106
madaniyatshunOslik asOslaRi
birinchisi — Alloh bilimi («al-ilm billoh») bo‘lib, mutlaq haqiqatdir. Ikkinchisi
— Alloh to‘g‘risidagi bilim bo‘lib «ilm-olloh» deb ataladi. Alloh, olam va insonni
bilish bir-biri bilan bog‘lanib, ularga aql, hissiy mushohada va xabarlar orqali
erishiladi.
ABU ABDULLOh MUhAMMAD IBN AhMAD IBN YUSUF AL-XORAZMIY
(vafoti — 997)ning yoshligi Xorazmning Xiva, Zamaxshar va Qiyot shaharlarida
o‘tgan, hayotining muayyan davri Xurosonda kechgan.
Asari: «Mafotih al-ulum» («Ilmlar kalitlari»). Bu qomusiy asar falsafa, mantiq,
tibb, ilmi nujum, musiqa va boshqa sohalarga bag‘ishlangan. Unda ilmlar
quyidagicha tasnif qilinadi:
Shariat ilmlari: fiqh, ya’ni islom huquqshunosligi; Kalom, ya’ni islom asoslari;
Grammatika (Sarf va nahv);
Ish yuritish; She’riyat va aruz; Tarix.
Nazariy falsafa: tabiiyot ilmlari va fizika (tibb, ob-havoni aniqlash,
mineralogiya, kimyo, mexanika kabilar); Ilohiyot, ya’ni metafizika — oliy ilm;
Mantiq.
Amaliy falsafa: etika (insonning o‘zini boshqarish ilmi); Uyni boshqarish;
Siyosat-shahar — davlatni boshqarish.
ABU ALI IBN SINO (980—1037)ning
asl ismi husain, otasining ismi
Abdulloh, mashhur qomusiy olim, tabiatshunos, faylasuf, astronom, matematik,
musiqashunos, huquqshunos, tilshunos, yozuvchi va shoir Buxoro yaqinidagi
Afshona qishlog‘ida dunyoga kelgan. Ibn Sino «Shayx-ur-rais» («Olimlar
boshlig‘i»)nomi bilan shuhrat qozongan. U 450 dan ortiq asar yozib qoldirgan.
Shulardan 190 ga yaqini falsafa, mantiq, ruhshunoslik, axloqshunoslik va
ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag‘ishlangan.
Asarlari: «Al-qonun fit tibb» («Tibb ilmlari qonuni»); «Kitob ash-shifo»asari
mantiq, fizika, matematika, metafizikani o‘z ichiga oladi; «Kitob ul-insof» (20
tomlik); «Kitob lison ul-arab» («Arab tili bo‘yicha 10 jilddan iborat kitob»);
«Donishnoma» (4 qismdan iborat); «Risola at-Tayr» («Qush tili»); «Salamon va
Ibsol»; «hay ibn Yakson»; «Kitob al-ishorat»; «Yusuf qissasi»; «Urjuzalar»-tibbiy
dostonlar va h. k.
Ibn Sino o‘z asarlarida ijtimoiy-falsafiy, ma’rifiy, ma’naviy, ta’lim-tarbiya,
inson salomatligi masalalariga katta e’tibor bergan. Tarbiyani aqliy tarbiya,
jismoniy tarbiya, axloqiy tarbiya, nafosat tarbiyasi, yoshlarga hunar o‘rgatish
bilan bog‘liq bo‘lgan
tarbiyadan iborat, deb hisoblagan.
ABU RAYhON BeRUNIY (973 — 1048) Xorazmning qadimiy poytaxti Kat
shahrida dunyoga kelgan, G‘aznada vafot etgan.
Asarlari: «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Mas’ud qonuni»,