O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta – maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 105,5 Kb.
səhifə1/2
tarix28.09.2023
ölçüsü105,5 Kb.
#150134
  1   2
6 Kompyuter haqid


O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta – maxsus ta’lim vazirligi.
Chirchiq Sanoat kasb – hunar kolleji.
Fan: Informatika.




Mavzu: Kompyuter haqida umumiy ma’lumot.
Bajardi:_______________.
Tekshirdi:_____________.
Chirchiq – 2008
Reja:



  1. Kompyuter haqida umumiy ma’lumot.

  2. Kompyuterlarni sinflash.

  3. Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi.

  4. Texnika xavfsizligi.



Foydalanilgan adabiyotlar:

Dasturlash “ kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanmasi


Mualliflar: P. Karimov, S. Irisqulov, A. Isaboyev.


Kompyuter haqida umumiy ma’lumot.


Kompyuter – inglizcha so’z bo’lib, u hisoblovchi demakdir. U hozirda faqat hisoblovchi bo’lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi.Shunga qaramasdan, hozirda uning eski nomi – kompyuter saqlanib qolgan.Uning asosiy vazifasi turli ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avvalo shuni aytish lozimki, ko’pchilikning tushunchasida go’yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor xolos.


Kompyuterlarni sinflash.

Kompyuterlarni xotirasining hajmi, 1 sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma’lumotlarning razryad to’rida tasvirlashishiga qarab 5 guruhga bo’lish mumkin :



  • Super kompyuterlar ( Super Computer )

  • Katta kompyuterlar ( Manframe Computer)

  • Mini kompyuterlar ( Minicomputer )

  • Shaxsiy kompyuterlar ( PC – Personal Computer )

  • Bloknot ( noutbook ) kompyuterlar

Super kompyuterlar ( TOP 500 kompyuterlar ) – juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo’ljallangan .

Reyting

Super kompyuter rusumi

Ishlab chiqaruvchi mamlakat

Firma nomi

Prosessor soni

Tezligi

1

Intel ASCI Red

AQSh

Intel (AQSh )

9472

1338

2

SGI ASCI Blue

AQSh

SGI (AQSh )

6144

634

3

SGI T3E1200

AQSh

SGI (AQSh )

1084

430

4

Hitachi SR8000

Yaponiya

Hitachi ( Yaponiya )

128

368

5

SGI T3E900

AQSh

SGI (AQSh )

1324

264

Katta kompyuterlarfan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechish uchun mo’ljallangan.Bularga misol sifatida AQSh ning CRAY,IBM390,4300,IBM ES/9000,Fransiyaning Borrous 6000,Yaponiyaning M1800 rusumli kompyuterlarini va boshqalarni misol qilish mumkin.
Minikompyuterlar hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan katta kompyuterlardan kamida 1 pog’ona pastdir.Bunday kompyuter turkumiga PDP – 11 ,VAX,SUN,IBM 4381,Hewlett Packard firmasining kompyuterlarini kiritish mumkin.
Shaxsiy kompyuterlar hozirda korxonalar,muassasalar,oliy o’quv yurtlarida keng tarqalgan.( IBM – PC,Pentium – 1,2,3,4 ). Bugungi kunda P – 4 keng qo’llanilmoqda.
Noutbook kompyuterlari hajmi ancha ixcham bo’lib,ammo bajaradigan amallar soni,xotira hajmi Shaxsiy kompyuterlar darajasiga ko’tarilib bormoqda.Bunga IBM,Compaq,Acer,Toshiba va boshqa firmalarini misol qilish mumkin.



Yüklə 105,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin