50
madaniyatshunOslik asOslaRi
Insoniyatning ko‘p asrlik taraqqiyoti davomida orttirgan bilimlari, g‘oyalari,
tajribalari va ma’naviy yutuqlarining majmuasi sifatida madaniyat barcha
tarixiy davrlarda ham zamon ruhi va davr talablariga javob bera oladigan har
tomonlama yetuk inson shaxsini kamol toptirishni o‘z oldiga asosiy vazifa qilib
qo‘yadi. Turli tarixiy davrlarda yaratilgan madaniyat yodgorliklari (ilmiy, badiiy
asarlar, me’morchilik, naqqoshlik, musiqa, qo‘shiq, rassomlik)da shaxsning
bilimi, iste’dodi, insoniy fazilat va sifatlari o‘z ifodasini topadi. har bir inson ulug‘
ajdodlarimiz madaniy merosini mukammal egallash orqali o‘zi sevgan sohaning
etuk mutaxassisiga, olijanob fazilatlar sohibiga aylanadi, hozirgacha yaratilgan
madaniyat obidalarini yana ham ko‘rkamroq, mukammalroq qilib yaratishga
ehtiyoj seza boshlaydi — madaniyat ijodkoriga aylanadi.
Madaniyatshunoslikda shaxs ulug‘ ajdodlarimiz
bilimi va tajribalarini
qunt bilan egallovchi, o‘zida
sabot-matonat, mustahkam iroda,
sobitqadamlik, ma’rifatparvarlik sifatlarini tarbiyalovchi, bilim va tajribalarini
obyektivlashtiruvchi, muttasil izlanuvchan
va ijodkor inson sifatida
ta’riflanadi. Jahon madaniyati xazinasiga ulkan hissa qo‘shgan, o‘z asarlarida
davr ruhi, intellektual salohiyati va butun mahoratini mujassamlashtirgan
ulug‘ ajdodlarimiz (madaniyat arboblari) mehnat sevar, bilimdon, kamtarin,
taraqqiyparvar inson sifatida ma’naviy kamolotga intilgan, o‘z asarlari bilan
nomi, nasl-nasabini abadiylashtir ganlar. Bizgacha yetib kelgan barcha
madaniyat obidalarida o‘z zamondoshlaridan ancha ilgarilab ketgan fozil va
komil ajdodlarimizning mashaqqatli, ammo sharafli mehnatlari va izlanishlari
yotadi, albatta.
Madaniyat hamisha shaxs faolligi va uning yaratuvchanlik faoliyati bilan
bog‘liqdir. Buyuk nemis faylasufi Gegel o‘zining «huquq falsafasi» asarida
ta’kidlaganidek, madaniyatli inson, bu — avvalo, boshqalar qilgan ishni qila
oluvchi, boshqalar kabi yaratuvchidir. Madaniyat o‘zining tub mohiyatiga ko‘ra
insondagi insoniylikni, yaratuvchanlik qobiliyatni ro‘yobga chiqaruvchi, komil
inson shaxsini shakllantiruvchi ekan, ana shu shaxsning faolligi tufayligina u
o‘z-o‘zidan rivojlanish imkoniga ega bo‘ladi. Binobarin, shaxsning shakllanishini
madaniyatsiz tasavvur etib bo‘lmagani kabi madaniy taraqqiyotni ham ijodkor
shaxslarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Shaxsning shakllanishi nihoyatda murakkab va ziddiyatli jarayon bo‘lib, juda
ko‘p omillarga bog‘liqdir. Inson shaxsining shakllanishida nafaqat madaniy,
yana sotsial-siyosiy muhit, ijtimoiy tuzum, iqtisodiy hayot va boshqalar ham
muhim rol o‘ynaydi.
Ijtimoiy-siyosiy rivojlanish bilan madaniy taraqqiyot har doim ham bir-
biriga mos kelavermaydi:
Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur,
Mashrab, huvaydo, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy singari buyuk madaniyat
arboblarining
insoniy fazilatlari, qimmatli g‘oyalari, yuksak iste’dodlari
bugungi kunda ham zamondoshlarimizga ibrat, buyuklik timsoli bo‘lib