18
madaniyatshunOslik asOslaRi
yunon olimi Demokritning «atomlar olamning eng mayda, bo‘linmas, oxirgi
g‘ishtchalaridir» degan qarashlarini olib ko‘raylik. XX asr bo‘sag‘asida ilm-fan
rivojlanishi bilan atomlar eng so‘nggi g‘ishtchalar emasligi, balki ular o‘z
navbatida yanada murakkkabroq tuzilishga ega ekanligi aniqlandi. Lekin bu
Demokrit qarashlari ilm-fan, kengroq aytganda, madaniyat rivojlanishida hech
qanday rol o‘ynamadi, deyishga asos bo‘la oladimi? Aslo! Chunki atomlarning
mavjudligi, ularning «olamning oxirgi g‘ishtchalari» ekanligi haqidagi fikr bu
«g‘ishtcha»larni topishga va, ayni paytda, ularning «oxirgi» marra emasligini
isbotlashga olib keldi. Bulardan shunday xulosa kelib chiqadiki, noto‘g‘ri
tasavvurlarni tanqidiy o‘zlashtirish, to‘g‘ri langan holda qabul qilish madaniy
rivojlanishning muhim xususiyatidir.
Madaniyat rivojlanishidagi vorislik oldin erishilgan
natijalarni saqlab
qolish va ijodiy rivojlantirishning dialektik birligi sifatida yuzaga chiqadi. Ana
shu jarayon natijasi o‘laroq madaniyatning barqaror,
konservativ elementlari
yuzaga keladiki, odatda ularni ifodalashda an’analarning roli beqiyosdir.
Madaniy an’analar tufayli kishilarning tajribasi to‘planib, avloddan-avlodga
o‘tib boradi.
Madaniy an’analar kishilar birligining muayyanligini, o‘zligini saqlab qolish
imkonini beradi. An’analarsiz madaniyat bo‘lishi mumkin emas. Madaniy
an’analar deganda, ko‘pincha marosimlar va urf-odatlarni tushunishadi.
Bu unchalik to‘g‘ri emas. Birinchidan, kishilik jamiyati rivojlanishi davomida
yuzaga
kelgan har qanday marosim, urf-odat ham uzoq yashamasligi,
demakki, an’anaga aylanmasligi ham mumkin. Ikkinchidan, madaniy an’analar
tushunchasi marosimlar, urf-odatlar kabi hodisalarni ham o‘z ichiga olgan
holda ularga nisbatan kengroq mazmun kasb etadi. Chunki madaniy an’analar
ulardan tashqari avloddan-avlodga o‘tib, tarixan qaror topgan va ijtimoiy
ongning tarkibiy qismiga aylangan g‘oyalar va bilimlar, qadriyatlar, qarashlar
va tasav vurlar, xulq va did me’yorlari kabi jarayonlarni ham o‘z ichiga oladi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, madaniyatning har bir sohasida an’ana
o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘ladi. Masalan,
ishlab chiqarish, fan, san’at
sohalaridagi an’analar o‘zining takrorlanmas jihatlari bilan bir-biridan ajralib
turadi.
Agar madaniyat faqat o‘tmish natijalarini o‘zlashtirish va takrorlashdan
nariga o‘tmaganda edi, madaniy rivojlanish haqida gap bo‘lishi mumkin emas
edi. har bir avlod o‘zidan oldingi natijalarga tayanib, ularni ijodiy rivojlantiradi,
boyitadi, yangi, yuqoriroq bosqichga ko‘ta radi.
Madaniy merosga nisbatan mensimasdan qarash chuqur salbiy oqibatlarga,
fojiaviy hollarga sabab bo‘lishi, muhim madaniy yutuqlarning yo‘qolishiga olib
kelishi mumkin. Boshqa tomondan, an’analarga ko‘r-ko‘rona sajda qilish esa
madaniyatda turg‘unlikni keltirib chiqaradi.