30
madaniyatshunOslik asOslaRi
Ikkinchi usul madaniyat faqat ma’naviy qadriyatlar majmuidan iborat, deb
hisoblaydi, moddiy ishlab chiqarish mahsulotlari va inson faoliyatining boshqa
sohalardagi natijalarini bu tushunchaga kiritmaydi.
Uchinchi talqin madaniyat tushunchasiga barcha qadriyatlarni emas, inson
mehnatining barcha buyumlarini, hatto ma’naviy ishlab chiqarishning barcha
mahsulotlarini emas, balki faqatgina ijodiy faoliyat bilan bog‘liq, uning natijasi
o‘laroq yuzaga kelgan mahsulotlarni kiritadi.
Bu usullarning har biri madaniyatni o‘rganishda o‘ziga xos maxsus «soha»ni
belgilab oladi. Birinchi holatdagi «soha» inson tomonidan yaratilgan va
yaratilajak barcha narsalar olami; ikkinchi ko‘rinishda — yolg‘iz ma’naviy
qadriyatlar ko‘lami; uchinchi ko‘rinishda — faqat ijodiy faoliyat mahsulotlaridir.
Qadriyatlar nazariyasining murakkab tomoni shundaki, unda madaniy faoliyat
natijalari hisobga olingan holda, madaniyatning predmetlashmagan jihatlari,
ya’ni inson tuyg‘ulari, tabiatga munosabatlari, ijodiy jarayondagi ruhiy holatlariga
kam e’tibor beriladi. Shunday bo‘lishiga qaramay, madaniyatshunoslik ilmi
tarixida qadriyat nazariyasi ijobiy rol o‘ynagan.
Faoliyat nazariyasi. Bunga ko‘ra, madaniyatning eng muhim elementi
qadriyat emas, balki inson faoliyatidir. Madaniyatning
yuzaga kelishi va
taraqqiyotida inson faoliyati eng muhim omil hisoblanadi, shunga muvofiq
inson madaniyat o‘rganadigan predmet sohasining markazida turadi. Bu
usulning bir necha ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ularning birinchisi bo‘yicha
«madaniyat» tushunchasi insonning butun faoliyatini qamrab oladi, yoki har
qanday insoniy faoliyat madaniy faoliyatdir. Ikkinchisiga ko‘ra, «madaniyat»
tushunchasi inson faoliyatining barcha sohasini emas,
balki faqat ijodiy
sohasini, ya’ni qandaydir yangi, mo‘’jizakor, takrorlanmas narsalarni yaratadigan
faoliyatini ifodalaydi. Uchinchisiga muvofiq, «madaniyat»
tushunchasiga
faoliyatning o‘zi emas, balki faoliyat usullari kiradi.
Bu konsepsiyaning barcha ko‘rinishlari «tabiat-madaniyat» nisbatini
belgilaganda, tabiiy bo‘lgan narsa madaniy bo‘la olmaydi, yoki aksincha, degan
fikrga asoslanadi. Bu konsepsiya doirasida madaniyat va jamiyatning nisbati
muammosini, ularning o‘zaro aloqasini hal etish bir qadar murakkabliklarni
keltirib chiqaradi. Shunday tasavvurlar ham ilgari suriladiki, bularga muvofiq,
faoliyatning barcha usullari, ijtimoiy hayotning barcha shakllari madaniyat
tushunchasiga kiradi. Tabiiyki, bu tahlitda fikr yuritish jamiyat bilan madaniyatni
aynan teng qilib qo‘yadi.
Aytish kerakki, faoliyat har doim aniq-ravshan,
muayyan tarzda namoyon bo‘ladi va o‘ziga nisbatan ham aynan shunday
aniq-ravshan konkret yondashishni taqozo qiladi. Agar insoniy faoliyat bir
butun, yaxlit holda madaniyat sifatida tushuntiriladigan bo‘lsa, jamiyatda
bu faoliyatga kirmaydigan, undan tashqarida turadigan yana qanday narsa-
hodisalar qolishi mumkin? Aftidan, hech narsa. Bundan madaniyat tarixi jamiyat