli.
• Madaniyat — insoniyat jamiyati shakllanishining zaruriy sharti sifatida.
• Ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirishda madaniyatning o‘rni va roli.
• Sivilizatsiya va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi.
• Shaxs va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi.
• Barkamol inson shaxsini shakllantirish — madaniyat sohasidagi 
islohotlarning bosh maqsadi.


57
Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
Ikkinchi bob. 
MADANIYATNING ASOSIY SOhALARI
har qanday madaniyatning murakkab tizim ekanligi yuqorida aytib o‘tildi. 
Madaniyat ichki jihatdan o‘zaro ta’sir etadigan bir qator qismlar, munosabatlar 
va vazifalar o‘rtasidagi aloqalarni gavdalantirib, muayyan jamiyatda o‘zining 
mavjud bo‘lib va yashab turishini ta’minlaydi.
Madaniyat kishilar hayotining juda rang-barang sohalarini qamrab oladi. 
Mohiyatan olib qaraydigan bo‘lsak, ijtimoiy hayotning har qanday sohasini 
madaniyat nuqtai nazaridan qarab chiqish va tavsiflash mumkin.
Moddiy va ma’naviy madaniyat sohasidagi tafovutlar jamiyatning asosiy 
tarmoqlari hamda kishilarning ehtiyojlarini qondirish xususiyatlarini o‘zida 
aks ettiradi. Bunda inson ijtimoiy faoliyatiga xos moddiy-amaliy va ma’naviy 
sohalarda ro‘y beradigan taraqqiyot belgilari qayd etilgan bo‘ladi.
Boshqa tomondan, madaniyat nafaqat ijtimoiy tuzilma, balki shaxsning o‘z 
tarkibiy tuzilishi tomonidan ham farq qiladi. Shunga ko‘ra, insonning mehnat 
madaniyati, muloqot madaniyati, xulq madaniyati, tafakkur madaniyati
axloqiy-estetik madaniyati, fanning dunyoqarash funksiyalari va boshqalar 
to‘g‘risida fikr yuritish mumkin. Madaniyatning rang-barang tarkibiy qism 
(komponent) lari va shakllari insonning ijtimoiy aloqa va munosabatlarining 
turli-tumanligi va boyligi bilan belgilanadi.


58
madaniyatshunOslik asOslaRi
Madaniyatning mohiyati va ijtimoiy hayotdagi o‘rnini to‘g‘ri tushunish 
uchun uning tarkibiy qismlarini qarab chiqish muhimdir. Umumiy maqsad 
— insonni shakllantirish va uning komillikka erishuvini ta’minlashda 
madaniyatning har bir turi o‘ziga xos vazifa bajaradi. Jamiyatda mehnat 
madaniyatini rivojlantirish, kishilarning siyosiy ongliligini oshirish, axloqiy va 
estetik komilligini barqarorlashtirish va hokazolarda buni ko‘rish mumkin.
Murakkab ijtimoiy tuzilma sifatida madaniyat ilmiy bilimlarni
dunyoqarashni, axloqiy va estetik qadriyatlarni, xulq va huquqning 
me’yorlarini, tarixan tarkib topgan urf-odatlar, an’analar, ramziy holatlarni 
o‘z ichiga oladi. Shu asosda madaniyat moddiy va ma’naviy boyliklarni 
ko‘paytiradi va tarbiya jarayonida muhim ma’naviy rol o‘ynaydi.
endi madaniyatning asosiy sohalari bilan tanishib chiqaylik.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin