Tadqiqotning obekti va predmeti. Mazkur tadqiqot ishi 1870- yildan 1871- yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olganligi sababli asosiy e’tibor o‘sha davrda hamda keyingi yillarda nashrdan chiqqan adabiyotlar, maqolalar, ilmiy ishlar; mustaqillik davrida e’lon qilingan xolis yoritilgan tarixiy materiallar maqola va monografiyalar shu kabilarga qaratilgan.
Kurs ishining ilmiy yangiligi. Biz o‘rganishni o‘z oldimizga maqsad qilib olgan mavzu, ya’ni “Fransiya-Prussiya urushi (1870-1871) va uning oqibatlari" mavzuiga ko‘plab tarixchilar tomonidan juda ko‘plab murojaat qilinganligi ma’lum. Ushbu kurs ishimizni tayyorlash jarayonida, biz ko‘proq tarixiy material va manbalarga, xrestomatik asarlarga va Internet saytlaridan olingan ma’lumotlarga tayangan holda voqea-hodisalarni qiyosiy tahlil asosida yoritishga harakat qildik.