O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/57
tarix21.12.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#77076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   57
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
Madaniyat rivojlanishiga siyosatning ta’siri kattadir va u, ayniqsa, XX asrda 
buyuk ahamiyat kasb etdi.
Siyosatning madaniyatga ta’siri ham ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. 
Masalan, «millatlarning yaqin kelajakda qo‘shilib ketishi» to‘g‘risidagi g‘oyalarga 
asoslangan holda siyosat yuritilishi sobiq SSSRda ko‘pgina xalqlarning madaniy 
o‘zligini yo‘qotish darajasiga keltirib qo‘ydi. Yoki boshqa bir misolni olaylik. 
Genetika, kibernetika kabi fanlar rivojlani shiga noto‘g‘ri siyosiy baho berilishi 
natijasida sobiq SSSRda bu fanlarning taraqqiyoti bir necha o‘n yilga orqaga 
surib yuborildi.
hozirgi paytda texnik vositalar madaniyat rivojlanishiga shiddatli ta’sir 
qila boshladi. Shundan kelib chiqqan holda madaniyat yutuqlarini yashin 
tezligida ommalashtirish, tarqata olish imkoniyatini yaratgan, yer yuzining turli 
burchaklarida dunyoga kelayotgan madaniyat namunalarini millionlarning 
ma’naviy ozig‘iga aylantirayotgan ommaviy axborot vositalaridan — gazeta, 
jurnallar, radio, televideniye, video-texnika, kino kabi hodisalarning roli bu 
jarayonda ortib bormoqda.
Madaniyatning o‘zi serqirra bo‘lganidek, u bajaradigan funksiyalar ham xilma-
xildir. Birinchi navbatda, madaniyatning bilish funksiyasini alohida ko‘rsatish 
lozim. har bir ijtimoiy guruh, millat, jamiyat madaniyatida tevarak olamni 
bilish natijalari aks etadi. Odatda, ma’lum bir davr madaniyatini shu davrda 
olamni anglash, bilish darajasidan kelib chiqqan holda baholaymiz. Olamni 
bilish natijalari aksariyat hollarda sof madaniyat chegarasini yorib chiqib, keng 
ma’nodagi tarixiy jarayonning tarkibiy qismiga, jamiyat taraqqiyotining muhim 
omiliga aylanib ketadi. Masalan, kosmik uchish apparatlarining yaratilish 
jarayonini olaylik. Kosmik uchish vositalarini yaratish, koinotga parvoz qilish 
insoniyatning azaliy orzusi edi. Nihoyat, kosmik uchish apparatlari yaratildi, 
inson koinotga parvoz qildi ham. Kosmonavtikaning keyingi rivojlanishi 
shunga olib keldiki, endi u jamiyatdagi iqtisodiy, siyosiy, hatto harbiy 
jarayonlarning kechishiga faol ta’sir qiladigan bo‘lib qoldi. Shu tariqa, loyihalar 
va chizmalardagina bo‘lgan kosmik apparatlarning haqiqatan paydo bo‘lishi 
uni fan, demakki, madaniyatga xos bo‘lgan hodisadan ijtimoiy taraqqiyotga 
ta’sir ko‘rsatuvchi omilga aylantirib yubordi.
Kosmonavtikaning muhim iqtisodiy omilga aylanganligi, bir tomondan, 
uni doimiy takomillashtirish ulkan moliyaviy resurslarni jalb qilishni talab qila 
boshlaganligida ko‘rinsa, boshqa tomondan, uning iqtisodiyot rivojlanishiga 
katta apparatlar yordamida gaz, neft va boshqa yerosti qazilma boyliklarini, 
dengiz va okeanlardagi baliq zahiralarini topish, hisobga olish, dunyoning 
turli chekkalari bilan bir zumda kosmik aloqa o‘rnatish imkoniyatlari paydo 
bo‘lganligi tufayli sodir bo‘lmoqda. Vaqt kosmonavtikaning jamiyat iqtisodiy 
rivojlanishiga ta’sir ko‘rsata olish imkoniyatlari tobora kengayib borayotganligini 
ko‘rsatmoqda.


24
madaniyatshunOslik asOslaRi
Kosmonavtika taraqqiyoti ayni paytda harbiy qurol-aslahalar 
takomillashuviga ham keskin ta’sir qildi, ommaviy qirg‘in qurollarini hatto 
kosmosga olib chiqish imkoniyati ham paydo bo‘ldi. Kosmonav tikaning 
muhim iqtisodiy va harbiy omilga aylanganligi uni xalqaro munosabatlar, 
muzokaralarning muhim va doimiy obyektiga aylantirdi. Kosmosdan faqat 
tinch maqsadlarda va umuminsoniy taraqqiyot yo‘lida foydalanish masalasi 
kun sayin dolzarb masala bo‘lib bormoqda.
Tevarak olam sirlarini tushunishga intilish natijasida paydo bo‘lgan bilimlar 
tizimi insoniyat rivojlanishining muhim omiliga aylanib ketganligi to‘g‘risidagi 
bu kabi misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin.
Madaniyat nafaqat tevarak olamni, balki insonni o‘rab turgan ijtimoiy 
voqelikni bilishga intilish natijasi hamdir. Shu jihatdan olganda, madaniyat — 
inson, millat, jamiyatning o‘z-o‘zini anglashidir. Chunki madaniyatda ijtimoiy 
birliklarning ehtiyojlari va manfaatlari, o‘ziga xosliklari, jahon tarixida tutgan 
o‘rni, turli ijtimoiy tuzumlarga bo‘lgan munosabati o‘z ifodasini topadi.
Albatta, u yoki bu hodisa sof madaniyat doirasi, chegarasidan chiqib tarixiy 
taraqqiyotning elementiga aylanishi uchun ma’lum bir shart-sharoit mavjud 
bo‘lishi kerak. Ya’ni, birinchidan, jamiyatning umumiy bilim darajasi yuzaga 
kelgan yangi bilimni qabul qilishga tayyor bo‘lishi, ikkinchidan, uni tekshirib 
ko‘rish, tasdiqlash yoki inkor etish uchun zarur bo‘lgan imkoniyatlarga, ya’ni 
— qurollar, vositalar, moddiy-moliyaviy resurslarga ega bo‘lishi lozim. Aks 
holda u hech qachon tarixiy rivojlanish elementiga aylanmay, ma’lum bir 
madaniy-ma’rifiy hodisa sifatida qolib ketaverishi ham mumkin. Masalan, buyuk 
bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniyning «g‘arbiy yarim sharda quruqlik bor» 
degan fikrining taqdiri ana shunday yakun topdi. Jamiyatning bunday fikrlarni 
qabul qilishga tayyor emasligi tufayli o‘sha paytda bu g‘oya o‘zining haqiqiy 
bahosini topmadi. Oradan bir necha asr o‘tgandan so‘ng g‘arbiy yarim sharda 
quruqlik — materik borligi isbotlanib, keyinchalik bu materik Amerika nomi 
bilan yuritila boshlandi.
Bu hodisa insoniyatning o‘zi yashab turgan ona-zamin to‘g‘risidagi 
tasavvurlarining butunlay o‘zgarishiga olib keldi. Ayni paytda, g‘arbiy yarim 
sharning «o‘zlashtirilishi», garchand ziddiyatli kechgan bo‘lsa-da, uni yagona 
insoniyat taraqqiyotining tarkibiy qismiga aylantirdi.
Madaniyatning bilish funksiyasi bilan axborot (informativ) funksiyasi uzviy 
bog‘liqdir. Madaniyatning axborot funksiyasining mazmuni to‘plangan ijtimoiy 
tajriba, bilim, malakani uzatishda ko‘rinadi. Bu tajriba, bilim rivoyatlar, aqidalar, 
fan, adabiyot, san’at asarlari orqali yangi avlod tomonidan qabul qilib olinadi, 
o‘zlashtiriladi. Bunday uzatish «vertikal», ya’ni o‘tmish avlodlardan yangi 
avlodlarga va, «gorizontal», ya’ni ayni bir tarixiy davrda, kishilardan kishilarga, 
bir xalqdan ikkinchi xalqqa uzatish ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin.


25

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin