O‘zbекisтоn rеspubliкаsi оliy vа o‘rта махsus та’liм vаzir


Prussiya davlati urush arafasida



Yüklə 172,34 Kb.
səhifə9/15
tarix10.05.2022
ölçüsü172,34 Kb.
#57206
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
O‘zbåêisòîn råspubliêàsi îliy và o‘ròà ìàõsus òà’liì vàzir

1.2.Prussiya davlati urush arafasida.

Chunonchi, Prussiyaning 1866-yildagi Avstriya ustidan erishgan g‘alabasidan so‘ng german davlatlarning Prussiya atrofida birlashishiga Fransiya to‘sqinlik qilar edi. “Fransiya german davlatlaridagi ichki separatizmni qo‘llabquvvatlar edi. Prussiya ministr-prezidenti va Shimoliy-german ittifoqining kansleri O.Bismark ushbu muammo «Qo‘shniga (Fransiyaga) qarshi birgalikda olib borilgan urush» evaziga hal etilishi mumkin deb hisoblardi. Shuning uchun ham Prussiya Fransiyaga qarshi urushga tayyorgarlik ishlarini urushdan ancha ilgari boshlangan edi. Bismarg tomonidan ishlab chiqilgan dasturda ya’ni «Germaniyani yuqoridan», «qilich va qalqon» siyosati bilan Prussiya boshchiligida birlashtirish dasturida Fransiyaga qarshi urush muqarrar deb topilgan edi. 1868 yildayoq Prussiya shtabi Fransiyaga qarshi urush operatsiyalari rejasini ishlab chiqib, harbiy tayyorgarlik bilan bir qatorda siyosiy va diplomatik tayyorgarliklar ham ko‘rilgan edi. Prussiya janubiy german davlatlarini o‘z tomoniga og‘darib olishga, AvstriyaVengriya va Chor Rossiyasini betaraf qilib qo‘yishga muvofiq bo‘lgan edi. Prussiya yunkerlari, harbiylari burjuaziyaning siyosatini qo‘llab-quvvatlagan, ko‘pchilik qismi mag‘lubiyatga uchragan Fransiya yerlarini egallashga orzumand edilar.”1

Tarixiy taraqqiyot taqozosi bilan Germaniya oldiga qo‘yilgan asosiy, eng muhim va eng zarur vazifa Germaniyani milliy jihatdan birlashtirish, yagona umumgerman davlatini tuzishdan iborat edi. Ikkinchi imperiya yagona german davlati tuzilishiga yo‘l quyishni istamas edi va qurol kuchi bilan bunga qarshilik ko‘rsatardi. Shu sababli Prussiya yunkerlari, harbiylari va burjuaziyasi reaksion va agressiv maqsadlarni ko‘zlagan bo‘lishiga qaramay, Germaniyaning Fransiyaga qarshi urushi, uning boshlang‘ich davrida, o‘zining mazmuniga ko‘ra ob’ektiv jihatdan nemislar uchun milliy manfaatni ko‘zlagan adolatli urush edi.

Bu urush Germaniyaning milliy jihatdan birlashishi uchun, bu ishda unga qarshilik ko‘rsatayotgan tashqi reaksion kuch ya’ni bonapartchilar imperiyasiga qarshi qaratilgan urush edi. Shimoliy-german ittifoqining hukumati urushga barcha sohalarni diplomatiyani, armiyani, sanoatni tayyorlardi.




Yüklə 172,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin