O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/57
tarix21.12.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#77076
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006



O‘zbekistOn Respublikasi Oliy 
va O‘Rta maxsus ta’lim vaziRligi
MADANIYATShUNOSLIK
ASOSLARI
(Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun qo‘llanma)
TOShKeNT — 2006


M u a l l i fl a r: 
M. Abdullayev, e. Umarov, A. Ochildiyev, A. Yo‘l doshev, A. 
Abdullayev.
Taqrizchilar: 
G. hamidova — falsafa fanlari doktori, professor, 
A. ergashev — filologi ya fanlari nomzodi, dotsent 
M a s ’ u l m u h a r r i r: 
Yo. Toirov — falsafa fanlari doktori, professor.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy o‘quv 
yurtlariaro muvofiqlashtiruvchi kengashining 2004-yil 31-yanvaridagi 4-sonli qaroriga 
binoan tavsiya etilgan.
© «Turon-Iqbol» nashriyoti, 2006-y.


3
KIRISh
Zamon talablariga har tomonlama javob beradigan yuqori malaka li, 
barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish mustaqillik yo‘lidan borayotgan 
jamiyatimizning eng oliy maqsadidir. Zero, barkamollikning yuksak mezoni 
insonning chinakam ma’naviyat va ma’rifat sohibi bo‘la olishi bilan belgilanadi. 
Respublikamiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi jamiyat hayotining barcha 
sohalarida tub sifat o‘zgarishlarini amalga oshirishni taqozo etadi. Bu vazifani 
hal etish ko‘p jihatdan fuqarolarning madaniy-ma’rifiy faolligini tinmay oshirib 
borish va kamol toptirish bilan uzviy bog‘liqdir. Kishilarning yaratuv chanlik 
qobiliyatini, axloqiy fazilatlarini, ijodiy ko‘tarinkiligini, iste’dodlarini to‘la 
namoyon eta olish fazilati madaniy faoliyat asosida ro‘yobga chiqadi. Inson 
omili tushunchasi tarkibiga kiradigan bu fazilatlar jamiyatning ham, alohida 
shaxsning ham barkamolligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bularsiz kishilarning 
ijtimoiy hayot va tarixiy jarayonda ongli, samarali ishtirok etishi, umuman, 
ma’naviy shakllanishi va kamol topishini tasavvur etib bo‘lmaydi. Darhaqiqat, 
«buyuk davlat, buyuk kelajagimizga erishish uchun oqil, ma’rifatli, ayni paytda, 
o‘zining o‘tmishi, ulug‘ qadriyat lari, millati bilan faxrlanadigan va kelajakka 
ishonadigan insonlarni tarbiyalashimiz kerak. Bunday insonni tarbiyalash 
esa ijtimoiy fanimizning muqaddas burchidir... Vatan tarixi va madaniyati, 
jug‘rofiyasi va iqtisodini, qadimiy urf-odatlarimizni har tomonlama o‘rganish 
dolzarb aha miyatga ega. Bog‘chalardan tortib oliy o‘quv yurtlarigacha bo‘lgan 
ta’lim-tarbiya tizimlarida mazkur fan va bilimlarni o‘qitishga muhim siyosiy 
vazifa sifatida qaralmog‘i lozim»

.
So‘z inson haqida bo‘ladimi, madaniylashuv jarayoniga tegishlimi, 
tafakkurning boyligi to‘g‘risidami, qadriyatlarning boyib borishi xususidami, 
bulardan qat’iy nazar, jamiyat ma’naviy hayotining mana shu tomonlarini 
chuqur va har tomonlama egallash va o‘rganish ma’naviy mustaqillikning asosiy 
masalalaridan hisoblanadi. Bu jarayonlarni nazariy jihatdan umumlashtirish 
hamda madaniyat mavjudligi va uning rivojlanish qonuniyat larini chuqur 
o‘rganish milliy istiqlol mafkurasini anglab yetishning muhim qirralaridandir.
1
I. A. Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. — T.: «O‘zbekiston», 1995, 55, 
204-b.


4
madaniyatshunOslik asOslaRi
O‘quv yurtlarimizda o‘qitilayotgan ijtimoiy-gumanitar fanlar zimmasiga 
talaba-yoshlarning ma’naviy dunyosini milliy istiqlol g‘oyalari ruhida 
shakllantirish hamda ularning erkin fikrlashi va madaniy-ma’rifiy faolligini 
oshirish, barkamol avlodga xos fazilatlarni tarkib toptirish mas’uliyati yuklanadi. 
e’tiboringizga havola etilayotgan risola shu maqsadda yaratildi. Unda 
respublikamizda keyingi yillarda yaratilgan madaniyat nazariyasi va tarixiga 
oid asarlarda ilgari surilgan fikrlardan ijodiy foydalanildi.
Qo‘llanma falsafa fanlari doktorlari, professorlar M. Abdullayev, e. Umarov 
(«Kirish», «Madaniyatshunoslikning bahs mavzui va funksiyalari», «Madaniyat 
to‘g‘risida ilmiy-nazariy konsepsiyalar», Ikkinchi bob, Ilova), A. Ochildiyev 
(«Madaniyat tushunchasi, uning mohiyati va funksiyalari»), A. Yo‘ldoshev 
(«Madaniyat va tabiat», «Jamiyat va madaniyat», «Madaniyat va sivilizatsiya», 
«Shaxs va madaniyat»), iqtisod fanlari nomzodi, dotsent A. Abdullayev 
(«Iqtisodiy madaniyat»)lar tomonidan tayyorlandi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin