1.1.Fransiyaning urush arafasidagi siyosiy-ijtimoiy ahvoli.
XIX asrning 60-yillari ikkinchi yarmidan boshlab Fransiya imperatori Napoleon III mavqeyiga putur yetdi. Buning asosiy sababi—Fransiyaning o`z qo`shnilari bo`lgan Angliya va Germaniyadan tobora orqada qolayotganligi bo`ldi. Ayni paytda, Fransiya tashqi siyosatda ham muvaffaqiyatsizlikka uchray boshladi. “1869-1870 yillarda Fransiyada bonapartchilar rejimining krizisi juda ham kuchayib ketdi. Buni, ikkinchi imperiya dushmanlarigina emas, balki uning tarafdorlari ham imperatorning o‘zi va uning a’yonlari ham fahmlar edilar. Bonapartchilar to‘dasi, faqat g‘olibona urush qilish yo‘li bilangina hokimiyatni qo‘lda saqlab qolish, omonat turgan imperator taxtini mustahkamlash, ko‘tarilib kelayotgan inqilob to‘lqinini to‘xtatish mumkin, degan qarorga keldilar.¹ Prussiyani tor-mor keltirish, shimoliy-german ittifoqini tugatish, Germaniyaning tarqoqligi va parokandalik davriga qaytarish va Fransiyaning mayda german davlatlarining taqdirini hal etuvchi kuchga aylantirish va bu bilan ikkinchi imperiyaning ilgarigi obro‘ va shuxratini tiklash Napoleon III hukumatining mo‘ljal va maqsadlari edi. Bu maqsadlar fransuz xalqiga yot edi.
Urush bonapartchilar to‘dasining faqat shaxsiy g‘arazli manfaatlariga mos tushardi xolos.²
_______________________________
1Янги тарих II том Т.: 1960-B.601- 602.
2 Галкин И.С, Застенкер Н.Е, Хвостов В. М. Янги тарих II том (1871-1918), Т.:1964.
Dostları ilə paylaş: |