Urushning boshlanishi. “1870- yilning 19- iyul kuni Fransiya Shimoliy – German ittifoqiga qarshi urush e’lon qildi. Bu davrda Pruss qo‘shinlariga barcha Shimoliy German ittifoqiga mansub bo‘lgan davlatlarning armiyalari va xatto ittifoq tarkibiga kirmagan 4 ta nemis davlati qurolli kuchlari ham qo‘shilishdi.” German qurolli kuchlari son jihatdan Fransiyalarnikidan ikki marta ustun bo‘lgani holda yaxshi xarbiy tayyorgarlik ko‘rgan jangovar xolatdagi armiya edi. Nemis qo‘shinlari uchta armiyaga bo‘lingani holda aniq reja asosida harakat qilishdi. Ular bir - birlari bilan mustaxkam bog‘langan holda harakat qilishardiyu 1870- yilining avgustida nemis harbiy qismlari Reyn daryosidan o‘tishib Elzas va Lotaringiya chegaralariga etib borishdi.
“Fransuz armiyasida mutlaqo boshqacha holatni ko‘ramiz. Mamlakat hayotining barcha sohalarini qamrab olgan tanglik armiyaga ham katta ta’sir ko‘rsatgan edi. Fransuz xarbiy qismlari 8 korpusga bo‘linishib, asosan mamlakatning Shimoliy – Sharqiy chegaralariga yo‘naltirilgan edi. Armiyaga dardmand xarbiy sohada layoqatsiz bo‘lgan Napoleon III bosh qo‘mondon edi. U to‘rt yil mobaynida Prussiyaga qarshi urushga tayyorlanib kelayotgan edi. Lekin, bonapartchilar matbuotining maqtanchoqlik bilan baqirishlariga qaramay, urushning taqdiri birinchi kundayoq ma’lum bo‘lib qoldi:
--armiya idorasida tartibsizlik va sarosimalik hukm surardi;
--harbiy qo‘shilmalarni yaxlitlash chalkashib ketgan;
--ularning yo‘nalishlar va ma’lum yo‘lni bosib o‘tish muddatlari buzilib ketgan;
--ularning ta’minoti yo‘lga qo‘yilmagan edi; qo‘mondonlik qancha jangchi borligini, qancha to‘p va o‘q dori borligini bilmasdi. Fransiya urush e’lon qilgandan beri ikki xaftacha o‘tgan bo‘lsa ham, fransuz armiyasi hamon hech narsaga erisha olmagan edi. Xarbiy vazir va shtab boshlig‘i bo‘lgan Lebef ham kuchli xarbiy salohiyatga ega emas edi. Garchand urushni Fransiya tomoni e’lon qilgan bo‘lsa-da, urushning boshidayoq uning armiyasi xujum o‘rniga mudofaani afzal ko‘rdi.”1
Urushning dastlabki kunlariga oid bo‘lgan tarixiy xujjatlar Fransiyaning armiyasi nochor ahvolda ekanligidan guvohlik beradi. Mana bu xujjatlarga e’tibor beraylik. Urush harakatlari ketayotgan rayondan Parijga 1870- yil 20- iyul kuni soat 9:50 da yuborilgan telegramma: Mets qal’asida shakar, kofe, guruch, aroq, tuz yo‘q, yog‘ va suxari oz qolgan. Zudlik bilan loaqal bir million poyoqni Tionvillga yuborilgan. Fransuz armiyasining 2- korpus qo‘mondoni general 21-iyul kuni xarbiy vazirlikka yo‘llangan telegrammada “Ombordan kartalar uyumini yuborishayapti, ularning hozirgi davrda keragi yo‘q. Bizda Fransuz chegaralarining bironta kertasi yo‘q”. O‘sha kuni boshqa general xarbiy vazirilkka yuborgan telegrammasida “Belforga etib keldim. Lekin o‘z brigadamni topa olmadim. Diviziya boshlig‘ini ham topmadim. Nima qilay? Bilmadim, polkim qaerda ekan: Eng achinarlisi, Fransuz armiyasining bosh shtabi boshlig‘i xarbiy vazirga yo‘lagan ma’lumotida aytadiki, “Armiyaga ketayotgan otryadlar hamon qurol – aslahasiz kelishayapti”. Mana shu tarzda Fransuz armiyasining nochor ahvolga tushib qolganligidan darak beruvchi xujjatlar saqlanib qolgan.
Dostları ilə paylaş: |