*
Mavzu:
Ilmiy uslub.Sohaviy terminlarning
yasalishi
Guruh: I-103
Bajardi :
Ashurova S.
Tekshirdi:___________________
MUSTAQIL ISH
ANGREN UNIVERSITETI
Fan:
O’zbek tilining sohada qo’’lanilishi
.
*
Reja:
*
*
Ilmiy uslub va uning turlari
*
Termin (atama)lar va ularning vujudga kelishi
*
Til va terminologiya
*
Sohaviy atama va so’zlarning kelib chiqishi va ularning vazifaviy
xususiyatlari
*
Sohaviy atamalarning boyib borish usullari
*
Terminlarning turlari.
*
Sohaviy leksikada ma’nodoshlik, shakldoshlik, ko’p ma’nolilik
munosabatlarining namoyon bo’lishi.
*
Ilmiy uslub va uning xususiyatlari.
*
Fan va texnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi.
Ilmiy matn ilmiy va ilmiy-ommabop matnlarga ajratiladi. Ilmiy matnda gap bo‘laklari
tartibi adabiy til qoidasiga qat’iy amal qilgan holda qo‘llanadi. Ilmiy matnda har bir fan
sohasiga oid atamalarning qo‘llanilishi xarakterli xususiyat hisoblanadi.
Masalan,
qishloq
va suv xo’jaligi sohasida sabzavotchilik, zooinjeneriya, mevachilik, uzumchilik, issiqxona,
dorivor o’simliklar, ekin, biologik xususiyat, harorat, yorug’lik, namlik, tuproq, urug’,
gidroponika usuli
kabi terminlar ishlatiladi. Ilmiy-ommabop matnlarda atamalar
tizmasidan, ilmiy bayonchilikdan qochiladi. Bayon etilayotgan fikrning barchaga baravar
tushunilishini ta’minlash maqsadida tushunilishi qiyin bo‘lgan atamalar murakkab
tushunchalar o‘rniga aniq va batafsil tasvirlardan foydalaniladi.
*
Ilmiy uslubning janrlari – monografiya, maqola, annotatsiya, dissertatsiya, darslik,
ma’ruza, ma’lumotnoma.
*
Ilmiy uslub va uning xususiyatlari. Ilmiy uslubga mantiqiylik, aniqlik, ilmiy atamalarning
keng qo`llanishi xos bo`lib, barcha ilmiy asarlar, jumladan, maktab darsliklari ham shu
uslubda yoziladi. Fan va texnika tili ilmiy uslub deyiladi. Daliliy munosabatlar asosida
chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o`ziga xos atamalariga
tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil bayon qiluvchi uslub ilmiy uslubdir. Ilmiy
uslubning asosi atama, ta’riflar, qoidalar, qonunlardir. Atamalar faqat bir ma’noda
qo`llanilib, o`zi ifodalayotgan tushunchaning tub mohiyatini ko`rsatadi, masalan
o`zak,
negiz, yasovchi qo`shimcha, turlovchi va tuslovchi qo`shimchalar, shakl yasovchilar
kabi
atamalar so`z tarkibiga oid lingvistik tushunchalarni ifodalaydi.
*
Ilmiy uslub ham o`z ichida ikki guruhga bo`linadi:
*
sof ilmiy uslub;
*
ilmiy-ommabop uslub.
*
Ilmiy uslubda fan va texnikaning turli tarmoqlariga oid ilmiy asarlar, darslik va o’quv
qo’llanmalari yoziladi. Bu uslub aniq, daliliy ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy
xulosalar (qoidalar, ta’riflar)ga boy bo’lishi bilan boshqa uslublardan farqlanadi. Ilmiy
uslub ham adabiy tilning ko’rinishi bo’lib, bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ham ega:
monologik belgilari bilan boshqa uslublardan ajralib turadi; obrazli tasvirlar bilan
emas, balki aniq ma’lumotlarning
xolis, umumlashgan
xususiyatlarini ta’riflash,
tushunchalarga muvofiq keladigan terminlar bilan ish ko’radi. Kitobxonning his-
tuyg’usiga emas, ongiga ta’sir etadi.
*
Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos terminlaridan foydalaniladi. Masalan,
jinoyat,
jazo, afv, hukm, ozodlikdan mahrum etish, davlat tili, davlat chegarasi, unitar davlat,
tergov, alibi, kodeks
yurisprudentsiya tarmoqlarida;
jamiyat, ong, tafakkur,
mushohada
falsafada va h.k. Ilmiy uslubda so’zlar asosan o’z ma’nosida qo’llanadi,
qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish
so’z va birikmalar, shuningdek, qo’shma gaplardan ko’proq foydalaniladi.
*
Ilmiy uslubda qo’shma gaplardan
shu sababli, shunday bo’lsa, bunday vaqtda, shunga
qaramasdan
kabi vositalar yordamida bog’lanuvchi ergash gapli qo’shma gaplar ko’proq
ishlatiladi. Chunki bunday gaplar sabab va natija hamda boshqa munosabatlarni aniq
ifodalay oladi. Bog’lovchisiz qo’shma gaplar bu uslubda kamroq ishlatiladi.
*
Ilmiy matn qurilishining mantiqiy izchil bo’lishi unda boshlanmalar, gap qismlarini
bog’lash uchun
shunday qilib, shu sababli, bundan keyin, ko’rinadiki, shunga ko’ra, shu
bilan birga, aytilganlarga ko’ra
kabi so’z va so’z birikmalari qo’llaniladi. Ko’p
qo’llaniladigan
birinchidan, bir tomondan, ikkinchi tomondan, xullas, demak
shaklidagi
kirish so’z va birikmalar ham yuqoridagi maqsadlarga xizmat qiladi.
*
Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, ma’lum fan, ishlab chiqarish sohasidagina qo’llaniladigan va
asosan o’sha soha kishilari tushunadigan maxsus so’zlar terminlar – atamalar sifatida qaraladi.
*
Atamalarning shakllanishi ham xalqning tarixi qadar qadimiydir. To’nyuquq, Kultegin, Bilga hoqon
singari bitiktoshlarda xalqimiz mashg’ul bo’lgan hunarlarga oid atamalarni uchratamiz. Ular xalq
tomonidan yaratilgan afsonalarda, qahramonlik qo’shiqlarida ham mavjud bo’lgan. Ularni
mujassam qilgan Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit-turk” asari ularning bizgacha yetib
kelishida katta tarixiy vazifani bajargan.
*
Atamalarning dastlab ikki katta guruhga ajratish to’g’ri bo’ladi:
*
Umumiylik xususiyatiga ega bo’lgan atamalar.
*
Xususiylik xususiyatiga ega bo’lgan atamalar.
*
Umumiy atamalar sirasiga bir terminologik tizimning barcha yo’nalishlari uchun tushunarli bo’lgan
atamalar kiradi. Masalan, sportdagi
musobaqa, sovrin, sovrindor, yutuq, g’alaba, birinchilik,
chempionat, ko’rik, trener, hakam
atamalarini sportning barcha turlarida bemalol qo’llash
mumkin. Fizikaga oid
issiqlik, temperature, jism, elektr, magnit, gaz, harakat, energiya, maydon
singari atamalar haqida ham shu gaplarni aytish mumkin.
*
Til va terminologiya.
*
Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilmiy-texnik tub o‘zgarishlar davrida yangiyangi fanlar va
tushunchalar yuzaga kelmoqda. Jumladan, o‘zbek tilida ham yangi terminlar paydo bo‘lmoqda,
ilgaridan ishlatib kelingan qator leksemalar yangi ma’nolar kasb etmoqda. Shu boisdan
leksikologiya, xususan, terminologiya oldida qator muhim masalalarni yechish vazifasi turibdi.
*
Bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy masalalarini yanada chuqurroq
o‘rganish, terminlar yaratish va ularni qo‘llashni til qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat
ahamiyatiga molik muammoga aylandi. Shuning uchun ona tilimizning turli terminologik tizimlarini
yanada teranroq tadqiq etish, ularni terminologiyaning xilma-xil masalalari bo‘yicha atroflicha
tadqiq qilish, bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
*
Dostları ilə paylaş: |