108
madaniyatshunOslik asOslaRi
o‘g‘li Alouddavla Otsiz (1127 — 1156) saroyida xizmat qilgan.
Asarlari:«Al-Xufayi al-a’loyi» («Poyalarning yuqori qismi»); «At-Tibb al-
mulukiy»; «Kitob az-zahiraye Xorazmshohiy»; «Kitob al-ahrod» («hasad tufayli
kelib chiqadigan kasalliklar»); «Kitob yodgor» («esdalik kitobi»); «Kitob fi rad
alal-falosafa» («Faylasuflarga qarshi raddiya kitobi»); «Kitob vasiyatnoma» va
boshqalar;
Jurjoniy fikricha, haqiqiy lazzat to‘kin-sochin hayot kechirishda emas, balki
aqliy va ma’naviy kamolotga erishishdadir.
ZAMAhShARIY ABUL QOSIM MAhMUD IBN UMAR IBN AhMAD
(1075—1144) Xorazmning Zamahshar qishlog‘ida tug‘ilgan.
U dastlabki
ma’lumotni o‘qimishli otasidan olgan, 17 yoshga to‘lganda Buxoroga borgan,
shuningdek, bilimini oshirish yo‘lida dunyoning ko‘pgina shaharlarida bo‘lgan.
U Shosh, Bag‘dod, hijozda, ikki marta Makka shahrida bo‘lib, besh yilcha
yashab Jorulloh («Ollohning qo‘shnisi») degan sharafli nomga ega bo‘lgan.
U grammatika, lug‘atshunoslik, aruz ilmi, jug‘rofiya, tafsir, hadis va fiqhga oid
ellikdan ortiq asarlar yozdi. Az-Zamahshariy o‘z ilmiy va ijodiy faoliyatida arab
tili va adabiyotiga chuqur hurmat bilan qaragan, o‘z asarlarini faqat arab tilida
yaratgan.
Asarlari: «Al-mufassal» (arab tili grammatikasiga oid asar); «Muqaddimat
ul-adab» (Adab ilmiga muqaddima); «Asos ul-balog‘a» («Notiq lik asoslari»,
arab tili fasohati va mukammalligi haqida fikr yuritadi); «Al-mujmal-arabiy
al forsiy»; «Al-Kashshof» (Qur’on haqiqat lariga bag‘ishlangan); «Maqomat
az-Zamahshariy». Unga «Xorazm faxri», «Arab ustozi» kabi unvonlar berilgan.
Uning «Al-Kashshof» asari asrlar davomida Qur’oni Karimni o‘rganish
sohasida asosiy qo‘llanma bo‘lib kelmoqda. Falsafiy qomuslarda yozilishicha,
Zamahshariy dunyoqarashining negizida asosan ikki narsa yotadi: birinchidan,
u islom ilohiyoti qobig‘ida sunniylikka ma’lum darajada muxolif sifatida ajrab
chiqqan mo‘tazaliylik oqimiga moyil bo‘lgan, ikkinchidan, bilish jarayonida aql
orqali bilib olingan haqiqatlarni tan olib, ratsionalizmni qo‘llab-quvvatlagan.
U aqliy bilishni haqiqat mezoni deb hisoblaydi, har qanday mushkul ish aql
egalari tufayli isloh qilinishini ta’kidlaydi.
BURhONIDDIN AL-MARG‘INONIY (1123-1197)-Ali ibn Abu Bakr ibn
Abd ul-Jalil al-Farg‘oniy ar-Rishtoniy al-Marg‘inoniy Qur’on, hadis ilmlarini
mukammal egallab, fiqh-islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur
ilmga ega bo‘lgan mutafakkir bo‘lgan. U Burhon ud-din va-l-milla (Islom
1
Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.: «O‘zbekiston», 2000, 64—65
b.