O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/57
tarix21.12.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#77076
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   57
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

MADANIYAT VA JAMIYAT
Madaniyatning insoniyat jamiyati shakllanishi va taraqqiyotidagi rolini 
to‘g‘ri belgilash muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Afsuski, sovet 
madaniyatshunosligida bu muhim masala biryoqlama va ko‘p hollarda xato 
talqin etib kelindi. Tarixga materialistik nuqtai nazardan qarash ijtimoiy borliqni 
ijtimoiy ongga nisbatan birlamchi deb hisoblash, ijtimoiy borliq asosiga moddiy 
ne’matlar ishlab chiqarishni qo‘yish, mehnatni madaniyat asosi deb da’vo qilish 
va boshqalar madaniyatning ijtimoiy taraqqiyot va shaxs hayotidagi o‘rni va 
rolini to‘g‘ri belgilashga monelik ko‘rsatib keldi.
Mustaqillik yillarida shakllangan yangicha siyosiy tafakkur va falsafiy 


40
madaniyatshunOslik asOslaRi
dunyoqarash madaniyatning jamiyat va shaxs hayotidagi o‘rnini yangicha 
tushunishga imkon berdi.
Madaniyat tushunchasining inson va jamiyat tushunchalari bilan uzviy 
bog‘liqligi haqida yuqorida aytib o‘tildi. Buyuk fransuz mutafakkiri emil 
Dyurkgeymning ta’lim berishicha, madaniyat inson ongi va irodasiga bog‘liq 
bo‘lmagan holda undan ilgari vujudga kelgan va insonga majbur qiluvchi ta’sir 
ko‘rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, har bir individ madaniy olamda tug‘iladi, 
uni o‘zlashtiradi, insoniy sifatlarga ega bo‘ladi (sotsiallashadi) va uning rivojiga 
muayyan hissa qo‘shadi.
Madaniyat, avvalo, insoniyatning ko‘p asrlik bilimlari va tajribalari yig‘indisi 
sifatida namoyon bo‘ladi. Inson aqlli mavjudot sifatida ko‘p asrlar davomida 
jamiyat tomonidan yaratilgan bilim, tajriba, ko‘nikma, xulq-atvor me’yorlarini, ya’ni 
madaniyatni o‘zlashtiradi. U barcha tirik mavjudotlardan farqli o‘laroq butun hayoti 
davomida sotsiogenetik dasturni amalga oshirishga harakat qiladi. Sotsiogenetik 
dastur biogenetik dasturdan farqli ravishda avloddan avlodga irsiyat yo‘li bilan 
o‘tmay digan, ijtimoiy hayot jarayonida tarbiya va ta’lim vositasida o‘zlashti-
riladigan xulq-atvor me’yorlari, madaniyat namunalaridir. Axloqiy tarbiyaning 
butun mazmuni yosh avlodning xatti-harakati, xulq-atvori va faoliyatini tartibga 
solishdan va uning madaniy ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
Madaniyat insonni hayvondan, jamiyatni esa tabiatdan farqlaydigan sifatiy 
belgi, faqat insonga va jamiyatgagina xos bo‘lgan, uning xatti-harakatlari, 
faoliyati va mehnat mahsulotlarida namoyon bo‘ladigan bilimlar, tajribalar, 
ko‘nikmalar, me’yorlar majmuasidir.
Madaniyat ijtimoiy borliqning zarur sharti va asosidir. U endigina dunyoga 
kelgan insonga nisbatan tashqi, yot va begona kuch sifatida ta’sir ko‘rsatadi. 
Bola ota-bobolar amal qilib kelgan axloqiy me’yorlar, madaniyat namunalarini 
avvalo ko‘r-ko‘rona taqlid qilish, keyinroq esa, so‘z va tushunchalar orqali 
tarbiya jarayonida o‘zlashtiradi. Biogenetik dastur ota-onadan irsiyat yo‘li 
bilan o‘tar ekan, mavjudot sifatida hayot kechirishi va ehtiyojlarini qondirishi 
(ovqatlanishi, himoyalanishi, zurriyot qoldirishi va h. k. ) uchun muhim vosita, 
tabiiy qurol bo‘lib xizmat qiladi. Madaniyat namunalari aqlli mavjudot bo‘lgan 
inson hayotining zarur sharti sifatida endigina dunyoga kelgan chaqaloqning 
xatti-harakati, xulq-atvoriga uzluksiz tarbiya jarayonida ishontirish yoki majbur 
qilish yo‘li bilan singdiriladi. Inson mohiyatan o‘zida madaniyat tashuvchi 
va madaniyat yaratuvchi mavjudotdir. Madaniyat namunalari shaxs, jamiyat 
va millatning o‘zligini anglashi va namoyon etishida muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Shaxs madaniyati, jamiyat madaniyati, milliy madaniyat — umum bashariy 
madaniyatning turli darajada namoyon bo‘lishidir.
Inson xatti-harakati va xulq-atvorini tartibga solish kishilik jamiyatining 


41

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin