O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/57
tarix21.12.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#77076
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
Umuman, sharq xalqlarining madaniyati uchun tabiatni ilohiylash tirish, 
unga sig‘inish muhim xususiyatdir. Bu jihatdan hind dinlarining, ayniqsa, 
jaynizmning tabiat kuchlariga bo‘lgan munosabati e’tiborga loyiqdir. Jaynizm 
biron-bir tirik mavjudotga zarar yetkazishni qat’iy qoralagan. Jaynizm 
tarafdorlari tuproq ostidagi qurt-qumursqalarga jaroqat yetkazmaslik uchun 
dehqonchilik bilan shug‘ulla nishdan bosh tortganlar.
Sharqliklarning tabiatga g‘oyat ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishi 
panteistik diniy ta’limotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Insonga oliy 
ilohiy mavjudot deb, barcha tirik mavjudotlarda ilohiy sifat mavjud deb 
hisoblaydigan panteistik ta’limot butun tabiatga ilohiy mohiyatning zuhuroti 
deb qaragan, insonga va har qanday tirik jonzotga nisbatan adolatsizlik, zulm 
va zo‘ravonlikni keskin qoralagan. Panteizm namoyandalarining hayotga, 
tabiatga bo‘lgan g‘oyat oqilona munosabati bugungi kunda ham katta 
tarbiyaviy va ma’rifiy ahamiyatga molikdir. Buyuk mutasavvuf Abdurahmon 
Jomiy panteistik g‘oyalarni keng targ‘ib etgan, shuningdek, Alisher Navoiyning 
inson va tabiat munosabati haqida hikoya qiluvchi ko‘plab tarixiy faktlarini 
misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Umuman, musulmon madaniyati inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni 
uyg‘unlashtirishga, tabiatdagi go‘zallik, barkamollik inson kamoloti uchun 
andoza, namuna deb qarashga asoslanar edi.
G‘arb madaniyati va, umuman, xristian sivilizatsiyasi tabiatga ko‘proq 
pragmatik yondashishga, tabiatni zabt etish, o‘zlashtirish va inson manfaatlariga 
bo‘ysundirishga asoslanar edi. K. Yungning ta’kidlashicha, g‘arbliklarning ongi 
tashqariga, tabiatni bilish va zabt etishga qaratilgan edi. G‘arbliklar tabiat 
sirlarini bilish, tabiat kuchlari ustidan hukmronlik qilish orqaligina o‘zini erkin 
his etardi. Shu boisdan ham, g‘arb madaniyatida: «Tabiat ibodat qilinadigan 
joy emas, balki ustaxonadir, inson esa u yerda ishlaydigan xodimdir», degan 
hikmat keng yoyilgan edi. G‘arb madaniyati tizimida fan va texnikaning 
jadal rivojlanishi, ayniqsa, tabiatshunoslik fanlari sohasida erishilgan buyuk 
muvaffaqiyat lar, inson ehtiyojlarining muttasil o‘sib borishi Yevropadagi 
tabiiy-geografik muhitning barcha noqulayliklari bilan uzviy bog‘liq edi. G‘arb 
madaniyatining tabiatga bo‘lgan munosabati turli tarixiy davrlarda muttasil 
ravishda o‘zgardi.
G‘arb madaniyatining tabiatga ta’sirining ilk namunasi dastavval qadimgi 
dunyo madaniyatida yaqqol ko‘zga tashlandi. Qadimgi yunon mutafakkirlari 
asosan tabiatshunos («fizik») edilar. Ular tabiat qonunla rini bilish, yil kalendarini 
yaratish, quyosh soatini kashf etish, Oyning tutilishini oldindan bashorat qilish 
va boshqa sohalarda talay yutuqlarni qo‘lga kiritgan edilar. Buyuk yunon 
1
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 1-jild, T., 2000, 685—686-b.


36
madaniyatshunOslik asOslaRi
faylasufi Arastuning barcha fanlarni fizika (tabiat) va metafizika (fizikadan 
keyingi)ga ajratishi ham ularining tabiat sirlarini bilishga katta qiziqish bilan 
qaraganligidan dalolat beradi. Qadimgi yunon tafakkurida, oldingi sahifalarda 
qayd etilganidek, «kultura» tushunchasining «yerga ishlov berish», «yerni qayta 
ishlash» ma’nosida qo‘llanilishi ham qadimgi yunonlar tasavvurida ma’naviy 
madaniyat va tabiatning o‘zaro bog‘liq ekanligini ifodalaydi.
Qadimgi yunon jamiyatida madaniyatning deyarli barcha sohalari: ritorika, 
fan, san’at, huquq, etika, estetika, teatr, haykaltaroshlik, me’ morchilik, sport 
va boshqalarning jadal rivojlanishi tabiat taraqqiyotining mahsuli bo‘lgan 
insonni yanada takomillashtirish, uning intellektual va jismoniy qobiliyatini 
yanada yuksaltirish bilan bog‘liq edi. Qadimgi yunon quldorlik madaniyatining 
inson va tabiatga bo‘lgan munosabati biryoqlama, cheklangan va ziddiyatli 
edi. Qadimgi yunon ijtimoiy-siyo siy tafakkuri yunon quldorlik davlatining 
qonunlariga itoat qiladigan erkin fuqarolarinigina komil inson sifatida e’tirof 
qilar, ularga keng demokratik erkinliklar berishni, ularning har tomonlama 
kamol topishini nazarda tutar edi. Ayni vaqtda, harbiy yurishlar vaqtida hibsga 
olingan mahbuslar qullikka mahkum qilinar, barcha insoniy huquqlardan 
mahrum etilardi.
Qadimgi yunon jamiyatining qullarga bo‘lgan shafqatsiz munosabatida 
yunon quldorlik madaniyatining tabiatdan begonalashuvi o‘z ifodasini topgan 
bo‘lsa, ilm, fan, san’at, siyosat, axloqning erkin fuqaro larni har tomonlama 
kamol toptirish vositasi sifatida xizmat qilishi uning insondagi ijtimoiy sifatga, 
jamiyatdagi mavqeiga alohida urg‘u berishi bilan bog‘liq edi. Inson vujudidagi 
tabiiylik va sotsiallikka turlicha munosabat qadimgi yunon madaniyatining 
yuksak darajada rivojlanishi nigina emas, balki uning tanazzulini ham 
tezlashtirgan.
Yunon quldorlik madaniyati o‘ta siyosiylashgan jamiyat hayotining zarur 
sharti edi: yunon davlatining fuqarosi bo‘lish — insoniy qadr-qimmatga ega 
bo‘lish va madaniyat yutuqlaridan bahramand bo‘lish, fuqarolikdan mahrumlik 
esa — insoniy hayotning tugashi demak edi. Shu ma’noda, Arastuning insonni 
«siyosiy mahluq» deb ta’riflashi bejiz emas edi.
Qadimgi yunon madaniyati tizimida siyosat yetakchi va hal qiluvchi 
mavqega ega edi: san’at, ilm-fan, axloq, huquq erkin fuqarolarning siyosiy 
faolligini kuchaytirishga xizmat qilardi. Quldorlik demokratiyasi quldorlik 
madaniyatining shakllanishi uchun puxta zamin yaratgan va, ayni vaqtda, 
uning muqarrar ravishda inqirozga yuz tutishini oldindan belgilagan edi. 
Zero, madaniyatning tabiatga bo‘lgan munosabati, avvalo, insonga bo‘lgan 
munosabatida o‘z ifodasini topadi, chunki inson o‘zida butun tabiatning 
mohiyatini mujassamlashtiradi.
Madaniyatning tabiatga ta’siri insonning mehnat faoliyati jarayonida 
to‘laroq namoyon bo‘ladi. Inson mehnat tufayli faqat tabiatnigina emas


37

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin