Eα H Jα · cos3α / r2 (cosθ ± d / H · sinθ) bunda, Jα – yorug’lik kuchi, lm;
α - nurning hisob nuqtasiga nisbatan og’ish burchagi, grad;
r - manbadan nuqtagacha bo`lgan masofa;
H - nur manbaining poldan balandligi; θ - nuqta o`rnashgan tekislikni pol
sathiga nisbatan og’ish burchagi, grad;
d – nurning gorizontal soyasi, m;
Yorug’lik oqimi usulida hisoblashda, yuzani yoritish uchun zarur bo’lgan
yoritgichlar soni quyidagicha aniqlanadi.
N H Em· K3 · S · Z / η · Fl bunda, Em – yoritilganlik me`yori, lk;
K3– zahira koeff (1,3-1,5); S – yoritilajak yuza, m2; 81
Z – yorug’likni notekislik koeff (1,1-1,15);
η – yoritilgichlarni foydalanish koeffitsienti.
Bu yerda, a va b – binoning buyi va eni, m.
h - yoritgichning yoritilayotgan yuzadan balandligi, m
Yoritilganlikka bo’lgan asosiy talablar va yoritqichlar Ishlab chiqarish sharoitida yoritilganlik, ishchi-hodimlar salomatligiga zarar
yetkazmasligi uchun u ko`zni zo`riqtirmaydigan, ish vaqtida binoning hamma
qismlarida bir tekis taqsimlangan bulishi talab qilinadi. Korxonalarda yoritishga doir
talablar quyidagilardan iborat:
-yoritish qurilmasi yorug’ligining spektral tarkibi quyosh yorug’liginikiga
yaqin bo`lishi;
-bajariladigan ishlarning turi va aniqligiga qarab, yoritilganlik darajasi etarlicha
bo`lishi hamda gigiyena talablariga mos kelishi;
-ish joyida to`g’ri tushadigan va qaytgan yorug’liklar bo`lmasligi;
-me`yorlarga muvofiq, korxona binolariga avariya yoritgichlari o`rnatilishi;
-xavfli ish o`rinlari yuqori darajada yoritilgan bo`lishi;
-yoritish qurilmalari xavfli hamda zararli omillar hisoblangan, ya`ni shovqin,
elektr quvvati, issiqlik chiqarish va yong’in chiqarish manbalari bo`lmasligi;
-nazorat o`lchash asboblari, xavfsizlik signalizatsiyasi ishonchli va uzluksiz
yoritilishi;
-yoritilish bir tekis va turg’un bo`lishi, soyalar hosil qilmasligi kerak. Aks
holda inson ko`zini bir sharoitdan ikkinchi sharoitga tez-tez o`zgarib turishi
natijasida, ko`rish organlarining toliqish holati ro`y beradi. Yoritgich lampalari
yorug’lik tarqatish hususiyatiga ko`ra uch sinfga bulinadi:
- to`g’ridan-to`g’ri nur tarqatuvchi;
- nur yoyuvchi;
- nur qaytaruvchi lampalar.
a) To`g’ridan-to`g’ri nur tarqatuvchi lampalar sinfiga, quyi yarim aylanasi
bo`ylab o`z nurining tahminan 90% ni tarqatadigan lampalar kiradi.
b) Nur yoyuvchi lampalar o`z nurlarini yuqori va quyi aylanalar o`rtasida
taqsimlashga asoslangan bo`lib, umumiy nurni yuqori va quyi sfera buylab tarqatadi
hamda har qanday soyalarga barham berib, yorug’likni bir tekisda tarqatish
imkoniyatini beradi. Bunday lampalar ship va devorlari yorug’lik qaytarish
hususiyatiga ega bo’lgan binolarga o`rnatiladi.