Mavzuning dolzarbligi. Xalqimizning asrlar sinovida yanada kuchayib, toblanib borgan mustahkam irodasi, iymon-e’tiqodi nafaqat qadimiy ma’naviyatimiz, balki milliy o‘zligimizni saqlab qolishga asos bo‘ldi. “Agar biz dunyo tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, boshqa xalqlar ham ozodlik va mustaqillikni qo‘lga kiritish, milliy tiklanish, o‘z davlatchiligini, havas qilsa arziydigan fuqarolik jamiyatini mustahkamlash jarayonida ana shunday fazilatlarga tayanib va suyanib, barcha sohalarda - bu iqtisodiyot yoki ijtimoiy hayot bo‘ladimi, madaniyat, ta’lim-tarbiya va ilm-fan bo‘ladimi — o‘zining beqiyos ichki qobiliyat va salohiyatini ishga solish, uni ro‘yobga chiqarish hisobidan taraqqiyotga erishganini ko‘ramiz.”¹
Birimchi Prezidentimiz o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli asarida shunday yozadi:” O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q. Bu haqiqat tarixida ko‘p bora o‘z isbotini topgan.”
___________________________
1.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T.: Sharq 1998,-B.28
O‘zbekistan Respublikasi istiqlolga erishishi natijasida jamiyatimizning barcha sohalarda tubdan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Vatanimiz tarixiga milliy vatanparvarlik nuqtai-nazaridan qiziqish ortmoqda. Sovet mustamlakachiligi yillarida eng qadimgi davrlardan to O‘zbekiston mustaqillika erishguniga qadar bo‘lgan tariximiz soxtalashtirildi. Endilikda, ya’ni mustaqillik yillarida tarixshunosligimizda bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi va amalga oshirilmoqda. Yangi tarixning ko‘rib chiqiladigan davri - 1871-yilgi Parij Kommunasidan to Oktabr davlat to'ntarishigacha bo‘lgan vaqtni o'z ichiga oladi. U oldingi davrning uzviy davomidir, chunki kapitalizmning rivojlanishi bu davrning asosiy mazmuni bo'lib qolaveradi. “Boyliklar va hokimiyat eng yirik burjuaziya — kapitalistik monopoliyalar qo‘lida to‘planishining tezlashuvi yangi tarixning qarab chiqilayotgan davrga xos eng muhim jihatidir. XIX asr oxiriga kelganda bunday monopoliyalar hukmron kuchga aylandi — kapitalizm o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga — imperializm bosqichiga qadam ko‘ydi. Bu hol jahon xalqlarini kapitalistik ekspluatatsiya qilishning kuchayishiga va kapitalizmning barcha ziddiyatlari chuqurlashuviga olib keldi. Ishchilar sinfi ancha o‘sdi va uning ijtimoiy-siyosiy roli kuchaydi. 1871-yilgi Parij Kommunasi mag‘lubiyatga uchradi, lekin burjuaziya hokimiyatini ishchilar sinfi hokimiyati bilan almashtirish mumkinligini isbot qilib berdi.”¹
___________________________
1.1 Янги тарих. 1871 — 1917, А. П. Аверьянов ва бошк..; И. М. Кривогуз тахририда.— Т.: Укитувчи, 1989.
Biz o‘rganishni o‘z oldimizga maqsad qilib olgan mavzu, ya’ni “Fransiya-Prussiya urushi (1870-1871) va uning oqibatlari" mavzusini tadqiq qilish orqali Fransiya-Prussiya urushi urushi davrida dunyodagi xalqaro vaziyat qay tarzda o‘zgardi, o‘zaro kuchlar nisbati nima sababdan o‘zgardi, nima sababdan Fransiya-Prussiya urushi (1870-1871) urushi kelib chiqdi.
Urushning boshlanishiga asosan qaysi davlatlar va shaxslar sababchi bo‘lganligini dalil-isbotlar orqali bayon qilib, mavzuning dolzarbligini ochib berish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |