O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta- maxsus ta’lim vazirligiYangi o’quv materialini mustahkamlash
Elektr toki urishning oldini olishning tashkiliy –texnik tadbirlari. Elektr toki ta’sirining eng xavfli tomoni shundaki, bu xavfni oldindan ko‘rish va sezish imkoniyati yo‘qligi uchun, elektr toki xavfiga qarshi tashkiliy va texnik chora-tadbirlar belgilash, to‘siq vositalari bilan ta’minlash, shaxsiy va jamoa muhofaza tizimlaridan unumli foydalanish nihoyatda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Elektr toki faqat biologik ta’sir bilan chegaralanib qolmasdan, elektr yoyi ta’siri, magnit maydoni ta’siri va statik elektr ta’sirlariga bo‘linadiki, bularni bilish har bir inson uchun zarur hisoblanadi. A) Elektr tokining tYermik ta’siri-inson tanasining ba’zi joyida kuyish, qon tomirlari, nYerv va hujayralarning qizishi sifatida kuzatiladi. B) Elektrolitik ta’sir esa, qon yoki hujayralar tarkibidagi tuzlarning parchalanishi natijasida, qonning fizik va kimyoviy xusu-siyatlarining o‘zgarishiga olib keladigan holat tushuniladi. Bunda elektr toki markaziy asab va yurak-qon tizimini kesib o‘tmasdan, tananing ba’zi bir qismlarigagina ta’sir ko‘rsatishi mumkin. V) Elektr tokining biologik ta’siri - bu faqat tirik organizm uchun xos xususiyat hisoblanib, bu ta’sir natijasida muskullarning keskin qisqarishi tufayli organizmidagi tirik hujayralar to‘lqinlanadi, bunda asosan organizdagi bioelektrik (inson organizmi bioelektrik toklar yordamida boshqariladi) jarayonlar buziladi va tok urish holati vujudga keladi. ELEKTR TOKI TA’SIRI IKKI GURUHGA BO‘LINADI. A) Mahalliy elektrik ta’siri natijasida: - kuyib qolish, organizm bilan elektr o‘tkazgichi o‘rtasida volta yoyi hosil bo‘lganda sodir bo‘ladi; - elektr belgilari hosil bo‘lishi - tYerining ustki qismida aniq kulrang yoki och-sarg‘ish rangli 1-5 mm belgi paydo bo‘lishidir; - tYerining metallashib qolishi - bu holat ham elektr yoyi hosil bo‘lganda ro‘y bYeradi; B) Tok urishi - to‘rt darajaga bo‘lib qaraladi - muskullar keskin qisqarishi natijasida odam tok ta’siridan chiqib ketadi va hushini yo‘qotmaydi (0,6 – 1,5mA); - muskullar keskin qisqarishi natijasida odam hushini yo‘qotadi, ammo yurak va nafas olish faoliyati ishlab turadi (10 – 15mA); - odam hushini yo‘qotib, nafas olish tizimi yoki yurak urishi to‘xtab qoladi (25 – 50mA); - klinik o‘lim holati, bunda insonda hech qanday hayot alomati ko‘rinmay qoladi (100mA). Klinik o‘lim - bu hayot bilan o‘lim oralig‘i bo‘lib, inson ma’lum vaqtgacha ichki imkoniyatlar hisobiga yashab, bu holat 5-8 daqiqa davom etadi va tashqi yordam bo‘lmasa, miya qobig‘idagi hujayralar parchalanib biologik o‘lim holatiga o‘tadi. Tok ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish. Электр токи таъсирига тушган кишига тиббиёт муассасасига юборгунга қадар кўрсатиладиган ёрдам иккига бўлинади 2. Биринчи ёрдам кўрсатиш - унинг ҳолатига қараб белгиланади, агар ток таъсирида ҳушини йўқотган, аммо нафас олиши ва юрак тизими ишлаётган бўлса, уни қуруқ ва қулай жойга ётқизиб, камари ва ёқасини бўшатиш ва соф ҳаво келишини таъминлаш, нашатир спирти ҳидлатиш, юзига сув пуркаш, танасини ва қўлларини ишқалаш яхши натижа беради. 1. Ток таъсиридан қутқариш - бу электр қурилмасининг ўша қисмига келаётган токни ўчириш, электр симларини сопи ёғочли болталар билан кесиш, кийими қуруқ бўлса тортиб ток таъсиридан қутқариш, агар кучланиш 1000 В дан ортиқ бўлса, унда диэлектрик қўлқоп ва электр изоляцияси бўлган асбоблардан фойдаланилади. Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashsa, qaltirash holati bo‘lsa, ammo yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bo‘lsa, unda bu kishiga sun’iy nafas oldirish zarur. Klinik o‘lim holati yuz bYergan taqdirda sun’iy nafas oldirish bilan bir qatorda yurakni ustki tomondan massaj qilish kYerak. Sun’iy nafas oldirish “og‘izdan og‘izga” deb atalib, yordam ko‘rsatuvchi o‘pkasini havoga to‘ldirib, jarohatlagan kishi og‘zi orqali uning o‘pkasiga bu havoni haydaydi. Bunda yordam ko‘rsatayotgan kishi og‘zi bilan, jarohatlangan kishining og‘zini butunlay bYerkitishi va yuzi yoki panjalari yordamida uning burnini bYerkitish kYerak. Bir minutda taxminan 10-12 marta puflashni, doka dastro‘mol va trubka orqali ham bajarish mumkin, sun’iy nafas oldirishni bemor o‘ziga kelguncha davom ettiriladi. YUrakni tashqaridan massaj qilish jarohatlangan kishi organizmidagi qon aylanishni sun’iy ravishda tiklab turish maqsadida amalga oshiriladi. Qorin bo‘shlig‘idan ko‘krak qafasiga o‘tgandan keyin 2 barmoq yuqoridan massaj qilinadigan joyni belgilab, qo‘lni bir-biri ustiga to‘g‘ri burchak shaklida qo‘yib, jarohatlangan kishining ko‘krak qafasiga tana og‘irligi bilan 15-25 kg miqdordagi kuch bilan bosiladi. Bosish soniyada 1 marta keskin kuch bilan bo‘lishi kYerak. Bunda ko‘krak qafasi ichkariga qarab 3-4 sm pasayishi kYerak va bu yurak urishi ritmiga moslab davom ettiriladi. Har ikki marta puflagandan keyin 15 marta ko‘krak qafasini bosish kYerak. Jarohatlangan kishining yurak urishi, pulsini tekshirib bilinadi. Buning uchun yuqoridagi vazifalarni 2-3 soniyaga to‘xtatib, tomir urishi sinab ko‘riladi. 1-rasm. Sun’iy nafas oldirish va yurakni massaj qilish usullari. 3-ilova. Elektr toki ta’siriga tushib qolish, jarohatlanish sabablari va uni oldini olish tadbirlari. Agar inson tanasining har qanday qismi elektr tarmog‘iga tushib qolsa, unda uni tok urish xavfi paydo bo‘ladi. Bunday holatni chizma ravishda tasvirlab tokka tushib qolishni ikki faza orasiga tushib qolish va bir fazali tokka tushish bilan belgilash mumkin. Odam bir fazali tokka tushib qoldi deb faraz qilaylik. Unda tokning oqish yo‘li fazadan odam tanasi orqali Yerga o‘tib ketishi mumkin. Sanoatda qo‘llaniladigan elektr toki asosan 380 V kuchlanishga ega bo‘ladi. Bunday tok uch fazadan iborat bo‘lib, har bir fazadan Yerga nisbatan 220 V kuchlanishga ega bo‘ladi. Bunday tokka tushgan odam tanasidan oqib o‘tgan tok miqdorini Om qonuni asosida aniqlash mumkin. I=U/R Bunda I - odam organizmi orqali oqib o‘tgan tok miqdori; U - fazaning kuchlanishi; R - tok oqib o‘tishiga ko‘rsatiladigan qarshilik. Bir fazaga tushib qolgan odam uchun kuchlanish 220 V ni tashkil qiladi. R esa qator qarshiliklar yig‘indisidan tashkil to-padi R = Rt + Rn + R0 + R1 Bunda Rt-odam tanasining qarshiligi, texnik hisoblarda 1000 Om qabul qilinadi; Rn-odam turgan polning qarshiligi, agar yog‘ochdan bo‘lgan pol bo‘lsa, uning qarshiligi 20000 - 60000 Om oralig‘ida bo‘ladi; R0 - oyoq kiyim qarshiligi, bu qarshilik ham oyoq kiyimining matYerialiga qarab 20000 - 50000 Om atrofida; R1-sim (neytral) Yerga ulangandagi qarshiligi (odatda umuman har qanday Yerga ulagich qarshiligi 4 Omdan katta bo‘lmasligi talab qilinadi). Agar biz elektr toki ta’sirida bo‘lgan odam o‘tkazgichdan iborat polda tursa, oyoq kiyimi xam elektr o‘tkazuvchi bo‘lsa, unda Bu miqdordagi elektr toki inson uchun xavfli hisoblanadi (fibrilyasiya tokiga nisbatan 2,2 marta ko‘p) Bunday holatda elektr tokiga tushib qolganda ba’zi bir omillar bunday tokning zararlash natijasini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Masalan elektr tokiga tushib qolgan odam quruq yog‘och polda va oyog‘ida tok o‘tkazmaydigan rezina oyoq kiyimi bo‘lsin. Unda uning tanasidan o‘tib ketgan tok miqdori bo‘ladi. Bu esa inson tanasi uchun uzoq muddat ta’sir ko‘rsatganda yo‘l qo‘yiladigan miqdordan kam. |Yerga va nolga ulab muhofazalanish, muhofazalovchi o‘chirish qurilmalari. Har qanday elektr qurilmasi, agar uning metall qobiqlarida elektr kuchlanishi hosil bo‘lish xavfi bo‘lsa, qaysi joyda va qanday binoda ishlatilishidan qat’iy nazar, uning korpusini Yerga ulab qo‘yiladi va bu elektr qurilmalarini Yerga ulab muhofaza qilish deb ataladi. 2-rasm. Himoyalash uchun Yerga ulash ish sxemasi: a – umumiy sxema, b – joylashtirish sxemasi, 1 – korpus, 2 – Yerga ulagich Yerga ulab muhofaza qilishning asosiy mohiyati ishlatilayotgan elektr asboblarining metall korpuslarida elektr kuchlanish paydo bo‘lsa, uni Yerga o‘tkazib yuborishdan iborat bo‘lib, asosiy xususiyatlaridan biri, elektr tokini xavfsiz darajaga tushirish, shuningdek, Yerga ulangan joy atrofida potensiallar ayirmasi hosil bo‘lmasligini ta’minlashdan iborat. Yerga ulab muhofaza qilish qurilmasi deganda, Yerga qoqilgan va elektr tokini yerga o‘tkazib yuborish uchun mo‘ljallangan metall qoziq va bu qoziqni elektr qurilmasi bilan biriktiruvchi metall o‘tkazgich tushuniladi. Yerga ulab muhofaza qilish qurilmalari asosan ikki xil bo‘ladi: a) Bir joyga yig‘ilgan yerga ulash, yerga qoqilgan metal qoziqlar sexdan tashqarida ma’lum bir hududda o‘rnatilgan bo‘ladi. b) Kontur bo‘yicha joylashtirilgan yerga ulashga mo‘ljallangan metal qoziqlar, elektr qurilmasi o‘rnatilgan maydon atrofi bo‘ylab, o‘zaro metall polosadan qilingan o‘tkazgich yordamida bir-biri bilan payvandlab ulab qo‘yiladi. Kontur bilan yerga ulashda elektr xavfsizligi butun yerga ulangan qoziqlar hisobiga tenglashtiriladi, hudud bo‘ylab elektr potensiallari ayirmasi yo‘qoladi. Elektr qurilmalarining tok o‘tmaydigan metall qismlarini oldindan nol sim bilan ulab qo‘yish, nolga ulab muhofazalashdir. Muhofazalovchi nol simi, elektr manbai g‘altagining neytral qismlarini mustahkam Yerga ulash bilan boshlanib, uch faza bilan birgalikda to‘rtinchi nol sim tariqasida butun tarmoq bo‘ylab tortib boriladi va iloji borcha ko‘proq (ma’lum masofada) Yerga ulab boriladi. Nolga ulab muhofaza qilishning vazifasi Yerga ulab muhofaza qilish bilan bir xil, ya’ni elektr asbobi korpusiga oqib ketgan kuchlanishni zararsizlantirishdan iborat. 3-rasm. Elektr qurilmalarida himoya nol o‘tkazgichini ulanish sxemasi: a – uch fazali elektro iste’molchilarga nol o‘tkazgichini ulanishi, b – yoritgichlarni armaturasida nol o‘tkazgichni ulanishi, v – elektr qurilmalarida bir vaqtni o‘zida nol va Yerga ulanish o‘tkazgichlarni ulanishi Nolga ulab muhofaza qilinayotgan tizimda nol simining asosiy vazifasi elektr tizimi korpusiga o‘tib ketgan tok bilan qarshiliksiz qisqa tutashuv hosil qilib, tizimdan oqib o‘tayotgan tok miqdorini muhofazalovchi o‘chirish tizimini ishga tushirib, qurilmaga tok o‘tkazmasligini ta’minlaydi “TASDIQLAYMAN” Ishlab chiqarish ta’limi bo’yicha direktor o’rinbosari __________X.Raximov “___” __________ 2021 O’QUV MASHG’ULOT REJASI
Yüklə 0,64 Mb. Dostları ilə paylaş: |