O‘zbekistOn Respublikasi Oliy


MADANIYAT TO‘G‘RISIDA ILMIY-NAZARIY qARAShLAR



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/57
tarix21.12.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#77076
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   57
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

MADANIYAT TO‘G‘RISIDA ILMIY-NAZARIY qARAShLAR
Madaniyatshunoslik madaniyatni ilmiy jihatdan tushuntiradi, uning 
umumtarixiy mazmuni va ma’nosini belgilab, ijtimoiy-tarixiy bilimlar tizimida 
tutgan o‘rni va mavqeini asoslaydi.
Madaniyat hodisasini tavsiflashda juda rang-barang izohlarga duch 
kelishimiz mumkin. Bular madaniyat:
— inson tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar yig‘in-
disi; 


28
madaniyatshunOslik asOslaRi
— sun’iy, ya’ni ikkinchi tabiat; 
— inson faoliyati majmui; 
— faoliyat vositalari yig‘indisi; 
— ijodiy faoliyat; 
— ijodiy faoliyat mahsuli; 
— umuman jamiyat; 
— jamiyatning ma’naviy holati; 
— jamiyatning ma’naviy hayoti; 
— jamiyatning sifati; 
— inson sifatlari; 
— shartli belgilar tizimi yig‘indisi va boshqalar.
Bunday rang-baranglikning sababini madaniyat hodisasining o‘ta 
serqirraligi, murakkabligi bilan tushuntirish mumkin. Biroq turli-tumanlik, 
hatto qarama-qarshi yo‘nalishlar bo‘lishiga qaramasdan, ularning barchasi 
madaniyatni ijtimoiy hodisa deb e’tirof etadi.
Bu murakkabliklar ma’lum ma’noda madaniyat to‘g‘risidagi tasavvurlarning 
kelib chiqishi bilan bog‘langan deyish mumkin. Avvalo shuni aytish kerakki, 
madaniyat tushunchasi hamma zamonlar uchun xos bo‘lgan umumtarixiy 
kategoriyalar sirasiga kiradi. Insoniyat tarixining biron-bir davri yo‘qki, 
madaniyat tushunchasi unga nisbatan nazariy va amaliy ahamiyat kasb 
etmagan bo‘lsin.
Kishilar turli davrlarda har xil tarzda hayot kechirganlar. Moddiy hayot 
sharoitlari ta’sirida ijtimoiy tuzum, ularning ongi va hayot tarzi ham, binobarin, 
ularning o‘zlari ham o‘zgara borganlar, bu narsa madaniyatda ham o‘zining 
ifodasini topa borgan. Binobarin, har bir davr, har bir jamiyat nafaqat madaniy 
meros, an’analar bilan bog‘langan, shu bilan birga, o‘ziga xos mazmun va 
shaklga ega madaniyatni ham vujudga keltirgan. Shu ma’noda, madaniyat 
hamisha umuman emas, balki muayyan tarixiy qiyofada namoyon bo‘lgan.
Madaniyatlarning rang-barangligi, ular o‘rtasidagi murakkab o‘zaro 
aloqadorlik ana shundan kelib chiqadi. Modomiki, «umuman mada niyat 
mavjud emas ekan, madaniyat to‘g‘risida umumiy tasavvurlar, umumiy 
tushunchalar qayerdan paydo bo‘ldi?» degan tabiiy savol tug‘ilishi mumkin.
Madaniyatshunoslik ilmida shunday tushunchalar shakllanganki, ularda 
qayerda va qachon paydo bo‘lishidan qat’iy nazar, har bir madaniyatga xos 
umumiy xususiyatlar aks etadi, ularsiz biror bir madaniyatning mavjud bo‘lishini 
tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu bilan birga, madaniyat rivojlanishining har bir 
bosqichida bunday umumiylik alohidalik shaklida voqe bo‘ladi.
Inson madaniy mohiyat sifatida tashqi, tabiiy kuchlarga tobe bo‘lib bog‘lanib 
qolmasdan o‘zini holis, erkin his etishi zarur, buningsiz u shaxsiy fazilatlarini 
kamol toptira olmaydi. Tarixiy taraqqiyot ko‘rsa tadiki, kishilar ko‘p hollarda o‘z 
hayotiga dahldor muhim hodisalarni shaxsan o‘zlariga emas, balki faqat tashqi 


29

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin