O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/57
tarix21.12.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#77076
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
Biz yuqorida madaniyatni tushunishda yuzaga kelgan nazariy-ilmiy 
qarashlarning umumiy jihatlari haqida to‘xtab o‘tdik. Ularda ilgari surilgan 
fikrlarni umumlashtiradigan bo‘lsak, quyidagicha rang-barang xulosalarga 
kelish mumkin:
— insonning mehnati — madaniyatning bosh negizidir
— madaniyat sohasi inson faoliyatining rang-barang usullari va natijalarini 
o‘z ichiga oladi; 
— madaniyatning mohiyati ijodkorlik, insonning o‘zi ham madaniyat 
mahsulidir; 
— madaniyat tarixi tabiiy-tarixiy jarayon, shu ma’noda har bir konkret 
jamiyatning madaniyati inson faoliyatining tarixan shakllangan va shartlangan 
usullari hamda tizimlaridan iboratdir
— insoniy yaratuvchanlik madaniy jarayonning mazmunini tashkil etadi.
Bu fikrlarning har birida madaniyatga xos eng zaruriy belgilar o‘z ifodasini 
topgan bo‘lib, biroq ularning birortasini alohida ajratib olib, shu asosda 
madaniyatni belgilash uni tushunishning yaxlit manzarasini bera olmaydi, balki 
ana shu belgilarning jamlanmasi, umumlashmasi sifatida madaniyatni ta’riflash 
va tavsiflasi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
MADANIYAT VA TABIAT
hozirgi zamon madaniyatshunosligi (kulturologiyasi)da tabiat va 
madaniyatning bir-biriga ta’siri, o‘zaro munosabatini ilmiy asosda tadqiq 
etish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Inson tafakkur sohibi, 
madaniyat ijodkori sifatida tabiatga nisbatan befarq qaray olmaydi: o‘z aqli, 
madaniyati vositasida tabiatni o‘zlashtirishga, uning ne’matlaridan to‘laroq 
bahramand bo‘lishga intiladi. Insoniyatning ko‘p asrlik tarixi shundan guvohlik 
beradiki, kishilarning tabiat to‘g‘risidagi bilimi, axloqiy madaniyati yuksalib 
borishi bilan tabiat taraqqiyoti tezlashgan, u tobora insoniylashgan, inson 
tabiat bilan uyg‘unlashgan, yuqorida aytilganidek, insoniyat asta-sekin 
tabiatga qaramlikdan ozod bo‘lib, ijtimoiy taraqqiyot va erkinlik sari qadam 
tashlagan. Inson bilan tabiat o‘rtasidagi begonalashuv barham topgan, tabiiy 
mutanosiblikka erishilgan davrlarni madaniyatshunoslikda inson tarixining 
«oltin asri» deb atash rasm bo‘lgan.
Barcha diniy ta’limotlar, falsafiy tizimlar tabiat va madaniyat o‘rtasidagi 
g‘oyat murakkab muammolarni oqilona hal etish, tabiiy mutanosiblikni 
shakllantirish, ekologik madaniyatni rivojlantirish uchun xizmat qilgan.
ekologik inqirozlar, insonning tabiatdan begonalashuvi, tabiatni shafqatsiz 
ekspluatatsiya qilish — ma’naviy qashshoqlik, insonning o‘z mohiyatidan 
begonalashuvi madaniy taraqqiyotdagi umumiy tanazzul bilan bog‘liqdir. 
3— Zakaz  23


34
madaniyatshunOslik asOslaRi
Insoniyatning tabiatga bo‘lgan munosabati uning o‘z-o‘ziga bo‘lgan 
munosabatidir: tabiat aqlli mavjudot bo‘lgan hazrati insonni yaratish bilan 
tabiiy taraqqiyotdagi vorislik, uzluksizlik va tartib-intizomni qaror toptirgan.
Tabiat jonsiz, hissiz va ongsiz borliq emas, balki o‘ta ta’sirchan, o‘ta «aqlli» 
va donodir. Tabiat to‘g‘risida chuqur bilimga, intellektual salo hiyatga, axloqiy 
va ekologik madaniyatga ega bo‘lgan ulug‘ ajdod larimiz tabiatni avaylab-
asrashga, barcha tirik mavjudot haqida g‘amxo‘rlik qilishga intilganlar.
Insoniyat tarixi — madaniyatning shakllanishi, ravnaq topishi va madaniy 
yuksalishning inqirozlar bilan almashinishi tarixidan boshqa narsa emasdir. 
Biroq har qanday madaniyatning, xususan, moddiy va ma’naviy madaniyatning 
shakllanishi uchun tabiat moddiy asos bo‘ldi. Inson tomonidan tabiatning 
o‘zlashtirilishi, qaytadan yaratilishida madaniyat muhim vosita, tayanch bo‘lib 
xizmat qilgan.
Madaniyatshunoslik tarixining turli davrlarida goh tabiat va mada niyatni 
bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish, goh ularni aynanlashtirish hollari ro‘y 
berganligini ko‘rishimiz mumkin. Tabiat va madaniyatning o‘zaro munosabatini 
qanday tushunish konkret tarixiy davr ruhi, ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlari, u 
yoki bu xalqning ma’naviy salohiyati, madaniy an’analari bilan uzviy bog‘liq 
bo‘lgan. Tabiiy-geografik muhit jamiyat taraqqiyotiga, xalq mentaliteti 
va madaniy rivojiga kuchli ta’sir ko‘rsatib kelgan. Sharq va G‘arb (Osiyo va 
Yevropa) mamlakatlarida tabiatga bo‘lgan munosabatning bir-biridan keskin 
farqlanishi aslo bejiz emasdir. Sharq mamlakatlarida insonning to‘q va farovon 
hayot kechirishi uchun tabiiy-geografik muhitning barcha qulayliklari inson 
va tabiat o‘rtasidagi tabiiy mutanosiblikning rivojlanishi uchun puxta zamin 
yaratgan, barcha diniy ta’limotlar va falsafiy tizimlar tabiiy mutano siblikni 
qo‘llab-quvvatlashga yaqindan yordam bergan. Sharqliklarning butun e’tibori 
tabiatni to‘laroq o‘zlashtirish va talashga emas, balki o‘z ichki dunyosini 
takomillashtirishga qaratilgan. Diniy falsafiy ta’limotlar dunyoviy ilm-fanni emas, 
balki inson ruhini kamol toptirishga qaratilgan. Sharq va G‘arb madaniyatining 
tabiatga bo‘lgan munosabati turlichadir. Sotsiolog K. Yungning ta’limotiga ko‘ra, 
sharqliklarning ongi ularning ichki olamiga qaratilgandir: ular o‘z ruhiy olamini 
takomillashtirish orqaligina o‘zini erkin his etgan. Musulmonlar tabiatga 
Ollohning buyuk ne’mati deb qaraydi, uni buzish, vayron qilishni buyuk gunoh 
deb hisoblaydilar. Shariat hukmlarida, kosib va hunarmandlarning risolalarida 
tabiatdagi har bir narsa va hodisaga, tirik mavjudotga ehtiyotkorlik bilan 
munosabatda bo‘lish zarurligining qat’iy belgilanishi aslo bejiz bo‘lmagan. O‘rta 
Osiyo xalqlarining yer, suv, o‘simlik va hayvonot olamiga bo‘lgan munosabatini 
shakllantirishda islomgacha bo‘lgan madaniy qadriyatlar, xususan, Zardo‘sht 
hikmatlari, xalq og‘zaki ijodiyoti yodgorliklari va keyinchalik, tasavvuf g‘oyalari 
muhim rol o‘ynagan.


35

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin