O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/57
tarix21.12.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#77076
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
dalili) va Burhoniddin al-Marg‘inoniy nomlari bilan mashhur bo‘lgan. Olim 
boshlang‘ich bilimini Marg‘ilonda olgan, keyin Samarqandga ko‘chib borgan 
va butun umrini shu erda o‘tkazgan, 1149 yili olim hajga safar qilgan.
Asarlari: «Bidoyat al-muntahiy» («Boshlovchilar uchun dastlabki ta’lim»); 
«Kifoyat al-muntahiy» («Yakunlovchilar uchun tugal ta’lim»); «Nashr ul-mazhab» 
(«Mazhabning yoyilishi»); «Kitob ul-mazid» («Ilmni ziyoda qiluvchi kitob»); 
«Manosik ul-haj» («haj marosimlari»); «Majmua ul-navozil» («Nozil bo‘lgan 
narsalar to‘plami»); «Kitob ul-faroiz» («Farzlar kitobi»); «hidoya».
«hidoya» yuqoridagi asarlarining eng ixchami, izchil va mukam-malidir. U 
hanafiya mazhabidagilar uchun asosiy qo‘llanmadir.
«hidoya» to‘rt juzdan iborat: birinchi juzga ibodat (namoz, ro‘za, zakot, 
haj) masalalari kiritilgan. Ikkinchi juzdan nikoh, emizish, taloq, qullarni ozod 
qilish, topib olingan bolaning nasabini aniqlash, topib olingan narsa, qochib 
ketgan qullar, bedarak yo‘qolganlar, sherikchilik vaqf mulki kabi masalalar joy 
olgan. Uchinchi juzda esa oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, pulni birovga 
o‘tkazish, qozilarning vazifalari, guvohlik, vakolat, da’vo, iqror bo‘lish, sulh, 
pulni saqlashga berish, qarz berish, sovg‘a, ijara, homiylik, qullar va bosqinchilik 
masalalariga oid muammolar haqida so‘z beradi. To‘rtinchi juzda shafoat, 
merosni taqsimlash, dehqonchilik hamda bog‘dorchilik xususida, shartnoma, 
qurbonlik qilish, taqiqlangan ichimliklar, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar, 
xun haqi to‘lash, vasiyat kabi masalalar haqida fikr yuritiladi.
«hidoya» bir necha asrlardan buyon Sharqda, shu jumladan, Markaziy 
Osiyoda huquqshunoslik bo‘yicha asosiy qo‘llanma bo‘lib kelmoqda, asar 
o‘zbek va rus tillarida chop etilgan.
XAYYOM G‘IYOSIDDIN ABDULFATh UMAR IBN IBROhIM (1040—1123) 
Nishopur shahrida tug‘ilgan, G‘aznaviylar hokimiyati yemirilib, saljuqiylar 
hukmronligi davrida yashab ijod etgan. U Forobiy, Beruniy va Ibn Sino singari 
buyuk olimlarning ilmiy, falsafiy-ma’naviy merosini yanada rivojlantirgan, olim 
sifatida falsafa, riyoziyot, falakiyot va fizikaga oid bir qancha asarlar yozgan, 
ruboiylari shuhrat qozongan.
Asarlari: «Borliq va burchlanmoq to‘g‘risida risola»; «Uch savolga javob»; «Aql 
olami butun umumiy fanning predmeti to‘g‘risida»; «Borliq to‘g‘risida risola»; 
«Talab bo‘yicha kitob» (hamma mavjudot to‘g‘risida); «Ruboiyot»; «Jaloliddin 
taqvimi», «Navro‘znoma» va h. k.
Umar Xayyom fikricha, narsalarda «umumiy aql», saxovat va himmat 
tashuvchi «ijodchi aql» mavjud. Undan «umumiy jon», «umumiy buyum» kelib 
chiqadi. «Yaratuvchi aql»dan paydo bo‘lgan olam harakat va o‘sish jarayonini 
boshidan kechirib turadi. «Umumiy buyumlar» tabiatga bo‘ysunadi, tabiat 
to‘rt unsur (havo, suv, o‘t, yer-tuproq)dan tashkil topgan. Inson o‘zining 
so‘zlashish qobiliyati bilan hayvondan farq qiladi, olam obyektiv qonunlar 


110
madaniyatshunOslik asOslaRi
asosida rivojlanadi: «Sen, mendan oldin ham tun-kun bor edi», deb yozadi Umar 
Xayyom . Mantiq voqelikni bilishning muhim quroli, haqiqatga erishishning 
vositasidir. Ilm-fanda, ayniqsa, falsafa sohasida barcha fikrlar mantiqqa 
asoslanishi zarur.
XOJA AhMAD YASSAVIY (1041—1167) Sayramda Shayx Ibrohim oilasida 
dunyoga kelgan. U Buxoroda ta’lim olgan. «Yassaviya» tariqatining qoidalari 
Xoja Ahmad Yassaviy tomonidan ishlab chiqilgan.
Asari: «hikmatlar». Asarda bayon etilishicha, inson mehr-shafqatli bo‘lishi, 
halol-pok, o‘z qo‘l kuchi, halol mehnati bilan kun kechirishi orqali Olloh visoliga 
yetishi mumkin. Ahmad Yassaviy o‘z she’rlarida mashhur mutassavvuf olim 
Mansur halloj (858 — 922) nomini chuqur hurmat bilan tilga oladi.
Yassaviy molu dunyo to‘plashga harakat qilmagan, bechorahol 
umrguzaronlik qilgan. Mol-dunyo va davlat orttirishga mukkasidan ketgan, 
xasis va oxiratni o‘ylamaydigan kishilarni ogohlantirib, shunday deb yozgan 
edi:
«Beshak biling, bu dunyo barcha xalqdan o‘taro,
Ishonmagil molingga, bir kun qo‘ldan ketaro,
Ota-ona, qarindosh, qayon ketdi, fikr qil,
To‘rt oyoqli cho‘bin ot bir kun sango yetaro».
Ahmad Yassaviy butun turkiyzabon xalqlarning madaniy hayotida muhim 
rol o‘ynagan buyuk mutasavvuf olim, donishmand ulamo va ustoz sifatida 
shuhrat qozongan.
MAhMUD QOShG‘ARIY (XI asr) Markaziy Osiyo ilk o‘rta asr madaniyatining 
buyuk namoyandalaridan biridir. U turkiy tillarni o‘rganish sohasida keng 
shuhrat qozongan, XI asrda Movarounnahrda somoniylar o‘rnini qoraxoniylar 
sulolasi egallagan, turkiy adabiy til keng urf bo‘la boshlagan davrda yashagan. 
Mahmud Qoshg‘ariy Qashqarda tug‘ilib o‘sgan bo‘lsa-da, turkiy o‘lkalarning 
ko‘pgina shaharlarida bo‘lib, til sohasida boy material to‘pladi.
Asari: «Devoni lug‘atit turk». «Devon»da 7500 dan oshiq turkiy so‘z va 
iboralar izohlangan. Qoshg‘ariy kishilarni ilm o‘rganishga da’vat etgan, jaholat, 
kibru havoni, molu dunyoga hirs qo‘yish, baxillik va ochko‘zlikni qoralagan, 
saxovat va himmat ko‘rsatishni, ota-onani hurmat qilishni ulug‘lagan. Olim 
bilimdonlikni ulug‘lagan, o‘z o‘g‘liga murojaat qilib, faqat bilimdon odamlar 
bilan muomala qilishni, ularning pand-nasihatlariga quloq solib, hikmatlarini 
o‘rganishga chaqiradi.
Mahmud Qoshg‘ariyning ma’naviy merosi jahon ilmiy jamoatchiligi 
tomonidan yuksak qadrlangan va u qiyosiy tilshunoslikning asoschisi deb tan 


111
ilOva
olingan. Olimlarning yozishicha, «Devon»da dunyo xaritasi doira shaklida chizib 
ko‘rsatilgan, uning markazida Markaziy Osiyo joylashgan.
YUSUF XOS hOJIB (taxminan 1019-20 yillarda tug‘ilgan, vafoti noma’lum) 
XI asrning ko‘zga ko‘ringan shoiri va mutaffakiri, u Bolo sog‘un (Qirg‘izistondagi 
To‘qmoq) shahri yaqinida tug‘ilgan.
Asari: «Qutadg‘u bilig» doston («Baxtga eltuvchi bilim»). Asar Qashqar 
hokimi Sulaymon Arslon Qoraxonga bag‘ishlangan (1069). Unga Xos hojib, 
ya’ni buyuk xonning maxsus maslahatchisi degan unvon berilgan. Yusuf Xos 
hojib insonning kamolotga erishish yo‘llarini izlaydi. Uning fikricha, inson 
faqat jamiyatda, boshqa kishilar bilan o‘zaro muloqotda, ijtimoiy-foydali 
mehnatda chinakam kamolotga yetishadi. «Insonga foyda keltirmaydigan 
inson — o‘likdir», deydi olim o‘z asarlarida.
Xos hojib davlatni boshqarishda hokimlarga adolatli bo‘lishni maslahat 
bergan, ularni qonunsizlikka yo‘l qo‘ymaslikka chaqirgan, aks holda zulm, 
norozilik kuchayishini ta’kidlagan. hokim dono bo‘lsa, boshqaruvning 
negizini aql va adolat tashkil qiladi. Bu esa yalpi baxt-saodatga va farovonlikka 
olib keladi, deydi olim. Odam kimligidan qat’i nazar, inson bo‘lishi lozim, 
chunki dunyoda faqat insoniylik abadul-abad qoladi, ilm-fan, ma’rifat orqali 
jamiyatning axloqiy muhitini sog‘lomlashtirish mumkin.
ABDULhOLIQ IBN ABDUJAMIL G‘IJDUVONIY (1103—1179) Buxoro 
yaqinidagi G‘ijduvon qishlog‘ida tug‘ilgan. G‘ijduvoniy o‘z ustozi Xoja Yusuf 
hamadoniyga bag‘ishlab ko‘plab asarlar yozgan.
Asarlari:«Maqomoti Xoja Yusuf hamadoniy» («Xoja Yusuf hamadoniy 
fazilatlari»); «Risolai shayx ush-shuyuk hazrati Xoja Abu Yusuf hamadoniy».
Abdulholih G‘ijduvoniy Yusuf hamadoniyning Buxorodagi to‘rtinchi shogirdi 
(halifasi) hisoblangan. G‘ijduvoniy XIV asrda paydo bo‘lgan «Naqshbandiya» 
tariqatining ma’naviy otasi va asoschisidir. G‘ijduvoniy Yassaviydan so‘ng 
hamadoniy o‘rniga o‘tirib, ko‘plab shogirdlarni tarbiyalab etishtirgan. 
G‘ijduvoniy o‘z tariqatining qonun-qoidalari mezonini ishlab chiqqan. Bu 
qoidalar «rashhalar», ya’ni qatra («tomchi»)lar deb ataladi.
MAhMUD O‘G‘LI AhMAD YUGNAKIY (XII asr oxiri — XIII asr boshlari) 
Samarqand yaqinidagi Yugnak shahrida dunyoga kelgan.
Asari: turkiyda yozilgan «hibat ul-haqoyiq» («haqiqatlar tuhfasi»). Asar 
axloqiy-didaktik yo‘nalishga ega bo‘lib, «yaxshilik urug‘ini sepish» asosida 
yashash g‘oyasini ilgari suradi. Dunyo bevafo, o‘tkinchi, rohat-farog‘atga 
intilish — befoyda. Shuning uchun yaxshilik haqida o‘ylash kerak, inson taqdiri 
yaratuvchiga bog‘liq, lekin olloh dunyoviy hayotning ma’nosi va go‘zalligini 


112
madaniyatshunOslik asOslaRi
inkor etmaydi. Izzat va hurmat mehnat, bilim va aql yordamida qo‘lga kiritiladi. 
Kamtarlik insonni ulug‘laydi, kalondimog‘lik uni yerga uradi.
Yugnakiy kishilarni saxovat va mehribonlik ko‘rsatishga, sabr-toqatli 
bo‘lishga, do‘stni ehtiyot qilishga undagan.
AhMAD IBN UMAR ABUL JANNOB NAJMIDDIN AL-KUBRO AL-XIVAQI AL-
XORAZMIY (1145—1221) Xiva shahrida dunyoga kelgan. U yoshlik paytidayoq 
ilm istab Misrga borgan. Musulmonlar sharqida keng shuhrat topgan 
mutafakkir va mutasavvuf olimlardan biri — Majiddin Bag‘dodiy (Farididdin 
Attorning otasi) va Bahoviddin Valad (Jaloliddin Rumiyning otasi) kabi yirik 
mutasavvuf olimlar Najmiddin Kubroning shogirdlaridandir. Shayx Najmiddin 
Kubro mo‘g‘ul lashkarlariga qarshi Urganch qal’asini himoya qilishda bosh-qosh 
bo‘lgan. 1221 yili u mo‘g‘ul bosqinchilari tomonidan vah shiyona o‘ldiriladi.
Kubroviya tariqati musulmon sharqida keng tarqalgan. Undan firdavsiya 
(hindiston), nuriya (Bag‘dod), rukniya (Xuroson), hamadoniya (Kashmir); 
ig‘tishoshiya (Xuroson); nurbaxshiya (Xuroson); ne’matulloiya (eron, g‘arbda 
va AQShda hozir ham faoliyat ko‘rsatmoqda) kabi kichik tariqatlar kelib 
chiqqan.
MAhMUD IBN MUhAMMAD IBN UMAR AL-ChAG‘MINIY (XII-XIII) 
Xorazmda tug‘ilgan. Chag‘miniy o‘qishni Samarqandda davom ettirgan
astronomiya, riyoziyot, tabobat, jug‘rofiya va boshqa sohalar bilan chuqur 
shug‘ullangan, qomus tuzgan alloma sifatida shuhrat topgan. Chag‘miniy 
Xorazm ilmiy maktabining Abu Rayhon Beruniydan keyingi eng yirik olimi 
deb tan olingan.
Asarlari: «Mulaxxas fi-l-xay’a», «Saylanma», «To‘qqiz sonining riyoziyotdagi 
o‘rni haqida risola», «Merosni bo‘lish masalalarida riyoziyot usullariga sharh» 
va boshqalar. Chag‘miniy Quyoshni o‘zidan nur tarqatuvchi sayyoralarning 
markazi deb hisoblaydi: «Oy o‘z nuriga ega emas, uni Quyoshdan oladi». 
«Tabiat har qanday harakat va sokinlikning manbai». Chag‘miniy o‘sha davr 
astronomiyasini yangi pog‘onaga ko‘tardi.
XOJA MUhAMMAD BAhOUDDIN NAQShBAND (1318—1389) 
Markaziy Osiyoda XIV asrda vujudga kelgan tasavvuf tariqatlaridan biri 
«Naqshbandiya»ning asoschisi bo‘lib, Buxoroning Qasri Orifon qishlog‘ida 
tug‘ilgan. Naqshband o‘z davrining buyuk olimi Muhammad Boboi Samosi 
qo‘lida tarbiya topgan, keyinchalik unga atoqli mutasavvuf olim Sayid Mir 
Kulol rahnamolik qilgan. Naqshband ta’limotining asosida ixtiyoriy ravishdagi 
faqirlik va «Dil ba yor-u, dast — ba kor» («Diling Ollohda, qo‘ling ishda bo‘lsin») 
degan g‘oya yotadi.
Naqshbandiya tariqatining poklik, to‘g‘rilik, adlu insof, mehru shafqat, 


113
ilOva
imondorlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi ilg‘or umumbashariy 
tamoyillari alohida ahamiyatga ega.
SA’DUDDIN TAFTAZONIY (1322—1392) Ashxabod shahri yaqinidagi 
Taftazon qishlog‘ida tug‘ilgan. U islom falsafasi, kalom, mantiq, handasa, 
she’riyat va arab tili grammatikasiga oid ko‘plab asarlar yozgan.
Asarlari: «Tahzib al-mantiq va-l-kalom» («Mantiq va kalomga sayqal berish»); 
«Maqosid fi ilm al-kalom» yoki «Maqosid at-tolibin fi usil ad-din» («Din asoslarini 
izlovchilarning maqsadlari»); «As-Sa’diya» (Kotibiyning mantiqqa oid «Ash-
shamsiya» risolasiga yozilgan sharh); «Al-mutavval» («Keng talqin»); «Muxtasar 
al-maoniy» («Qisqacha ma’nolar»); «Al irshod al-hodiy» («Yo‘l boshlovchi rah-
bar»); «Al-maqosid at-tolibin» («Tolibi ilmlarning maqsadlari»); «Risola fi zavoye 
al-musallas» («Uchburchakning burchaklari haqida risola») va boshqalar.
Taftazoniy qirqdan ortiq asar muallifidir. Olimning e’tiqodiga ko‘ra, xudo 
insonlarga xayrli ishlar qilishni buyurgan, g‘ayrisha’riy ishlar uchun esa 
insonning o‘zi javobgar bo‘ladi. U islom falsafasi — kalomga mantiqiy xulosalar 
tadbiq etib, uni boyitdi va ilohiyot fani rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdi.
ALI BINNI MUhAMMAD BINNI ALI hUSAYNI MIR SAID ShARIF JURJONIY 
(1339—1413) Astrobod shahri yaqinidagi Tog‘u qishlog‘ida tavallud topgan. 
Temur Sherozni fath etgach, boshqa olimlar qatori Samarqandga kelgan. U o‘z 
zamonasining yirik allomasi sifatida o‘sha davr fanlarining barcha sohalarida 
faoliyat ko‘rsatgan:islom falsafasi — kalom, mantiq, til, tabiatshunoslik, huquq 
va falsafaga oid risolalar, shuningdek, ko‘plab olimlarning asarlariga sharhlar 
yozgan.
Asarlari: «Avsat dar mantiq» («Mantiqda o‘rta xulosa»); «Dunyoni aks 
ettiruvchi ko‘zgu» (risola); «At-ta’rifat» («Ta’riflar»); «Usuli man tiqia» («Mantiq 
usuli»); «Odob ul-munozara»; «Sug‘ro» («Kichik dalil bo‘la oladigan hukm»); 
«Kubro» («Katta dalil bo‘la oladigan hukm»); Chag‘miniy, Nasriddin at-Tusiy, 
Ibn Sino va boshqalarning asarlariga yozilgan sharhlar.
Jurjoniy Samarqandda 20 yildan ko‘proq samarali ijod etgan, Amir Temur 
vafotidan keyin Sherozga qaytib ketadi.
MUhAMMAD BIN MAhMUD AL-hOFIZ AL-BUXORIY XOJA MUhAMMAD 
PORSO (XOJA PORSO) (1348—1420) Buxoroda tavallud topgan. U — 
naqshbandiya maktabining eng ko‘zga ko‘ringan olimlaridan biri. Xoja 
Porso Qur’oni Karim, hadis, kalom kabi turli diniy ilmlarni chuqur o‘rgangan 
donishmand («Porso»-dindor) edi. Porso Naqshbandning ikkinchi xalifasi 
bo‘lgan.
Asarlari:«Risolai qudsiya («Xoja Bahovuddinning qudsiy kalimalari haqida 
risola»); «Az anfozi qudsiyai mashoyixi tariqat» («Tariqat mashoyixlarining 
8— Zakaz  23


114
madaniyatshunOslik asOslaRi
qudsiy kalimalaridan»); «e’tiqodot» («e’tiqod haqida risola»); «Tahqiqot» 
(«Tasavvuf istilohlari haqida risola»); «Tafsiri Qur’on» («Qur’on tafsiri»); «Al-hadis 
ul-arba’una» («Qirq hadis»); «Risola dar odobi murid» («Murid odoblari haqida 
risola»); «Sharhi «Fiqhi Kaydoniy» («Fikhi Kaydoniy» asarining sharhi»); «Fasl ul-
xitob bivusuli-l-ahbob» («Do‘stlar visoliga yetishishda oq ila qorani ajratuvchi 
kitob»); «Muxtasari ta’rixi Makka» («Makka shahrining qisqacha tarixi»); 
«Maqomoti Xoja Alouddin Attor» («Alouddin Attor ma qomati»); «Maqomoti 
Xoja Bahovuddin Naqshband» («Xoja Bahovuddin Naqshband maqomati»).
Porsoning shariat va tariqat masalalariga bag‘ishlangan va unga katta 
shuhrat keltirgan asari «Fasl ul-xitob bi-vusuli-l-ahbob» («Do‘stlar visoliga 
yetishda oq ila qorani ajratuvchi kitobi») risolasidir.
SALOhIDDIN MUSO IBN MUhAMMAD IBN MAhMUD QOZIZODA RUMIY 
(XIV asr oxiri — XV asr boshi) Markaziy Osiyo madaniyatiga katta ta’sir ko‘rsatgan 
alloma bo‘lib, hozirgi Turkiyaning Bursa degan joyida tug‘ilgan. Otasi Xoji Afandi 
Bursaning qozisi bo‘lgan. Salohiddinning tug‘ilgan yili ma’lum emas. Tavalludi 
1354-1364 yillar orasida degan taxminlar bor. U Samarqand shahriga ilm olish 
maqsadida kelgan. Keyinchalik Amir Temur ulamolari qatoridan munosib o‘rin 
egallagan. Temurning saroy astronomi Mavlono Ahmaddan astronomiya va 
matematikadan tahsil olgan. Otasining qozilik lavozimi va rum (Kichik Osiyo)lik 
ekanligiga ishora qilib, u «Qozizoda Rumiy» nomi bilan shuhrat qozongan.
Temur vafotidan so‘ng u Ulug‘bek bilan birgalikda hirotga boradi, 
unga astronomiya, matematika sohasida ustozlik qilgan, bir necha vaqt 
Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasida ishlagan, Jurjoniy bilan ilmiy muloqot 
va munozaralar olib borgan, Ulug‘bek rasadxonasidagi ilmiy tekshirishlarga 
boshchilik qilgan.
Asarlari: «Risola fi-l-hisob» («hisob haqida risola»); «Sharhi mulaxxis fi-
l-xay’a» («Astronomiya haqida qisqacha risolaning sharhi»); «Sharhi ashkol 
at-ta’sis» («Asoslangan jumlalarga sharh»); «Risola al-jayb» («Sinus haqida 
risola»); «Dastur ul-amal va tashiq al-jadval» («Amal dasturi va jadvallarini 
tuzish»); «Mimsoha» («O‘lchash»), «Risola fi ilm al-hay’a» («Astronomiya ilmi 
haqida risola»); «Risola fi rub’ al-mujayab» («Sinus kvadrat haqida risola») va 
boshqalar.
MIRZO ULUG‘BeK (1394—1449) bobosi Amir Temurning harbiy yurishi 
paytida eronning g‘arbida joylashgan Sultoniya shahrida tug‘ilgan. U Shohruh 
Mirzoning to‘ng‘ich o‘g‘li, unga Muhammad Tarag‘ay ismi berilgan. Shohruh 
to‘ng‘ich o‘g‘li Ulug‘bekni 1411 yili Movarounnahr va Turkistonning hokimi 
etib tayinlaydi.
Ulug‘bekning ustozlari Mavlono Ahmad va Qozizoda Rumiylar bo‘lgan. 
Ular Ulug‘bekka astronomiya va matematikadan ta’lim berganlar. 1420 
yili Samarqandda Ulug‘bek madrasasi ochiladi. Unda Qozizoda, Ulug‘bek, 


115
ilOva
Koshiy va Ali Qushchilar (toliblarga) ta’lim berganlar. Tarixchi Davlatshohning 
yozganlariga qaraganda, Ulug‘bek geometriya borasida evklidga, astronomiya 
sohasida Ptolomeyga o‘x shaydi. «Ulug‘bek tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy 
va siyosiy qa rashlarida ungacha yashab kelgan, uning davrida etakchi maqom 
va ahamiyatga ega bo‘lgan tamoyillar ta’siri ostida Movarounnahr hukmdori 
hamda astronomiya fanining sultoni maqomiga erishdi». (Jahon falsafasi 
tarixidan lavhalar. — Toshkent, Faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti. 2004, 
192-b. )
Asarlari: «Ziji Ulug‘bek»; «Bir daraja sinusni aniqlash haqida risola»; 
«Risolayi Ulug‘bek»; «Tarixi arba’ ulus» («To‘rt ulus tarixi»). 1994 yilda Ulug‘bek 
tavalludining 600 yilligi munosabati bilan mamlaka timizda va chet ellarda 
katta tantanalar bo‘lib o‘tdi.
ShARAFIDDIN ALI YAZDIY (vafoti — 1454 yil) eronning Yazd shahriga 
qarashli Taft mavzeida taxminan XIV asrning oxirgi choragida tug‘ilgan. Ali 
Yazdiy «Zafarnoma» degan mashhur asarning muallifi, «Sharaf» taxallusi bilan 
she’rlar ham bitgan. Undan qolgan ilmiy-madaniy meros adabiyot va til uslubi, 
she’riyat nazariyasi, ilmi nujum, falsafa, tasavvufning nazariy masalalariga 
oiddir. U hirot, Samarqand shaharlarida yashagan.
Asarlari: «hulal-i muttaraz dar muammo va lug‘az» («Muammo va 
topishmoqlar borasida bezakli joma»); «Mavotin yo manozir dar muammo» 
(«Muammo fanida turar joy va manzaralar»); «Al-kitob fi ilm-i usturlob» 
(«Usturlob ilmi bo‘yicha kitob»); «Devon-i Sharaf-i Yazdiy» («Sharafi Yazdiyning 
she’rlar to‘plami»); «Sharhi Asamo-i Alloh» («Alloh ismlarining sharhi»); «Tuhfat 
ul-faqir va hadyat ul-haqir» («Faqirning tuhfasi-yu, haqirning hadyasi»); 
«Munshaot» («Xatlar to‘plami»); Amir Temur tarixining she’riy bayoni 
«Zafarnoma» («Fathnomayi Sohibqiron»).
JAMShID IBN MA’SUD IBN MAhMUD G‘IYOSUDDIN AL-KOShIY (vafoti — 
1429-yil) XIV—XV asrlarda yashagan eng mashhur siymolardan biridir. Uning 
bobosi Mahmud ibn Yah’yo ibn al-hasan al-Koshiy ziyoli bo‘lib, riyoziyot va 
astrologiyaga oid risolalar yozgan. Ulug‘bek 1416 yili Qozizoda Rumiyning 
maslahati bilan al-Koshiyni Samarqandga taklif etgan.
Koshiy «Miftih al-hisob» («hisob kaliti») asari bilan mashhur bo‘lgan, asar 
riyoziyot qomusi deb tan olingan, unda o‘nli kasrlar to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Asarlari: «Jizi hoqoniy»; «Miftih al-hisob» («hisob kaliti»); «Risola al-
muhitiya»; «Sullam as-samovat» («Osmonlar narvoni»); «Nuzhad al-hadoyiq» 
(«Bog‘lar sayri»).
ALOUDDIN ALI IBN MUhAMMAD ALI QUShChI (vafoti — 1474 yil) o‘z 
davrining mashhur allomasi bo‘lib tanilgan. Otasidan yetim qolgach, Ulug‘bek 


116
madaniyatshunOslik asOslaRi
uni o‘z tarbiyasiga olgan, keyinchalik Ulug‘bek rasadxonasida ishlagan, unga 
boshchilik qilgan. Ali Qushchining targ‘ibotchilik faoliyati tufayli Markaziy Osiyo 
olimlari, xususan, Ulug‘bekning ilmiy ijodi Yevropaga keng tarqaladi.
Asarlari: «Risola fi-l-hisob» («hisob haqida risola»); «Risolai kusur» («Kasrlar 
risolasi»); «Risola al-fathiya» («G‘alaba risolasi»); «Risola al-Muhammadiya 
fi-l-hisob» («hisob haqida»); «Risola fi halla ash-shakl al-hilol» («hilolsimon 
shakllarni o‘lchash haqida risola»); «Risola dar ilmi hay’at» («Astronomiya ilmi 
haqida risola»); forscha «Sharhi Ziji Ulug‘bek» («Ulug‘bek »Ziji»ga sharh»); 
«Xitoynoma»; «Risolai mantiq»; «Risola al-Mufradiya» va boshqalar. Ali Qushchi 
Markaziy Osiyo madaniyati va fani taraqqiyoti tarixida alohida o‘rin tutadi.
XOJA UBAYDULLOh AhROR (1404—1490) naqshbandiylik tariqatining 
yirik namoyandalaridan biri, Shosh — Toshkent viloyati muzofotlaridan 
Bog‘iston (Bo‘stonliq tumani)da tug‘ilgan, 1490 yilda Samarqandda vafot etgan. 
Dastlabki ma’lumotni Toshkentda olgan bo‘lajak olim 1428—1431 yillarda 
hirotda tasavvuf ilmi asoslarini o‘rgangan. Xoja Bahovuddin Naqshbandning 
shogirdi bo‘lgan Ya’qub Charxiyga qo‘l berib, undan ta’lim olgan. 1431—1432 
yillar orasida Xoja Ahror Toshkentga qaytib, naqshbandiya tariqatini yanada 
rivojlantiradi. U dehqonchilik va tijorat ishlari bilan faol shug‘ullangan.
Asarlari:«Fikrat ul-orifin» («Oriflar so‘zlaridan parchalar» asari tasavvuf ilmiga 
bag‘ishlangan), axloq-odob va insonning o‘zini bilishga bag‘ishlangan «Risolai 
volidiya» («Muxtasar»), «Ruqaot», «Risolai huroiya» (mashhur mutasavvuf shoir 
Abu Sa’id Abdulhayrning (XI asr) «havro» (hurlar) so‘zi bilan boshlanadigan 
ruboiysiga sharhlar va boshqalar.
ABDURAhMON JOMIY (1414—1492) Nishopur yaqinidagi Jom shahrida 
ruhoniy oilasida tavallud topgan. U o‘z umrini asosan hirotda o‘tkazgan. Jomiy 
boshlang‘ich ma’lumotini otasidan oladi. hirotda yirik olimlar tarbiyasida 
o‘z bilimini oshiradi. So‘ngra u Samarqandga borib, Ulug‘bek madrasasida 
Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi allomalarning ma’ruzalarini eshitish 
baxtiga muyassar bo‘lgan.
Jomiy Shayx Sa’diddin Qoshg‘ariydan tasavvuf ilmidan dars oladi. Tez orada 
unga qo‘l beradi, so‘ngra o‘z pirining qiziga uylanadi. Alisher Navoiy Jomiyni 
o‘ziga pir va ustoz deb hisoblagan.
Asarlari: «Nafahot-ul-uns»; «Lujjat ul-asror»; «Ashiat ul-lama-ot»; «Risolai 
musiqiy»; «Risolai muammo»; «haft avrang» («Silsilat uz-zahab», «Tuhfat ul-
asror», «Subhat ul-asror», «Yusuf va Zulayho», «Layli va Majnun», «Salamon va 
Absol», «Xiradnomai Iskandariy»)
Bulardan tashqari, u ko‘plab she’riy devonlar tuzgan. Jomiy asarlarining bir 
qismi diniy va falsafiy mazmunga ega. U tasavvufning eng yirik arbobi bo‘lib, 
o‘z qarashlarini quyidagi asarlarida bayon qilgan: «Naqshi fusus» («Ma’nolar 
naqshi»), «Shavohidi nubuv-va» — («Pay g‘ambarlikka dalillar»), «Naqshbandiy 


117
ilOva
ta’limoti haqida risola», «haj qilish yo‘llari haqida risola» va h. k.
Jomiy she’riyat nazariyasiga oid ko‘plab asarlar yozgan:«Risolai aruz», 
«Sharhi bayt», «Masnaviy», «Sharhi ruboiyot», «Risolayi qofiya», «Risolayi 
muammoyi manzum» va boshqalar shular jumlasidan. Musiqaga oid «Risolai 
musiqiy» asari shuhrat topgan. Shayx Sa’diy yo‘lidan borib Abdurahmon Jomiy 
«Bahoriston» degan asar yaratgan.
NIZOMIDDIN MIR ALISheR NAVOIY (1441—1501) hirot shahrida tavallud 
topgan. 1466—68 yillarda u Samarqandda yashagan, 1469 yili husayn 
Boyqaro iltimosiga ko‘ra hirotga qaytgan. 1472 yilda Navoiyni Boyqaro vazirlik 
lavozimiga tayinlaydi. hazrat Navoiy o‘z zamonasining yetuk mutafakkiri, shoiri, 
davlat arbobi ekanligi tarixdan ma’lum.
Asarlari:«Badoye’-ul-bidoya» («Badiiylik ibtidosi»); «Vaqfiya» (1481-yil); 
«Xamsa» ( 1483—1486 yillarda yozilgan) beshta dostonni o‘z ichiga oladi: 
«hayratul abror» («Yaxshi kishilarning hayratlanishi»); «Farhod va Shirin»; «Layli 
va Majnun»; «Sab’ai sayyor» («etti sayyora»); «Saddi Iskandariy» («Iskandar 
devori»).
Bundan tashqari, A. Navoiyning quyidagi asarlari ham mashhur: «Navodir 
un-nihoya» («Behad nodirliklar»); «Zubdat ut-tavorix» — («Tarixlar qaymog‘i»); 
«holoti Sayid hasan Ardasher»; «holoti Pah-lavon Muhammad»; «Xamsat ul-
mutahayyirin» («Besh hayrat»); «Majolis un-nafois; «Mezon ul-avzon» («Vaznlar 
o‘lchovi»); «Xazoyin ul-maoniy» («Ma’nolar xazinasi»). «Chor devon» nomi bilan 
ma’lum bo‘lgan bu buyuk majmua 45 ming misraga yaqin she’rlarni o‘z ichiga 
oladi. Uning tarkibiga quyidagi asarlar kirgan: «G‘aroyib us-sig‘ar» («Bolalik 
ajoyibotlari»); «Navodir ush-shabob» («Yigitlik davri nodirliklari»); «Badoye’ 
ul-vasat» («O‘rta yosh kashfiyotlari»); «Favoyid ul-kibor» («Keksalikdagi foydali 
mulohazalar»).
Navoiyning «Mufradot» risolasi, «Sittai zaruriya», «Fusuli ar-baa» turkum 
qissalari fors tilida yozildi. Ular 12 mingdan oshiq she’r va muammolardan 
iborat. Shoir«Foniy» taxallusi bilan alohida devon tuzdi. «Lison ut-tayr» (1499 
yil); «Muhokamat ul-lug‘atayn» (1499 yil); «Mahbub ul-qulub» («Ko‘ngillarning 
sevgani») asarlari ham Navoiy ijodida alohida o‘rin tutadi.
DAVLATShOh AS-SAMARQANDIY IBN ALOUDDAVLA IBN BAXTIShOh 
AL-G‘OZIY (1435—1495) taxminan 1435 yilda yirik harbiy xizmatchi oilasida 
tug‘ilgan. U Shohruh va husayn Boyqaroning harbiy yurishlarida ishtirok 
etgan.
Asari: «Tazkirat ush-shuaro» («Shoirlar tazkirasi»). Bu asar g‘oyat mashhur 
bo‘lib, uni yaratishda muallif o‘nlab manbalardan foydalangan. Tazkira 
muqaddima, xotima va yetti qismdan iborat bo‘lib, unda X—XV asrlarda O‘rta 
Osiyo, eron va Iroqda yashab o‘tgan turkigo‘y va forsigo‘y shoirlar, adiblar 
to‘g‘risida, xotima qismida esa muallifga zamondosh bo‘lgan 60 nafar yirik 


118
madaniyatshunOslik asOslaRi
shoir va fuzaloning tarjimai holi haqida qisqacha ma’lumot berilgan. Bundan 
tashqari, asarda ularning ijodida o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy, 
tarixiy voqealar ham aks etgan. Manguberdi va Temur Malik boshchiligidagi 
ozodlik kurashlari, Xurosondagi sarbadorlar harakati, temuriylar davlatining 
barpo bo‘lishi kabilar to‘g‘risida ham ma’lumotlar berilgan.
KAMOLIDDIN BehZOD (1455—1537) hirotda tavallud topadi. hirotning 
mashhur musavviri Amir Ruhillo uni o‘z tarbiyasiga oladi. Behzodning buyuk 
musavvir, naqqosh bo‘lib yetishishida Alisher Navoiy-ning roli katta.
Asarlari: Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»siga ishlangan miniatyuralar; 
husayn Boyqaroning majlislari tasvirlangan 40dan ortiq go‘zal miniatyura; 
Abdurahmon Jomiyning «Salamon va Absol» asariga ishlangan rasmlar; Amir 
husrav Dehlaviyning «Xamsa»siga ishlangan 33 ta miniatyura ; Sa’diyning 
«Bo‘ston» asariga ishlangan rasmlar, «Guliston» asariga chizilgan miniatyuralar; 
Nizomiy Ganjaviyning «Panj ganj»iga chizilgan miniatyuralar; Abdulloh 
Xotifiyning «Temurnoma» asariga chizilgan rasmlar; Abdurahmon Jomiy 
tasviri; husayn Boyqaro tasviri; Shayboniyxon tasviri; Shoh Taxmasi tasviri; 
Shoir Abdulloh Xotifiy tasviri; Tuyalar jangi; Raqsi darvish (Darvishlar raqsi); 
Samarqandda madrasa qurilishi va boshqalar.
G‘IYOSIDDIN MUhAMMAD IBN XOJA XUMOMMUDDIN IBN XOJA 
JALOLUDDIN MUhAMMAD IBN BURhONUDDIN — XONDAMIR hirotda 
tug‘ilgan (1473—1534). U ilm-fanning ko‘pgina sohalarini puxta egallab, o‘z 
davrining taniqli tarixchi olimi bo‘lib yetishgan. Xondamirning olim bo‘lib 
shakllanishida Alisher Navoiy katta rol o‘ynagan. U Navoiy kutubxonasida 
xodim, keyinroq esa mudir bo‘lib ishlagan.
Asarlari: ulug‘ siymolarning naqllari keltirilgan «Ma’osir ul-muluk» («hamasr 
podshohlarining tarixi»); «Xulosat ul-axbor fi bayon ul-ahvol ul-ahyor» («Xayrli 
kishilar ahvolini bayon etish borasida xabarlar xulosasi»); «Makorim ul-axloq» 
(«Oliyjanob xulqlar»); «Dastur ul-vuzaro» («Vazirlar uchun qo‘llanma»); «Nomai 
nomi» («Atoqli noma lar»); «habib us-siyar fi axbor afrod ul bashar» («Inson zoti 
xabarlari va do‘stning tarjimai holi»); «humoyunnoma».
Xondamir «Nahiy» taxallusi bilan she’rlar ham yozgan.
ZAhIRIDDIN MUhAMMAD BOBUR (1483—1530) Andijonda, Farg‘ona 
ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida tug‘ilgan. Bobur adib, shoir, olim, 
ayni vaqtda yirik davlat arbobi bo‘lib, hindistonda boburiylar sulolasiga asos 
olgan.
Asarlari: «Boburnoma»; «Mubayyin», «Xatti Boburiy»; «harb ishi»; Aruz 
haqidagi risolalar; «Mubayn»; «Mufassal».


119
ilOva
MAhDUMI A’ZAM-SAYYID AhMAD XOJAGI IBN SAYYID JALOLIDDIN 
KOSONIY DAhBeDIY. (1463—1542) Farg‘ona vodiysining Koson shahrida 
tug‘ilgan. U yirik diniy va siyosiy arbob, naqshbandiya tariqatining rahnamosi 
va nazariyotchisi bo‘lgan, ko‘pgina sultonlar Mahdumi A’zamni o‘zlarining 
piri deb bilganlar. U tasavvuf nazariyasi, amaliyoti, xususan, naqshbandiya 
ta’limotini rivojlantirib, 30 dan ortiq kitoblar yozgan.
Asarlari: «Asror-un-nikoh» («Nikoh sirlari»); «Ganjnoma»; «Risolat-un-sam’iy-
yatun («Samo risolasi»), «Bayoni zikr» (Zikr bayoni), «Risolai silsilai Xo‘jagon», 
(«Xo‘jagon silsilasi») «Sharhi g‘azali Ubaydiy», («Ubaydiy g‘azaliga sharh»), 
«Me’roj ul-oshiqin» («Oshiqlar me’roji»); «Risolai Naqshbandiyya», «Risolat-un-
vujudiyyatun» va boshqalar.
ABULG‘OZIY BAhODIRXON (1603—1664) Urganchda tug‘ilgan. U Xiva 
xoni Arab Muhammadxonning o‘g‘li bo‘lib, yigirma yil davomida Xivada 
hukmronlik qilgan. Tib ilmini ham yaxshi o‘rgangan, maxsus tibbiy asar ham 
yozib qoldirgan. Abulg‘ozixon yaxshi hunar egasi, she’riyatni yaxshi bilgan, turli 
tillarni egallagan, o‘tgan podshohlar, ularning faoliyatlaridan yaxshi xabardor, 
bilimdon, ajoyib muarrix bo‘lgan.
Asarlari: «Shajarai turk»; «Shajarai tarokima». (»Turkmanlar tarixi»); «Manofeo 
ul-inson». Bu asar tibb ilmiga bag‘ishlangan.
MUhAMMAD ShARIF BUXORIY IBN MUhAMMAD AL-hUSAYNIY AL-
ALAVIY (vafoti 1697) Movarounnahrning yirik mutafakkirlaridan biri, falsafa, 
tarix, she’riyat, huquq, tilshunoslik sohalarini chuqur egallagan olim bo‘lgan.
Asarlari: «Ar-risola ad-davriyya» («Davriylik haqida risola»); «Takammule-
at-tatime» («Takmilning to‘ldirilishi»); «hoshiyai Mavlaviy Sharif bar sharhi 
tahzib» («Mavlaviy Sharifning tahzib sharhiga hoshiyasi»); «Kitobi favoidi 
hoqoniyya» («hoqonga foydali maslahatlar) kitobi»). Uning she’riy «Devon»i 
ham bo‘lgan.
TURDI FAROG‘IY (XUII asr) Jizzax hududidagi Farog‘ qishlog‘ida tug‘ilgan. 
Uning hayoti va ijodi haqida tarixiy manbalarda yetarli ma’lumotlar saqlanib 
qolmagan, u «Farog‘iy» taxallusi bilan o‘zbek va tojik tillarida she’rlar yozgan.
Asarlari: Turdining adabiy merosi 18 she’rdan iborat bo‘lib, ulardan 12 tasi 
g‘azal, 5 tasi muxammas va bittasi fard turiga oiddir. Turdi she’rlarining aksariyat 
qismini Subhonqulixon to‘g‘risidagi mashhur hajviyalar tashkil qiladi.
BOBORAhIM MAShRAB MULLA VALI O‘G‘LI (1640—1711) Namanganda 
kosib-bo‘zchi Valibobo oilasida dunyoga kelgan. Mashrab diniy ilm va 
falsafadan kuchli bilim sohibi bo‘lgan. Uning asarlari tasavvufiy-axloqiy 


120
madaniyatshunOslik asOslaRi
yo‘nalishda bitilgan, ularda pir-murshidlar nomi hurmat bilan tilga olinadi.
Asarlari: «Mabdai nur», «Devoni Mashrab» («Devonai Mashrab»); shuningdek 
she’riy majmualar. Bu asarlar tasavvufiy-axloqiy yo‘nalishda bitilgan.
Shu bilan birga, hayotiy ishq-muhabbat mavzui ham Mashrab ijodida g‘azal, 
mustazod, murabba’ va muxammas kabi nazmiy shakllarda aks etgan Mashrab 
ijodi she’riyatimizni yetuk asarlar bilan boyitdi.
SO‘FIY OLLOYOR (1644—1724) Kattaqo‘rg‘on bekligiga qarashli Minglar 
qishlog‘ida tavallud topgan. U dastlab Shayxlar qishlog‘idagi diniy maktabda, 
so‘ng Buxorodagi madrasalarda ta’lim olgan. So‘fiy Olloyor tasavvufni puxta 
o‘rganish natijasida shayxlik martabasiga ko‘tarilgan.
Asarlari: «Maslak ul-muttaqiyin», «Sabot ul- ojizin», «Murod ul-orifin», «Siroj 
ul-ojizin», «Mahzan ul-muti’n», «Najot ut-tolibin» kabilar.
So‘fiy Olloyor tasavvuf rivojiga katta hissa qo‘shgan. Uning asarlari o‘zbek 
tilida yozilgan bo‘lib, til tarixini o‘rganishda ham muhim ahamiyat kasb 
etadi.
MAXTUMQULI (1733—1793) 1733 yilda dunyoga kelgan, o‘z ilmini oshirish 
uchun Xiva, Buxoro va Andijon madrasalarida tahsil olgan. Maxtumquli tarqoq 
turkman qabilalarini birlashtirishni, yagona bir davlat barpo qilishni orzu 
qilgan.
Maxtumquli pandnomalarida insonni o‘z mohiyati va qadrini bilishga, 
avlodlarning yaxshi xislatlarini egallashga da’vat etadi, takabburlik, dilozorlik, 
mol-davlatga hirs qo‘yish kabi salbiy xislatlarni qoralaydi. Uning asarlari asosan 
axloqiy-didaktik yo‘nalishga ega bo‘lib, kishilarni yuksak insoniy fazilatlar ruhida 
tarbiyalashga xizmat qiladi. Maxtumquli Ahmad Yassaviy, hazrat Navoiy ijodiga 
katta havas bilan qaraydi.
JAhON OTIN — UVAYSIY (1779—1845) Marg‘ilon shahrining Childuxtaron 
mahallasida dunyoga kelgan, o‘qimishli oilada o‘sib voyaga yetgan. Uning otasi 
to‘quvchilik, kosibchilik bilan shug‘ullangan, ayni vaqtda, o‘zbek va tojik tillarida 
she’rlar yozgan, onasi Chinnibibi esa o‘z davrining o‘qimishli ayollaridan bo‘lib, 
maktabdorlik bilan shug‘ullangan. Jahon otin xat-savodni oilada olgan, so‘ng 
onasining yonida maktabdorlik ishlariga ko‘maklashib tajriba orttirgan.
Shoira hayoti Marg‘ilon va Qo‘qon adabiy muhitida, iste’dodli adib va 
shoirlar davrasida o‘tgan. Uvaysiy Mohlaroyim-Nodira bilan ijodiy hamkorlikda 
badiiy asarlar yaratgan, saroyda she’riyat ilmidan dars berib, ustozlik qilgan. 
1842-yili Buxoro amiri Nasrulloxon Qo‘qonni egallagach, u Marg‘ilonga qaytib 
umrining oxirigacha shu yerda yashagan. Shoiraning 4ta devon tuzganligi 
ma’lum. Shoira o‘z she’rlarida odamiylikni, vafodor yorni, muhabbatni, visolni 


121
ilOva
kuylaydi.
Asarlari: «Devon»; «Shahzoda hasan»; «Shahzoda husan» (lirik-epik asarlar); 
«Voqeoti Muhammad Alixon» (tarixiy doston).
MAhMUD MULLA SheRMUhAMMAD O‘G‘LI MAXMUR (vafoti 1844-yil) 
XVIII asrning oxirgi choragida Qo‘qon shahrida ziyoli oilasida dunyoga keldi. 
Otasi Mulla Shermuhammad o‘zbek va tojik tillarida Akmal taxallusi bilan 
she’rlar yozib, ikkita devon tuzgan. U Umarxon saroyidagi ijodkorlardan biri 
bo‘lib, she’r ixlosmandlari o‘rtasida nom chiqargan edi.
Maxmur otasi tashkil etgan mushoiralarda, suhbatlarda ishtirok etgan. 
Maxmur Qo‘qondagi Madrasai Mirda tahsil ko‘rgan, fors tilini mukammal bilgan. 
Uning «hafalak» she’ri xalq o‘rtasida juda mashhur bo‘lib ketgan.
MUhAMMAD ShARIF GULXANIY (XVIII asr oxiri — XIX asr birinchi yarmi) 
hayoti va ijodi to‘g‘risidagi ma’lumotlar deyarli yo‘q. U Qo‘qon adabiy muhitida 
ijod qilib, o‘zbek badiiy nasri taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan. Amir 
Umarxon saroyidagi ijodkorlar bilan ijodiy hamkorlikda qalam tebratgan. 
Fazliy Namangoniy tuzgan «Majmuat-ush-shuaro» tazkirasida Gulxaniy 
asarlariga biroz o‘rin berilgan. Gulxaniy Jur’at taxallusi bilan ham forsiyda 
she’rlar bitgan.
Asari: «Zarbulmasal» o‘zbek adabiyoti tarixida masal janrida yozilgan 
mashhur asarlardan biridir.
MUNIS XORAZMIY — AMIR AVAZBIY O‘G‘LI SheRMU hAMMAD (1778—
1829) Xiva shahrida tug‘ilgan. U tarixiy asarlar yozgan, she’riy devon tuzgan, 
tarixiy asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Pedagog sifatida «Savodi ta’lim» 
nomli risola yozgan, umuman, badiiy ijodning ko‘pgina sohalarida samarali 
faoliyat ko‘rsatgan.
Asarlari: «Savodi ta’lim»; «Munis ul-ushshoq» (devon); «Firdavs ul-iqbol» 
(tarixiy asar); Mirxondning «Ravzat us-safo» nomli tarixiy asarining birinchi 
jildini o‘zbek tiliga tarjima qiladi.
OGAhIY — MUhAMMADRIZO eRNIYOZBeK O‘G‘LI (1809—1874) Xiva 
atrofidagi Qiyot qishlog‘ida tug‘ilgan. Undan boy ijodiy meros qolgan.
Asarlari: «Bayozi mutafarriqai forsiy» (bayoz); «Riyoz ud-davla»; Jome’ ul-
voqeoti Sultoniy»; «Zubdat ut-tavorix»; «Gulshani davlat»; «Shohidi iqbol» 
(tarixiy asar); «Qasidai nasihat» (Feruzga bag‘ishlangan).
Ogahiy tarjima ishlari bilan ham shug‘ullangan. Sa’diy Sheroziyning 
«Guliston», Nizomiyning «haft paykar», hiloliyning «Shoh va gado», 
Kaykovusning «Qobusnoma», Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy», Jomiyning 


122
madaniyatshunOslik asOslaRi
«Yusuf va Zulayho» kabi badiiy, tarixiy, axloqiy, falsafiy asarlarni o‘zbek tiliga 
tarjima qilgan.
KOMIL XORAZMIY-PAhLAVON NIYOZ MUhAMMAD (1825—1899) Xivada 
mudarris Abdulla Oxun oilasida tug‘ildi. Komil — shoirning adabiy taxallusi. 
U maktabni tugatgach, Xivadagi madrasalardan birida o‘qigan, musiqa va 
xattotlik san’atini yaxshi egallaydi. Feruzxon (1865—1910) davrida mirzaboshi 
va devonbegilik lavozimlarida ishlagan. Uning ijodida ma’rifatparvarlik g‘oyalari 
yetakchi o‘rinni egallaydi.
Asarlari: «Kamol»; «Dar bayoni ta’rifi va tavsifi Toshkand»; «Tillo soat»; 
«Toshkent» (Qasida); birinchi bo‘lib «Tanbur chiziqlari» nomli notani yaratgan. 
«Rost» maqomining bosh qismini, «Murabbai Komil», «Peshravi Feruz» singari 
kuylarni notaga solgan. «Alg‘iyos», «Zi bedodi gardun», «Dod az dasti charxi 
dun» (forsiycha g‘azallar), «Ta’mo», «Ro‘za», «Millo imom» kabi asarlari bilan 
mashhur bo‘lgan.
AhMAD DONISh — IBN MIR NOSIR IBN YUSUF AL-XANAFI AS-SIDDIQIY 
AL-BUXORIY (1827—1897) Buxoro shahrida tug‘ilgan, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, 
badiiy yuksak asarlar yaratgan, astronomiya bilan, xattotlik va me’morchilik 
bilan mashg‘ul bo‘lgan. U ma’lum vaqt Buxoro amiri Amir Nasrulloh (1827-
1860) saroyida xizmat qilgan, uch marta elchilar tarkibida Peterburgda bo‘lib, 
g‘arb madaniyati bilan yaqindan tanishgan.
Asarlari: «Majmuai hikoyati Ahmadi Kalla»; «Munozir al-Kavokib» 
(«Yulduzlarni kuzatish»); «Risolat dar ilmi kurra» («Globus haqida risola»); 
«Iztig‘roji bul va arzi balat» («Joylarning uzunligi va enini o‘lchash»); «Navodir 
ul-vaqoye’»; «Risolai muxtasare az tarixi saltanati xonadoni mang‘itiya».
BeRDAQ — (1827—1900) qoraqalpoq xalqining mashhur demokrat 
shoiridir. U XIX asrda yashab ijod etgan. Berdaq xalq qo‘shiqlari va dostonlarini 
qiziqib o‘rgangan. U yoshligidanoq she’rlar yozib, ularga o‘zi kuy bastalagan 
va xalq orasida baxshi sifatida tanilgan. Uning she’r va dostonlari xalq ommasi 
turmushini haqqoniy aks ettirgan. U adolatsizlikni qoralagan.
Asarlari: «Omongeldi», «Xalq uchun», «Aydosbiy», «Yaxshiroq», «Bo‘lgan 
emas», «ernazarbiy» asarlarida xalqning xonlarga qarshi kurashi, milliy-ozodlik 
harakati aks etadi. Berdaq «Izladim», «Xalq uchun», «Yaxshiroq», «Menga kerak» 
kabi she’rlarida halol mehnat sohiblarining faoliyatini ulug‘laydi. «Ahmoq 
podsho» dostonida ayrim boylarning kirdikorlarini aks etdirib, buning oqibatida 
xalqning sabr kosasi to‘lib toshganligini tasvirlagan. Uning ijtimoiy-falsafiy, 
siyosiy, diniy-axloqiy qarashlari negizini asl turkiy an’analar, tarixiy shajara, 
elati an’analari, yuksak ilmiy-falsafiy musulmon madaniyati, o‘zbek va turkman 
mumtoz badiiy-falsafiy fikri, chig‘atoy adabiyoti namoyandalari asarlarida 


123
ilOva
ifodalangan g‘oyalar tashkil etadi. Berdaq merosida insonparvarlik, mehr-
shafqat, mustaqillik, haqiqat uchun kurash, mehr-muhabbat kabi umuminsoniy 
va milliy g‘oyalar aks etgan.
ChO‘QON VALIXONOV ChINGIZ O‘G‘LI (1835—1865) Qozog‘istonning 
hozirgi Kustanay viloyatidagi Ko‘chmurin degan joyda tug‘ilgan. U chig‘atoy, 
arab va boshqa tillarni chuqur egallagan. 1847 yili 12 yashar Cho‘qonni 
otasi Omskdagi kadetlar korpusiga o‘qishga beradi, 1861—1862 yillarda 
Peterburg universitetining tarix-filologiya fakultetida o‘qigan. Xitoy, Markaziy 
Osiyoga uyushtirilgan ilmiy ekspeditsiyalarda ishtirok etgan, sayohatlarda 
bo‘lgan. Rossiya Fanlar akademiyasi va Rus jo‘g‘rofiya jamiyati ishlarida faol 
qatnashgan.
Asarlari: «Jung‘ariya tarixi»; «G‘ulja safari kundaligi»; «Qashqar safari 
kundaligi»; «Qirg‘izlar»; «Xon Abiloy»; «Xitoy imperiyasining g‘arbiy o‘lkasi va 
G‘ulja shahri»; «Ko‘kitoy xonning oshi»; «Dala musulmonligi»; «Qozoqlar haqida 
yozmalar»; «Sud reformasi haqida».
ABAY IBROhIM QO‘NONBOYeV (1845—1904) — XIX asrning ikkinchi 
yarmida yashab ijod etgan qozoq xalqining ma’rifatparvari, bastakori, faylasufi, 
badiiy adabiyot namoyandasi. U Semipalatinsk viloyatining Qashqabuloq 
degan joyida tug‘ilgan.
Asarlari: «Mening elim – qozog‘im»; «Adashganning oldi yo‘q»; «Ilm topmay 
maqtanma»; . «Yoshlikdagi ilm deb o‘yladim»; «Boylar yurar molin ardoqlab»; 
«Internatda o‘qiydi». Abaydan 300 ga yaqin she’riy asar meros bo‘lib qolgan. 
Uning «Iskandar», «Ma’sud», «Azim hikoyasi», «Vadim» kabi dostonlari mashhur. 
Abay ma’naviyati kamol topishida uchta manba asos bo‘lib xizmat qilgan. Bular, 
birinchidan, qozoq xalqining og‘zaki ijodiyoti; ikkinchidan, Sharq she’riyatining 
an’analari, uchinchidan, rus hamda Yevropa adabiyoti namunalari. Uning ijodi 
nafaqat qozoq xalqi, balki, shu bilan birga, Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviyati 
xazinasidan munosib o‘rin egallaydi.
MUhAMMAD RAhIMXON II-FeRUZ (1844—1910) Xivada tug‘ilgan. U 1863 
yildan Xiva xonligi taxtiga o‘tirgan. Feruz o‘z faoliyatida fan-madaniyat rivojiga 
katta ahamiyat bergan, o‘zi ham she’rlar yozgan, ashulalar ijro etgan. Uning 
ustozi Ogahiy bo‘lgan.
Feruz xonlik qilgan davrda ilm-fan, madaniyat, adabiyot rivoj topgan. 
Feruz farmoni bilan Alisher Navoiyning «Chor devon», «Xamsa» singari asarlari 
ilk bor nashr ettirilgan. Feruz 1871 yilda yangi madrasa qurdirgan, bir necha 
kutubxona, darsxonalarni ishga tushirgan.
Asarlari: «G‘azaliyoti Feruz»; «Bayozi Feruz»; «Devoni Feruz».


124
madaniyatshunOslik asOslaRi
SATTORXON ABDULG‘AFFOROV (1843—1901) Markaziy Osiyoda ijtimoiy 
tafakkurni rivojlantirishda katta rol o‘ynagan mutafakkirlardan biri, Chimkent 
shahrida yirik mudarris oilasida tug‘ilgan . Sattorxon 1876 yili aprel oyida Qo‘qon 
shahriga qozi bo‘lib, 1879 yili Qo‘qon shahar bilim yurtining faxriy nazoratchisi 
qilib tasdiqlangan. U 1883 yilda «Turkiston viloyatining gazeti»ga tarjimon 
bo‘lib ishga kirgan. 1884—1889 yillarda Toshkent o‘qituvchilar seminariyasida 
o‘zbek va fors tillaridan dars bergan. U rus tilini chuqur egallagan ma’rifatparvar 
bo‘lgan. 1883 yilda Sattorxon Chimkentga kelib qozilik ishini davom ettirgan. 
Keyinchalik yana Toshkentga qaytgan va ma’rifatparvarlik faoliyati bilan astoydil 
shug‘ullangan.
Asarlari: «Musulmon eshonlar»; «Rossiya istilosiga qadar Qo‘qon 
xonligining ichki ahvoli haqida qisqacha ocherk». Sattorxon Chor Rossiyasining 
«ruslashtirish» siyosatini keskin qoralagan, o‘zbek xalqining mustaqillik uchun 
olib borgan kurashlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan.
MUhAMMAD AMINXO‘JA — MUQIMIY (1850—1903) lirik shoir va 
zabardast hajvchi sifatida o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixida alohida o‘rin 
tutadi. Muhammad Aminxo‘ja Qo‘qonning Begvachcha mahallasida tug‘ilgan. 
Dastlabki savodini mahalla maktabida chiqargan, keyinchalik shahardagi 
«hokim oyim» madrasasida o‘qigan. Muqimiy 1872—73 yillarda Buxoroga 
borib, «Mehtar oyim» madrasasida tahsil olishni davom ettirgan. Muqimiy 
Qo‘qonda shoirlardan Muh’iy, Zavqiy, Nisbatiy, Furqat va boshqalar bilan 
yaqindan ijodiy hamkorlik qilgan.
Asarlari: «Sayohatnoma»; «ey, chehrasi tobonim»; «emdi sendek, jono, 
jonon qaydadir»; «Tokim, jono, jilva bunyod aylading»; «Tanobchilar»; «Voqeai 
ko‘r Ashurboy hoji»; «Moskovchiboy»; «Saylov»; «Veksel»; «Urug‘»; Dodxohim»; 
«Asrorqul»; «To‘y»; «Lyaxtin» va boshqalar. Vatanga sadoqat, ona xalqqa 
muhabbat va iftixor Muqimiy asarlarining asosiy mazmunini tashkil qiladi.
FURQAT ZOKIRJON XOLMUhAMMAD O‘G‘LI (1859—1909) Qo‘qon 
shahrida tug‘ilgan, o‘zbek demokratik adabiyotining yirik vakili, ma’rifatparvar, 
lirik shoir, publitsist sifatida shuhrat qozongan. Furqat yoshligidan adabiyotga, 
ayniqsa, Alisher Navoiy ijodiga katta mehr qo‘y gan. Furqat ayni vaqtda tijorat 
ishlari bilan ham shug‘ullangan, Yangi Marg‘ilonga borib, tog‘asining iltimosiga 
binoan savdo ishlarida faol qatnashgan, «Furqat, ya’ni, ayriliq» taxallusi bilan 
she’rlar ijod qilgan. Furqat Yangi Marg‘ilonda ijodkor sifatida xalq hayoti bilan 
yaqindan tanisha boshlagan. Bu yerda yevropacha hayot tarzi, zamonaviy fan-
texnika yangiliklari unga chuqur ta’sir ko‘rsatgan. Keyinchalik, Furqat bir necha 
vaqt «Turkiston viloyatining gazeti»da xodim bo‘lib ishlagan. Furqat 1893 yili 
martida uyg‘ur o‘lkasiga keladi, Yorkent shahrida turg‘un bo‘lib qoladi, shu 


125
ilOva
yerda vafot etadi.
Asarlari: «hammomi xayol» «Chor darvesh» hikoyasi (forschadan tarjima); 
«Nuh manzar» nomli she’riy to‘plam; «Ilm xosiyati»; «Akt majlisi xususida»; 
«Vistavka xususida»; «Sayding qo‘yaver, sayyod; «hajnoma»; «Adashganman»; 
«Kashmirda», «Bulbul»; . «Masarratnoma» (masnaviy); «Qasida»; . «Rumolik 
qiz hikoyati»; «Furqatning ahvoli» (nasriy asar). Furqat turkistonlik o‘z 
zamondoshlarini o‘rta asr qoloqligidan ilm-ma’rifatni egallash yo‘li bilan 
qutulishlariga ishonch bildiradi.
UBAYDULLO ZAVQIY (1853—1912) Qo‘qon shahrida mahsido‘z oilasida 
tavallud topgan, «Madrasai Oliy», «Madrasai Chalpak»da tahsil oladi. U o‘z 
ijodiy faoliyatini g‘azallar yozishdan boshlagan, ko‘plab hajviy asarlar yaratgan, 
davr an’anasiga muvofiq ikki tilda — turkiy-o‘zbek, fors-tojik tillarida asarlar 
ijod qilgan. Uninng ijodini 50dan ortiq turli janrlarda yaratilgan namunalar 
tashkil etadi. Zavqiyning ijodida shakllangan g‘oyalar asl musulmoncha Sharq 
yo‘nalishi, qashshoq oiladan chiqqanligining asoratlari bilan uzviy bog‘lanib 
ketgan. U ijtimoiy adolatsizlikni, o‘rta asr qoloqligini, hurofotlarni tanqid qildi, 
nafaqat mahalliy ijtimoiy tuzum, balki shu bilan birga, tug‘ilib kelayotgan 
burjuacha hayotning illatlarini ham hajv ostiga oldi.
Asarlari:«Kajdor zamona»; «Ajab zamona»; «Abdurahmon shayton»; 
«Muncha ko‘p»; «Yangiqo‘rg‘on qishlog‘i»; «Suv janjali»; «Shohimardon 
sayohati»; «eshon»; «Veksel»; «Ahli rasta»; «Shoh Inoyat qo‘rboshi haqida 
hajv»; «Obid mingboshi haqida hajv»; «Voqeai qozi say lov»; «Ajab ermas»; 
«Ta’rifi kalish»; «Otim»; «Fonus»; «Sigirim»; «Pash shalar»; «Talading baring» va 
boshqalar.
MAhMUDXO‘JA BehBUDIY (1875—1919) Samarqand yaqinidagi 
Baxshitepa qishlog‘ida ruhoniy oilasida tavallud topgan. Otasi Behbudxo‘ja 
Solixo‘ja o‘g‘li Ahmad Yassaviyning avlodlaridan bo‘lgan. 1899 yilda Behbudiy 
haj safariga, 1903—1904 yillarda Rossiyaga boradi. Behbudiy yangi maktablar 
uchun darsliklar yozgan ma’rifatparvardir. 1913 yildan Behbudiy matbuot 
sohasida keng faoliyat ko‘rsata boshlagan. «Samarqand» degan gazeta, «Oyna» 
jurnalini chiqargan. Behbudiy milliy mustaqillik uchun kurashgan, shu yo‘lda 
o‘z jonini qurbon qilgan yirik jamoat arbobi, mutafakkir, ma’rifatparvar sifatida 
xalqimiz tarixida munosib o‘rin tutadi.
Asarlari: «Risolai asbobi savod»; «Risolai jug‘rofiyai umroniy»; «Risolai 
jug‘rofiyai Rusiy»; «Kitobat ul-atfol»; «Amaliyoti islom»; «Tarixi islom»; 
«Padarkush» dramasi; «Xotiralar» (Yaqin Sharqqa sayohat yakunlari); «Ishlarning 
yaxshisi o‘rtachasidir»; «Ikki emas, to‘rt til lozim» ( maqola) va boshqalar.
MUNAVVARQORI ABDURAShIDXONOV (1878—1931) Toshkentda ziyoli 


126
madaniyatshunOslik asOslaRi
oilada tug‘ilgan, dastavval Toshkentdagi Yunusxon madrasasida, so‘ng 
Buxoroda o‘qigan. 90-yillarda u jadidchilik harakatida faol ishtirok etgan. 1901 
yilda Toshkentda «Usuli jadid» maktabini ochgan. Munavvarqori 1906 yildan 
chiqa boshlagan «Taraqqiy» gazetasining asoschilaridan biri bo‘lgan. O‘sha 
yili Munavvarqori o‘zi «Xurshid» gazetasini chop eta boshlagan. U «Sadoyi 
Turkiston» (1914—15)ni nashr etishda katta tashabbus ko‘rsatgan. 1917 
yil martida «Najot» gazetasini nashr qilib, ayni vaqtda «Kengash» jurnaliga 
muharrirlik qilgan. Munavvarqori yoshlarning chet elda o‘qib kelish, jahon 
madaniyati va ma’rifati boyliklaridan bahramand bo‘lish g‘oyasini targ‘ib 
qilgan.
Asarlari: «Adibi avval», «Adibi soniy» (alifbo va xrestomatiya), «Tavjid al-
Qur’on» («Qur’on qiroati»), «Yer yuzi» («Geografiya») qo‘llanmalari.
ABDULLA AVLONIY (1878—1934) o‘zbek milliy madaniyatining yi-rik 
namoyandasi, ma’rifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat 
arbobi Toshkentda tug‘ilgan. Maktabda, so‘ng madrasada tahsil olgan, arab, 
fors, rus tillarini chuqur egallagan. Avloniy jadidchilik harakatining faollaridan 
bo‘lib, yangi usulda maktablar ochgan, ularda o‘zi dars bergan, darsliklar, o‘quv 
qo‘llanmalari yozgan. U «Taraqqiy», «Shuhrat» (1907), «Osiyo» (1908), «Turon» 
(1917) gazeta larini nashr etgan, 1913 yilda «Turkiston» teatr truppasini tuzgan, 
O‘zbekistonda zamonaviy teatr san’ati shakllanishiga katta hissa qo‘shgan. 
1930-34 yillarda O‘rta Osiyo davlat universitetida kafedrani boshqargan.
Asarlari: «Birinchi muallim»; «Ikkinchi muallim» (o‘quv kitobi); «Turkiy 
Guliston yohud axloq» (darslik); «Maktab gulistoni»; «Mardikorlar ashulasi»; 
«Sabzavor» tazkirasi; «hurriyat marshi» she’ri, «Afg‘on sayohati»; «Advokatlik 
osonmi?» dramasi; «Pinak» komediyasi; «Biz va siz; «Ikki sevgi» (fojiyaviy 
asar).
AVAZ O‘TAR (1884-1919) Xiva shahrida tug‘ilgan. Sakkiz yoshidan boshlab 
maktabda, so‘ngra madrasada tahsil ko‘radi. Yosh shoir o‘zining ijodiy qobiliyati 
bilan tezda Xiva xoni Feruz nazariga tushadi, uni o‘z saroyiga taklif qiladi. Avaz 
O‘tar g‘oyat iste’dodli shoir bo‘lib, adabiyotning deyarli barcha janrlarida asarlar 
yaratgan. Uning ma’rifatparvarlik g‘oyalari she’rlarida o‘z ifodasini topgan.
Asarlari: «Til», «Maktab», «Xalq», «Fidoi xalqim», «Topar ekan qachon»; 
«hurriyat», «Sipohiylarga», «Ulamolarga» ( kelajak, ozodlik va baxtli hayot 
haqidagi qarashlari o‘z ifodasini topgan); «hurriyat» (1917); «Saodat ul-
iqbol».
ABDURAUF FITRAT (1884—1938) Buxoroda tavallud topgan. Fitrat — 
Abduraufning taxallusi bo‘lib, «tug‘ma iste’dod» degan ma’noni bildiradi. U 


127
ilOva
«Mirarab» madrasasida tahsil olgan, fors va o‘zbek tillarini chuqur bilgan, 
arab tilini mukammal o‘rgangan. U Turkiyaning Istambul shahrida o‘z bilimini 
oshirgan. Yevropa fan-madaniyati yutuqlari bilan yaqindan tanishish uning 
dunyoqarashiga chuqur ta’sir etgan. U diniy aqidaparastlikka ko‘r-ko‘rona taqlid 
qilishni keskin tanqid qilgan. Ayni vaqtda, maktab-maorifni va Turkistondagi 
boshqarish usulini isloh etish g‘oyalarini ilgari surgan.
Asarlari: «Sayha» («Bong» 1910 yilda Istambulda nashr qilingan); «hind 
sayyohining qissasi» (Istambul 1912); «Uchqun» (to‘plam). «Chin sevish» — 
drama; «hind ixtilofchilari» — fojia (1920); «Abulfayzxon» — fojia (1924); 
«Arslon» ( pesa); «Qiyomat» (1924); «Shaytonning tangriga isyoni» (1924); 
«Ro‘zalar»; «Me’roj»; «Zayd va Zaynab»; «Zaynabning imoni»; «Qiyshiq 
eshon».
SADRIDDIN AYNIY (1878—1954) Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumaniga 
qarashli Soktare qishlog‘ida tug‘ilgan. Boshlang‘ich tahsilni otasidan olgan, 
keyin Buxoro madrasalaridan biriga borib o‘qishni davom etdirgan, adabiyotni 
chuqur o‘rganib, badiiy ijod sirlarini egallagan, dastlabki asarlaridayoq amirlik 
tuzumi chiriganini, uning boshqarish usulini yangilash zarurligini, demokratik 
islohotlar o‘tkazish, xalqqa ma’rifat berish lozimligini anglab yetgan. Ayniy 
yosh buxoroliklar harakatiga qo‘shilgan. U yangi usuldagi maktablar ochishda 
tashabbuskorlardan biri bo‘lgan. 1909 yilda «Tazhib us-sibiyon» («Bolalar 
tarbiyasi») degan o‘qish kitobini chop etadi.
Asarlari: «Guli surx», «Bazm», «Yoshlarga murojaat», «hasrat»; «Na o‘ldi, 
yorab»; «Moziy va hol», «Yerni yana sotmang» she’rlari; «har bir millat o‘z 
tili ila faxr etar» (maqola); «Sudxo‘rning o‘limi» (qissa); «Qullar», «Doxunda» 
(romanlar).
hAMZA hAKIMZODA NIYOZIY (1889—1929) Qo‘qonda tabib oilasida 
tug‘ilgan. U xalq o‘rtasida ma’rifatparvar sifatida shuhrat topgan, Marg‘ilon 
va Qo‘qon shaharlarida maktablar ochgan, bolalar uchun darslik va o‘quv 
qo‘llanmalari yaratgan. hozirgi zamon o‘zbek badiiy adabiyoti, musiqasi, teatr 
san’ati rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. hamza asarlarida XX asr boshlarida 
O‘zbekistonda yuz bergan o‘ta murakkab voqealar o‘zining badiiy ifodasini 
topgan.
Asarlari: «Milliy ashulalar uchun milliy she’rlar majmuasi» (1915-1917); 
«Zaharli hayot» (1916); «Paranji sirlari» (1927); «Maysaraning ishi» (1929) kabi 
dramatik asarlar; «Devon» (1905); «Yengil adabiyot», «O‘qish kitobi», «Qiroat 
kitobi» (1914-1915) kabi darsliklar; «Yangi saodat» (povest); «Gul» turkumidagi 
ashulalar to‘plami; «Feruzaxonim», «Ilm hidoyati», «Loshman fojiasi» (drama 


128
madaniyatshunOslik asOslaRi
— komediyalar); Zaharli hayot» (drama); «Turkiston muxtoriyatina» va 
boshqalar.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin