O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/57
tarix21.12.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#77076
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   57
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
fan va texnika taraqqiyotiga, inson aql-zakovatining kuch-qudratiga tayanar 
va shu tufayli ham uning ravnaqi muqarrar ravishda inqiroz bilan almashinar 
edi. Natijada O. Shpengler, N. Ber dyayev singari yevropalik tadqiqotchilar 
sivilizatsiyani madaniyat ning inqirozi sifatida tavsiflagan edi.
Gap shundaki, yangi zamon Yevropa madaniyati ilm-fan va texnika asosiga 
qurilgan bo‘lib, olamga hissiy-emotsional emas, balki intellektual-ilmiy asosda 
yondashishni taqozo etardi. Yevropa sivilizatsiyasi uchun an’analarni asrab-
avaylab emas, balki novatorlik, yangilikka intilish xos edi. Shu boisdan ham, u 
o‘tgan yuz yil davomida bir necha marta inqiroz va taraqqiyot bosqichlarini 
kechirgan edi.
Mamlakatimiz xalqlari keyingi 100—150 yil mobaynida yevropa xalqlari 
madaniyatining ilg‘or yutuqlarini o‘zlashtirish orqali milliy madaniyatni 
yanada takomillashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. O‘zbekiston o‘zining tabiiy-
geografik joylashuviga ko‘ra G‘arb va Sharq sivilizatsiyalarini bir-biri bilan 
bog‘lab turadigan, ularning ilg‘or yutuqlarini o‘zlashtirish orqali o‘ziga xos 
madaniyat va sivilizatsiya yaratgan, istiqbolga umid va ishonch bilan qaragan 
mamlakatdir. O‘zbekistonning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shilib borish tajribasini 
ilmiy asosda tadqiq etish, sivilizatsiyali taraqqiyotning muhim xususiyatlari va 
muammolarini ilmiy asosda o‘rganish muhim ahamiyatga egadir.
Xullas, madaniyat va sivilizatsiya bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan, lekin 
o‘ziga xos rivojlanish xususiyatlari va belgilari bilan ajralib turadigan ijtimoiy-
tarixiy hodisalardir. Madaniyat insonning sotsial tabiati bilan bevosita bog‘liq 
bo‘lib, kishilik jamiyati mavjudligining zarur sharti hisoblanadi. Siviliziatsiyali 
taraqqiyotga erishish madaniy rivojlanishning noyob, betakror ekanligini 
anglatadi. Bir milliy madaniyatni boshqasidan ustun qo‘yish nazariy jihatdan 
xato, amaliy jihatdan zararlidir. Milliy madaniyatlardagi rang-baranglik va o‘ziga 
xoslik jahon xalqlari mada niyatidagi umumiylikni istisno etmaydi. Turli xalqlar 
madaniya tidagi umumiylik va mushtaraklikni qadrlash xalqlar va mamlakatlar 
o‘rtasida tinchlik, hamkorlik, do‘stlik munosabatlari rivojlanishiga, jahon 
siviliziatsiyasining ravnaq topishiga xizmat qiladi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin