O’zbekiston respublikasi oliy va maxsus ta’lim vazirligi yestj 46-20 Guruh Yengil sanoat va to’qimachilik fakulteti Yigiruv texnologiyasi va jihozlari fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Paxta, kimyoviy tolalar va ularning aralashmalariga ishlov berishda, paxta tolasining sorti va sinfiga hamda yigiriladigan ipning xossalari va ishlatilishiga qarab har xil tituvchi, aralashtiruvchi, tozalovchi mashinalar bitta agregat tarkibiga tutashtirilib qo’llaniladi.Bunday agregatlarning har biri paxtani titib, aralashtirib, xas-cho’plar va nuqsonlardan tozalab, toladan ma’lum chiziqiy zichlikdagi, tarash piltasini ishlab chiqishga mo’ljallanadi.Tolalarni titish, aralashtirish va tozalash uzluksiz avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Sof paxta tolasidan farqli ravishda kimyoviy tolalar va ularning paxta bilan aralashmalarini titadigan mashinalarning ayrim ishchi qismlari odatdagidan biroz farqlanadi.Hozirgi paytda O’zbekistondagi deyarli hamma korxonalarda paxtani titish, tozalash, aralashtirish, tarash va qisman piltalash jarayonlari uzluksiz (potok) tarzda amalga oshirilmoqda.
Ip yigirish jarayonlarini uzluksiz ravishda amalga oshirish, o’timlarni qisqartiradi, mehnat unumdorligini oshirib, ipning tannarxini pasaytiradi.
Paxtani titish, tozalash, aralashtirish agregatlari tarkibiga, paxta terilgan uslubga, tolaning navi va sinfiga qarab har xil mashina qo’shiladi. Kimyoviy tolalarni yigirishda esa agregat tarkibi tola xossalarini hisobga olib tanlanadi. Mashinasozlik firmalari tomonidan bu borada tegishlicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ip ishlab chiqarishning birinchi bosqichida titish, tozalash va aralashtirish jarayonlari natijasida toylangan tolalardan tarash mashinalari ta’minoti uchun bir tekis qalinlikga ega bo’lgan, qatlam shaklidagi mahsulot tayyorlanadi. Mazkur vazifa bitta titish-tozalash agregati (TTA) ga o’zaro tutashtirilgan texnologik tizim mashinalarida amalga oshiriladi. TTAlarining tarkibi yuqorida ta’kidlanganidek ishlatiladigan tolaning ifloslik darajasiga, uning uzunligiga, yigiriladigan ipning assortimentiga qarab tanlanadi. Yigirish texnologiyasining taraqqiyoti qatiy nazar MDH larida TTA larni ularning tozalash samaradorligiga qarab tozalash darajasi past (24%), tozalash darajasi yuqori (50-55%) va tozalash darajasi juda yuqori (70%) deb farqlangan. Hozir ushbu tarzda farqlanmaydi, chunki agregatning hamma mashinalari yuqori samaradorlikda ishlaydi.
Shuning uchun Riter firmasi ip assortimentiga (halqali karda ip, kompakt ip, pnevmomexanik ip) qarab titishtozalash agregati tarkibini tavsiya etgan. MDHda ishlab chiqarilgan TTAlarda texnologik jarayonlar kuchli zarbiy ta’sirlarni ko’p marta takrorlanishi bilan amalga oshirilishi natijasida tolalarning shikastlanishi yuqori darajada bo’ladi. Shuningdek, kalta tolalar va changni tozalovchi aerodinamik qurilma va mashinalar deyarli bo’lmagan, mavjudlari esa samarasiz ishlagan. Yigirish texnikasi va texnologiyasining taraqqiyoti, ip ishlab chiqarishda potok tizimlarning yalpi joriy qilinishi, ularning tarkibi samarali va ixcham mashinalar bilan tez-tez o’zgarishini taqozo etmoqda. Shuningdek tayyor mahsulot sifatiga texnologik va iste’molchi talabining oshishi ham TTA tarkibini samarali mashinalar bilan yangilashga impuls bo’lmoqda. Dunyo mamlakatlarining to’qimachilik korxonalarida ishlatilayotgan TTA xilma-xil bo’lib, ularni umumlashtirgan holda quyidagi tarkibga keltirish mumkin:
Universal titish-tozalash agregati (UTTA)
Avto toytitgich.
Qaytim tolatitgich.
Dastlabki tozalash mashinasi.
Aralashtiruvchi mashina.
Asosiy tozalash mashinasi.
Nafis (oxista) tozalash mashinasi.
Taqsimlash sistemasi (moslamasi).
UTTAda quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi:
dastlabki tozalash;
aralashtirish;
nafis tozalash;
aerodinamik tozalash.
Ushbu agregatda tozalash jarayoni uch bosqichda amalga oshirilishi natijasida tolali mahsulotning shikastlanishi va uzun tolalarni nuqsonlarga qo’shilib chiqib ketishi sezilarli darajada kamaytirilgan. Agregatning tarkibi, garnitura turlari ishchi organlar soni tolali mahsulotning ifloslanganlik darajasiga, turiga va yigirilayotgan ip assortimentiga qarab o’zgartirilishi mumkin. Agregat mashinalari pnevmo trubalar yordamida o’zaro biriktirilgan. Pnevmo trubalar asosiy va yordamchi xolatida o’rnatilgan bo’lib, tizimdagi mashinani texnologik jarayondan chiqarib qo’yish imkonini beradi. Asosiy tozalashdan so’ng oxista tozalashda aerodinamik tozalagichlar ishlatilishi tolalarni nafaqat shikastlanishi balki chigallanishini ham kamaytiradi.
UTTA mashinalarining parametrlari kompyuter yordamida boshqariladi va shaylanadi. Agregat odatda chiqindilarni ajratib oluvchi va changsizlantiruvchi sistema bilan birgalikda ishlatiladi.