Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
Milliy mustaqillik xalqimizning umummilliy madaniyati rivojida yangi davrni
boshlab berdi. Mustabid sovet tuzumi davrida xalq xo‘jaligining ekstensiv yo‘l
bilan rivojlantirilishi, qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirishga zo‘r berilishi, mo‘l
hosil yetishtirish uchun yer, tuproq, suv va havoning zaharlanishi singari salbiy
holatlarni bartaraf etish, Orol dengizini halokatdan saqlab qolish davlatimiz
siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Prezident I. A. Karimovning qator
asarlarida, nutq va maqo lalarida ekologik xavf-xatarlarni bartaraf etishning
asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi.
Milliy xavfsizligimizga jiddiy tahdid solayotgan ekologik inqirozlarni
oqilona bartaraf etishda xalqimizning ekologik madaniyatini yuksaltirish,
ayniqsa, muhimdir. «Tabiatga qo‘pol va takabburlarcha munosabatda bo‘lishga
yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, — deb yozadi I. A. Karimov. — Biz bu borada achchiq
tajribaga egamiz. Bunday munosabatni tabiat kechir maydi. Inson — tabiatning
xo‘jayini, degan soxta sotsialistik mafkuraviy da’vo, ayniqsa, Markaziy Osiyo
mintaqasida ko‘plab odamlar, bir qancha xalqlar va millatlarning hayoti uchun
fojiaga aylandi. Ularni qirilib ketish, genofondning yo‘q bo‘lib ketishi yoqasiga
keltirib qo‘ydi»
1
.
Xullas, madaniyat va tabiat bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir: madaniyat rivoji
tabiat taraqqiyotini tezlashtiradi, tabiat esa, o‘z navbatida, mada niyatning
ravnaqi uchun moddiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Tabiatga bo‘lgan munosabat
insoniyat madaniy taraqqiyotining o‘ziga xos mezoni hisoblanadi. Turli tarixiy
davrlarda madaniyatning tabiatga ta’siri turlicha mazmun va xarakterga
ega bo‘lgan. Ijtimoiy mulkchilik munosabatlari hukm surgan sotsialistik
jamiyatda tabiatga nisbatan shafqatsizlik, uni talon-taroj qilish odatiy holga
aylandi. Xususiy mulkchilik, tadbirkorlikning rivojlanishi, milliy mustaqillikni
mustahkamlash sharoitida tabiatga insonlarcha madaniy munosabatda bo‘lish,
uning ne’matlaridan oqilona foydalanish, ekologik madaniyatni rivojlantirish
milliy taraqqiyot asosi bo‘lib qoldi.