O‘zbекisтоn rеspubliкаsi оliy vа o‘rта махsus та’liм vаzir


Urushning kelib chiqishi va oqibatlari



Yüklə 172,34 Kb.
səhifə13/15
tarix10.05.2022
ölçüsü172,34 Kb.
#57206
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
O‘zbåêisòîn råspubliêàsi îliy và o‘ròà ìàõsus òà’liì vàzir

2.2.Urushning kelib chiqishi va oqibatlari.

1870-yilning 4-avgust kuni Veysenburgda 5 ming Fransuzlar 40 ming kishilik nemis armiyasining xujumiga dosh bera olmay katta qurbonlar berdi va Strasburg tomon chekinishdi. Strasburg yaqinida 6-avgustda Freshviler bilan Forbak yonida turgan 46 ming Fransuz askarining ahvoli yanada tang edi. Chunki unga xujum uyushtirgan nemis armiyasi 120.000 kishidan iborat bo‘lgan. Bu ketma-ket mag‘lubiyatlar Napoleon III armiyasining zaifligini va ayniqsa, shu armiyani vujudga keltirgan tuzumning zaifliginI ko‘rsatuvchi yaqqol dalil edi.

Shiddatli janglar davomida prussiyaliklar marshal Mak Meton qo‘mondonligidagi Fransuz armiyasini janubiy guruhini tor-mor etdilar.

Fransuz qurolli kuchlarining mag‘lubiyatga uchraganligi to‘g‘risidagi xabarlar Parijga, so‘ngra esa mamlakatning boshqa qismiga yetib borgan zahoti xalq g‘azabi qaynab ketdi. 6-9 avgustda Parijda, shuningdek viloyatlarda dahshatli xalq g‘alayonlari bo‘ldi; rahbarlik ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilganda va burjua respublikachilarixalq ommasidan dahshatga tushib, bonapartchilar rejmini quvvatlamaganda edi, bu g‘alayonlar imperiyaga nisbatan ochiq inqilobiy harakatga aylanib ketgan bo‘lardi.

“Burjua respublikachilarning qo‘rqoqligi va ojizligi Qonun chiqaruvchi korpusda hukmronlik qiluvchi ,,mamluk”larning (bonapartchilrni kinoya bilan shunday atardilar, ya’ni deputatlar) hukumatni o‘zgartirishga imkon berdi. Olive hukumati istefo berdi. Ashaddiy urushqoq bonapartchilardan tuzilgan yangi hukumat shafqatsizlik bilan politsiya ta’qibi yo‘liga – demokratik gazetalarni yopish, Parijning hamma hududlarida respublikachi-demokratlarni va sotsialistlarni qamoqqa olish yo‘liga o‘tdi, bu hukumat mamlakatda qaynab turgan jamoatchilik g‘azabini shunday terror vositasi yo‘li bilan bo‘g‘ib tashlamoqchi bo‘ldi.”12 O'‘sha yilning 12-avgustida Mets qal’asining qo‘mondonligi marshal Bazepga topshirildi. 14-avgustda blankichilar Belgiyadan yashirincha kelgan Blanki rahbarligida Parijda qo‘zg‘olon ko‘tarishga va La-Villet bulvaridagi kazarmalarini qo‘lga olishga urinib ko‘rdilar. Lekin, blankichilarning ommani siyosiy jihatdan tayyorlamasdan ob’ektiv shart-sharoitlarni hisobga olmasdan, eski klassik fitnachilik usullari bilan uyushtirgan va o‘tkazgan harakati bu gal ham tamomila muvaffaqiyatsizlikka uchradi. «Mamluklar» La–Vilett bog‘idagi muvaffaqiyatsizlikni bahona qilib, bunday demokratlarni yana shafqatsizlik bilan ta’qib ostiga olish va mamlakatda terrorni kuchaytirish uchun foydalandilar. Lekin bu hatti-harakatlar jon talvasasiga tushib qolgan bonapartchilar rejimini o‘z halokatini orqaga surish uchun qilayotgan so‘ngi urinishlari edi.

“14 va 16-avgustdagi Shpixern yonidagi uchinchi mag‘lubiyatdan keyin fransuz armiyasi barcha imtiyozlaridan mahrum bo‘lib qoldi.”3 Armiyaning marshal Bazen rahbarlik qilayotgan so‘l qanoti g‘aflatda qolib, Mets yonida og‘ir janglarga duchor qilib qo‘ydi, natijada mag‘lubiyatga uchradi.

Fransuz askarlari bu janglarda zo‘r qahramonlik va matonat ko‘rsatdilar, lekin Bazen Mak-Magon armiyasi bilan qo‘shilish uchun so‘nggi imkoniyatdan foydalana olmay, butun armiyasini Mets qal’asiga qamab qo‘yishlariga imkon berdi, bu yerda Bazen armiyasini nemislarning ustun turgan kuchlari qurshab oldi. Bazenning xatolari va kamchiliklari o‘sha vaqtdayoq xiyonatkorlik deb baholangan edi.

Mak-Magon ixtiyorida 120 mingdan ortiq qurolli kishi bor edi. Lekin Mak -Magon qo‘shinlari olg‘a tomon tez va dalil bormadi. U Parijdagi istehkomlarga tayanib ish ko‘rish uchun Parijga bormoqchi edi, lekin xalqni yolg‘on axborotlar bilan aldab kelgan hukumat: chekinib kelayotgan armiyani va bu armiyadagi imperatorni ko‘rgan xalq inqilob boshlab yuboradi, deb qo‘rqib Mak-Magonga Metsda Bazen bilan borib qo‘shilishni buyurdi. Mak-Magon dushman kuchlariga duch kelib, shimoliy-sharqqa burildi va biron - bir maqsadni ko‘zlamay, soldatlarni holdan toydiradigan yurishlar qilib, oqibatda o‘z armiyasiga fransuz qo‘mondonligining hamma xatolaridan ustalik bilan foydalangan dushman zarbalariga tutib berdi.

“30- avgustda Mak-Magon armiyasi Bomon yonida yana mag‘lubiyatga uchradi va orqaga chekinib borib keyinchalik, Avgust oyidagi urush harakatlarining borishi nemis qo‘shinlari foydasiga o‘zgara bordi. Natijada Mak Magonning 90 ming kishilik armiyasi ikki nemis armiyasining qurshoviga tushib Sedan daryosi bo‘yida juda noqulay pozitsiyalarda to‘xtadi. Bu yerda fransuz armiyasini nemislar qurshab oldi. Nemislar tevarak atrofdagi tepaliklarga juda kuchli artileriyani joylashtirib olib, Sedan soyligida qopqonga tushgandek, qamalib qolgan fransuz armiyasini 1-sentabr erta tongdan to‘pga tuta boshladi. O‘sha kuni kuni 140 ming kishilik nemis armiyasi to‘plar yordamida ketma ket uyushtirilgan xujumi natijasida katta qurbonlar berishdi.”1 Soldatlar va ofitserlar dushmanning o‘zlaridan ustunlik qiladigan kuchlariga qarshi g‘oyat zo‘r qahramonlik va jasorat bilan jang qildilar, lekin ular ko‘rsatgan jasorat va qurbonliklarning hammasi behuda ketdi.

Ikkinchi imperiyaning iste’dodsiz lashkarboshilari askarlarni g‘alabaga olib borish u yoqda tursin, hatto milliy bayroq sha’ni uchun jang qilishdan ham ojiz edilar. Mak- Magon jang boshida yengil yarador bo‘lgandan keyin, armiyani o‘zi halokat yoqasiga keltirib qo‘ygan bo‘lsa ham, o‘zini javobgarlikdan olib qochish uchun darrov qo‘mondonlikni zimmasidan soqit qila qoldi. Uning o‘rnini egallagan gen. Vimpenning harakatlari ham og‘ir ahvolni o‘zgartirmadi. Qariyib 12 soat davom etgan jang harakatlari oqibatida sharmandali mag‘lubiyat ro‘y berdi. Fransuz soldatlari sharoit juda og‘ir bo‘lishiga qaramay, qat’iy jangga shaylanib turgan edilar. Lekin, kunduzi soat 3:00 da Sedanga etib kelgan imperatorning o‘zi shahar markazidagi minorada oq bayroq o‘rnatishga buyruq berdi, o`zining qilichini esa Prussiya qiroliga jo`natishga majbur bo`ldi. Imperator buyrug‘iga asosan Metsga yordamga borayotgan Mak-Magon armiyasi prussiyaliklar tomonidan Sedanga surub chiqarildi va o‘sha yerda qurshab olindi. Imperator Napoleon III ham Mak-Magon armiyasida edi. qurshovda qolgan Mets qal’asidagi

Fransuz qo‘shinlari urush harakatlarida ishtirok eta olmadi, O‘sha og‘ir janglarda Fransuzlardan 3 ming kishi o‘ldi, 14 ming jangchi qattiq jahorat olishdi.

Fransuz armiyasining Sedan bo‘yidagi mag‘lubiyati Parijda norozilik harakatlarining boshlanishiga sabab bo‘ldi. Natijada imperator va xukumatning obro‘i butunlay barbod bo‘ldi. keyinchalik, o‘sha yilning 27- oktabrida dushmanga to‘la taslim bo‘ldi. Avgust oyidagi urush harakatlarining borishi nemis qo‘shinlari foydasiga o‘zgara bordi. Natijada Mak-Magonning 90 ming kishilik armiyasi ikki nemis armiyasining qurshoviga tushib Sedan daryosi bo‘yida g‘oyat noqulay past ham joyiga to‘planib qolishgan.

2-sentabrda fransuz imperatori butun Mak-Magon armiyasi bilan taslim bo‘ldi. Prussiya armiyasi muvafaqqiyati ko‘p jihatdan son bo‘yicha ustunlik evaziga erishildi. Fransiya-Prussiya urushining barcha janglarida (16- avgustdagi Mars-Lya-Turdagi jangdan tashqari) son jihatdan ustunlikda g‘alaba qozonildi. Barcha kuchlarni bir frontda-Fransiyaga qarshi mujassam etish imkoniyatiga ega bo‘lish-bu Prussiya uchun katta siyosiy yutuq edi. Shu tariqa, bu yerdagi 80 ming kishilik armiya Napoleon boshchiligida taslim bo`ldi. Napoleon III Sedanda o`z Vaterloosini topdi. 100 ming kishilik ikkinchi armiya ham Mets qaPasida qurshovga tushib qoldi. Endi, Fransiya Germaniyaga tahdid sola olmas edi. Bu mag`lubiyat, ayni paytda ikkinchi imperiya hokimiyatining ham halokati bo`ldi. 2sentabrda jami 3 ming kishini talafot bergan fransuz armiyasi imperator Napoleon boshliq 82000 soldat, ofitserlar bilan g‘oliblarga taslim bo‘ldi. Fransiya olib borgan urushlar tarixda misli ko‘rilmagan bu sharmandalik ikkinchi imperiya halokatining qonuniy xotimasi edi.1

Sedan halokati to‘g‘risidagi xabar Parijning hukumat va parlament a’zolariga 2-sentabr kechqurun allamahalda yetib bordi. Bonapartchilar ham, oppozitsiya vakillari burjua respublikachilari ham bu xabarni ommadan yashirishga harakat qildilar. Ter sulh tuzish to‘g‘risida Prussiyaliklar bilan darhol muzokara boshlashni taklif qildi. Burjua respublikachilari va orlenchilar bonapartchilar bilan maxfiy siyosiy kombinatsiyalar tuzish to‘g‘risida muzokara olib boradilar: ularning hammasi xalqdan qo‘rqar va ustalik bilan siyosiy manyovr qilib, inqilobning oldini olishga harakat qilardi.

Lekin yuz bergan mudhish voqeadan xabar topgan Parij mehnatkashlari 3- sentabr kechqurundan boshlaboq qo‘zg‘alon ko‘tardilar. Ko‘chalarda namoyishlar boshlanib ketdi, xalq harakatining tashabbuskorlari blankichilar bo‘ldi. 4-sentabr ertalabdan boshlab poytaxt mehnatkashlari ko‘chalarga chiqdilar.”1 Praijda siyosiy beqarorlik kuchaydi. Parijda qonun chiqaruvchi korpus binosida Respublikachilar va monarxiyachilarning siyosiy kurashlari avj oldi. Ularning biri Respublika tuzimi va islohatlarga tarafdor bo‘lsa, ikkinchisi monarxiyani tiklash, taxtga orlean sulolasiga mansub bo‘lgan graf Parijskiyni tiklashni istashdi va xokazo. O‘ziga xos siyosiy kurash maydoniga aylangan qonun chiqaruvchi korpus binosiga poytaxtdagi olomon bostirib kirib, Fransiyada respublika tuzimini e’lon qilishni qat’iy tarzda talab etishdi

Namoyishchilar qonun chiqaruvchi korpusning majlislar zaliga bostirib kirdilar va blankichilar boshchiligidagi ishchilar respublika e’lon qilishni qat’iy talab etdilar. Gambetta va Favr boshliq burjua respublikachilar ishchilarning bu qat’iy qaroridan bosh tortish niyatida, Qonun chiqaruvchi korpus binosi liq to‘lib ketgan Parijliklarni ratusha tomon boshlab ketdilar. Lekin bu ko‘p kishilik marosim ratushaga yetib borganda, Grev maydonida xuddi dengizday to‘lqinlanib turgan boshlarni, korjama kiygan, qo‘lini musht qilib ko‘targan olamonni ko‘rdi, ratusha gumbazi ustida esa qizil bayroq xilpirab turardi. Ratusha binolaridan blankichilar bo‘lajak revolyutsion hukumat ro‘yxatini tuzayotgan edilar. Bu hukumatga Blanki Flurans, Deleklyuz, Rashfor va boshqalar kirishi lozim edi.

Burjua respublikachilari tashabbus blankichilar qo‘liga o‘tib ketishdan qo‘rqib, chaqqonlik bilan ish ko‘rishga qaror qildilar. Shu tariqa Parij mehnatkashlari inqilobning dastlabki soatlaridayoq Fransiyani respublika deb e’lon qilishga majbur qildi.

Fransiyaning o‘zida 4-sentabr (1870y.) inqilobi natijasida mamlakatda respublika o‘rnatildi. Hokimiyatni o‘z qo‘liga olgan burjua «Milliy mudofaa hukumati» keng xalq ommasining vatanparvarlik g‘ayrat-shijoati bilan hisoblashishga majbur bo‘lib, shosha-pisha o‘zini «milliy mudofaa hukumati» deb e’lon qildi. Troshyu manifestlar chiqarib, ularda, «Parij gubernatori hech qachon pruslarga taslim bo‘lmaydi» dedi, Jyul Favr esa tashqi ishlar ministri sifatida, «Bir qarich yerimizni ham, qal’alarimizning bironta toshini ham hech qachon birovga bermaymiz» deb qasam ichdi.

Xalq ommasigina emas, balki ularga boshchilik qilgan siyosiy rahbarlar blankichilar, krudonistlar ham boshda burjua hukumati siyosatining bu haqiqiy basharasini ko‘ra bilmadilar va tushunmadilar.

Mana shunday davrda g‘oyat ulkan siyosiy o‘zgarishlarga qaramay, mamlakatdagi vaziyat og‘ir edi. Vatanparvar kuchlarning harakati tufayli mamlakat mudofaasi biroz yaxshilansa-da, Fransiyaning strategik holati yaxshi emas edi. Mamlakatning Shimoliy – Sharqiy qismini nemislar ishg‘ol qilgan edi, Yangi tashkil etilgan Fransuz armiyasi zarur xarbiy tayyorgarlikka ega emas edi. Xarbiy qismlarning harakatlari puxta reja asosida olib borilmas edi.

1870-yilgi burjua «milliy mudofaa hukumati», 1793 yildagi burjua inqilobiy hukumati singari, respublikaning tashqi dushmanlariga qarshi mardonavor kurash olib bordi. 7-sentabrdagi «Vatan xavf ostida»degan gazeta chiqara boshlagan Blanki gazetaning birinchi sonidayoq hukumatga so‘zsiz qattiq yordam ko‘rsatishga va dushman oldida hukumatga qarshi har qanday kurashdan va xatto unga nisbatan oppozitsiya tashkil qilishdan ham voz kechishga da’vat qildi. Bu, albatta soddadillik bilan qilingan, xayollarga asoslangan qo‘pol xato edi, bu yo‘l juda xavfli edi.

Shu damda, Sedan jangidan so‘ng prus armiyasining bir qismi Parijga hujum harakatlarini boshladi. Prus armiyasining boshqa qismi Metsda Bazen armiyasini qamal qilish bilan band edi. 1870 yilning o‘rtalarida Parij har tomondan qurshab olindi.Poytaxt tez – tez to‘pga tutib turildi. O‘sha yilning qishida Parijadgi iqtisodiy ahvol nihoyatda qiyinlashdi. Shahardagi oziq - ovqat zaxiralari kamayib ketdi. Kuniga har bir odamga 300 gramdan non berildi. Mana shunday sharoitda xukumat dushmanga keskin zarba berishni tashkil eta olmadi. 19-chi sentabrda prussiyaliklar Parijni qurshab olishni yakunlashdi. Xarbiy qismlarning harakatlari puxta reja asosida olib borilmas edi.

Lekin bu yerda ularni ko‘p sonli garnizon va Parij aholisining qarshiligi kutib turardi. 1870-yil 7-oktabrda «milliy mudofaa hukumatining» a’zolaridan biri, Gambetta, Tur shahriga kelib joylashdi va bu yerda yangi armiyalar tuzish bo‘yicha jadal faoliyat olib bordi.”1 Nemislarning ahvoli mukammalasha bordi. Boshqa buyuk davlatlarning urushga aralashish ehtimoli paydo bo‘lishi mumkin edi. Mets va Parij qamali nemislarning ko‘plab kuchini band qilar ekan, Gambettaning yangi armiyalarni shakllantirish rejasi amalda muvaffaqiyatga erishish imkoniyaga ega edi. Lekin, 1870-yil 27-oktabrda marshal Bazen o‘zining armiyasi bilan Metsni nemislarga topshirdi. Bazenning taslim bo‘lishi Fransiya uchun vaziyatni og‘irlashtirdi: Mets qal’asi qamalida band bo‘lgan nemis qo‘shinlari erkin harbiy harakatlar imkonini qo‘lga kiritdi. Va bu vaziyatda «milliy mudofaa hukumati» har qanday qarshilikni to‘xtatdi: hukumat nemislar bilan sulh tuzdi. “Rossiyaning chor hukumati, vujudga kelgan vaziyatdan foydalanib, 1870yil Parij traktatining o‘zi uchun og‘ir bo‘lgan shartlaridan qutilib oldi. Bunday holat Londondagi 1871-yil yanvar konferensiyasida tasdiqlandi.1871-yil 18yanvarda Germaniya imperiyasining tashkil etilganligi e’lon qilindi.”2 1871yilning 28 -yanvar kuni Vaqtli xukumatning tashqi ishlar vaziri- Jyul Fabr Verselga borib, Germaniya xukumati bilan qisqa muddatli sulx shartnomasini imzoladi. Mazkur shartnoma nemislar uchun favqulodda muhim moddalarga ega edi. O‘sha shartlardan biri – darxil Milliy majlisni chaqirib, sulx shartnomasini tasdiqlashdan iborat edi. Milliy majlis mamlakatda 8-fevral kuni o‘tkazildi.

Saylovlar 22-yanvar qo‘zg‘oloni bostirilganidan keyin boshlangan qattiq reaksiya sharoitida o‘tdi. Demokratik kuchlar ta’qib ostiga olindi. Xatto Gambetta aslida Bismarkning talabiga muvofiq, ichki ishlar ministri vazifasidan ketishi lozim edi.

Yangi parlament tarkibida 200 ligitnmistlar, o‘shancha orleanchilar, 120 ta mo’tadil Respublikachilar bor edi. 12 fevral kuni Bordoda yig‘ilgan Milliy majlis yangi xukumat tuzdi. Uning boshlig‘i Tyer bo‘ldi. Sulx shartnomasi tasdiqlandi Yirtqich burjuaziya yuqori doiralarining eng jirkanch xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirilgan shu kishining o‘taketgan reaksion Millat majlisi tomonidan davlat boshlig‘i qilib saylanganligi bejiz emas edi.

Tyer Parijning itoatsiz proletariatidan o‘ch olish uchun mumkin qadar tezroq qo‘lini bo‘shatib olish uchun sulh shartnomalari to‘g‘risida kelishib olish maqsadida darrov Bismark huzuriga yugurdi. Bismark esa endi Prussiya qirolligining vakili emas, balki 1871-yil 18-yanvarda Versalda e’lon qilingan Germaniya imperiyasining vakili edi.

Parijdagi yigirma okrug delegatlarining 1871-yil yanvarida aholiga qilgan murojaatidan:

4-sentabr hukumati mamlakatni mudofaa qilish vazifasini o‘z zimmasiga olgan edi: xo‘sh, u bu vazifani bajardimi? Yo‘q. Bizlar 500 ming jangchidan iboratmiz, prusslar esa faqat 200 ming kishidan iborat bo‘lgani holda bizlarni bo‘g‘ib tashlamoqda! Bunga bizlarni idora qilayotganlardan bo‘lak kim aybdor? Ular to‘p-zambaraklar quyish va qurollar yasash o‘rniga faqat muzokaralar yurgizishni o‘ylab keldilar. Ular yalpi safarbarlik o‘tkazishdan voz kechdilar. Ular bonapartchilarni o‘z o‘rinlarida qoldirib, respublikachilarni turmalarga tashladilar...”1

Hukumat o‘z basharasini tamomila ochib ko‘rsatdi, u bizlarni o‘ldirmoqda. Parijni xalos qilish uchun tezlik bilan qat’iy bir qarorga kelish kerak. Munitsipalitet yoki Kommuna, nima deb atalmasin, xalq uchun birdan-bir najotdir. Xalqning o‘limga qarshi birdan-bir boshpanasidir. Bastiliyani vayron qilib, toj-taxtlarni ag‘darib tashlaydigan 1789-yilgi Ulug‘ Xalq sovuq va ochlik holdan toydirib, tomirlarida qon qotib qolguncha, yuragining urishi to‘xtab qolguncha qo‘l qovushtirib kutib turadimi, axir? Yo‘q! Dushman esa yuragimiz qancha urishini sanab turibdi. Parij aholisi bunday kulfatlarni boshdan kechirishni va bunday sharmanda bo‘lib qolishni sira istamaydi. Parij aqolisi hali fursat borligini, qat’iy choralar ko‘rilganda mehnatkashlar yashab qolishi, butun aqoli esa shaylanib, jangga chiqishi mumkinligini biladi. Yalpisiga musodara qilinsin! Bepul oziqovqat berilsin! Ommaviy hujum qilinsin!!!

Qamal holatda turgan Parij aholisining iqtisodiy qiyinchiliklar ta’siri ostida vatanparvarlik tuyg‘ulari kuchaya bordi. Ular Tyerning siyosatidan norozi bo‘lishdi. Jamiyatni o‘zgartirish, qayta qurish haqidagi g‘oyalar omma orasida tarqaldi. Parijda boshqa ilg‘or shaharlardagi siyosiy klublarda inqilobiy Komunna haqidagi fikrlar keng tarqaldi. Zero, 1793-yilda Parijda dastlabki inqilobiy Kommunalar paydo bo‘lgan edi. Xalq ommasi Kommunada og‘ir qiyinchiliklardan xalos bo‘lishni, tashqi dushman ustidan g‘alabaga erishish imkoni bor. Deb o‘ylashdi. Ba’zi odamlar esa, Kommuna erkin mehnatni ta’minlaydi, deb hisoblashdi. Eng muhimi, Kommunalar demokratik shiorlar orqali Respubilka tuzumini orzu qilishdi. Nihoyat “Milliy mudofaa xukumati” milliy gvardiya – ko‘ngilli lashkarlar tuzilmalarini tashkil qilishiga rozilik bildirdi. Mehnatkashlardan iborat 200 dan ortiq milliy gvardiya batalonlari tuzildi. Vaxolanki, ilgari faqat milliy gvardiyaning faqat burjua batalonlari mavjud edi. Milliy gvardiyaning ishchi batalonlariga M.K. boshchilik qildi. O‘sha murakkab davrda Tyer xukumati demokratik kuchlarning talablari bilan hisoblashishni istamagani holda dushman oldida taslimchilik siyosatini ilgari surdi. Parij aholisini qurolsizlashtirishga shoshildi. O‘sha sababli, sotqin xukumat “Tinchlik sulxini” bahona qilib Parij darbozasini 1871-yilning 1-mart kuni dushmanga ochib berdi.

Parij egallandi. Milliy gvardiya MK Parijda qonuniy hokimyatga aylandi. Eski rejim tarafdorlari Verselga qochib borib o‘rnashishdi. Yangi xokimyat xarbiy sudlarni bekor qildi, mahbuslarga avf e’lon qilindi. Natijada 11.000 siyosiy ayblar bilan qamalgan maxbuslar ozod etildi. Shaharda kvartira haqini to‘lash va savdo sotiq veksellari bo‘yicha to‘lanadigan qarzlar muddati kechiktirildi. Parij aholisining eng kam ta’inlangan qismiga 1 mln. frank tarqatib berildi. Bunday demokratik tadbirlar Tyerning ag‘darilgan hukumatiga tarafdor bo‘lganlarning tashvishini kuchaytirdi. 18-mart inqilobini qurol yordamida bostirishga qaratilgan tayyorgarlik boshlandi. 1871-yilning 26-mart kuni Parijning munitsipial kengashi (Kommuna) ga saylov o‘tkazildi. Unda xalq ommasining keng qatlamlari ishtirok etishdi. Lekin Kommunaning tarkibida turli siyosiy guruhlarning vakillari bor edi. Ayniqsa, neoyakobinchilar, blankichilar, prudonchilarning ta’siri Kommuna Kengashida katta edi.”1 Ular o‘zlarining asosiy maqsadi sifatida monarxistik aksilinqilobchilar xujumi va tashqi dushmandan Fransiyani himoya qilishdan iborat edi. “86 kishidan iborat Kommuna Kengashi tuzildi. Bu kengash o`z a’zolaridan iborat 10 ta komissiya (vazirlik) tashkil etdi. Vazirlar delegat deb ataldi. Shu tariqa, Parij shahri o`ziga xos kichik bir davlatga aylandi. Bu davlat Parij mehnatkashlarining davlati edi.”1 1871-yilning 28-mart kuni ratusha binosi oldidagi maydonda 200 ming kishilik Parijliklar guvohligida milliy gvardiya MK o‘z vakolatini Parij Kommunasiga topshirdi. Kommuna muntazam armiyani va politsiyani qurollangan xalq vakillari – milliy gvardiya bilan almashtirdi. Eski byuroqratik burjua davlat apparatini yangicha ruhdagi xokimyat bilan almashtirdi. Unda quyidan yuqoriga qadar saylash tamoyiliga amal qilinadigan bo‘ldi.

Eng muhimi, hokimyat boshqaruvining barcha bo‘g‘imlari va sud tizimida almashib turish va xalq oldida hisobot berib turish qoidasiga amal qilindi. Kommuna qonun chiqaruvchi va ijroiya xokimyatni o‘zida mujassam qildi. Uning dekretiga asosan, o‘nta komissiya tuzildi. “Kommuna ijtimoiy – iqtisodiy sohada xalq manfaatlariga mos keladigan bir qator tadbirlarni amalga oshirdi: -Cherkov davlatlan ajratildi ;

-Maktablarda dunyoviy bilimlar o‘qitiladigan bo‘ldi;

-Egallari tashlab ketgan korxonalarni boshqarish ishchi assosatsiyalari ixtiyoriga berildi;

-Egalari bor bo‘lgan korxonalarda ishchi anzorati kuchaytirildi;

-Maxsus dekret asosida o‘zboshimcha jarimalar solish bekor qilindi;

-Novvoyxonalarda tungi ishlash taqiqlandi;

-10 soatli ish kuni joriy etildi;

-Ishsizlar uchun ishga joylash masalalari bilan shug‘ulanadigan byurolar tashkil etildi;

-San’at muassasalari oddiy xalq uchun ochib qo‘yildi;”1

Kommuna o‘z faoliyati davomida ba’zi xatolarga ham yo‘l qo‘ydi:

Birinchidan, Parijdan qochib ketgan Ter hukumatini ta’qib qilmadi. Bu esa Terga Kommunaga qarshi kurash uchun zarur kuch to`plab olishga imkon berdi.

Natijada, hukumat armiyasi Parijni qamalga olishga muvaffaq bo`ldi;

Ikkinchidan, mamlakatning qolgan qismi Kommunani qo`llab quvatlamadi. Bu hukumatning kommunachilarni mamlakatni dushman ishg`ol qilib turgan paytda bosh ko`targan isyonchilar deb yuritgan nafratli tashviqotining natijasi edi. Dehqonlarni, Kommuna to`la g`alaba qozonsa, mol-mulkidan ajralib qolishi mumkinligi bilan qo`rqitishga erisha oldi; Uchinchidan, Kommuna davlat xazinasini, banklarni to`la o`z qo`liga olmadi; To`rtinchidan, Kommuna kengashi ichida Kommuna ichki siyosati xususida birlikka erishib bo`lmadi; Beshinchidan,

Kommunani tor-mor etishda Germaniya Tyer hukumatiga yordam berdi;

Chunonchi, Bismark 40 ming fransuz askar va zobitlarni asirlikdan bo`shatib, ularni Tyer hukumati ixtiyoriga yubordi. Tashabbusni o`z qo`liga olgan hamda Germaniyadan katta yordam olishga erishgan Tyer Kommunani tor-mor qilishga qaror qildi. Parij Kommunasining qisqa 72 kunlik faoliyati g‘oyat murakkab sharoitlarda davom etdi. Versal shahri Kommunalarga qarshi kurash markaziga aylandi.”1 U erdagi qora kuchlarni Germaniya quvvatlab turdi. Natijada yaxshi qurollangan muntazam armiya tashkil etildi. 2-aprel kuni verselchilar Kommunalarga qarshi xujum boshlaydi. Kommunalar fidoyilik bilan mudofaa janglarini olib borishdi. Lekin xarbiy kuchlar nisbat teng bo‘lgani sababidan kommunalar mag‘lub bo‘lishdi. Ayniqsa 21-maydan e’tiboran shiddatli janglar Parijning har bir metr eri uchun bordi. Hukumat armiyasi 21- may kuni hujumga o`tdi va beparvolik tufayli himoyasiz qoldirilgan Sen Klu darvozasi orqali shu kuni Parijga kirib keldi.

Kommunachilar mardona jang qildilar. Biroq, kuchlar noteng edi. 28 may kuni Kommunaning so‘nggi barrilsadasi taslim bo‘ldi. Verselchilar Kommunalardan shafqatsizlik bilan o‘ch ola boshlaydi. Shiddatli janglar mobaynida 30 ming odam xalok bo‘ldi. 50 ming kishi qamalda va 14 ming odam katorgelarga surgun qilingan. Bular orasida minglab xotin-qizlar va 650 bola bor edi. Shu tariqa, 72 kun yashagan Kommunaga xotima berildi. Parij Kommunasi bilan ayni paytda Fransiyada inqiloblar davri nihoyasiga yetdi. Kommuna halokatining oqibatlari hokimiyat bilan fuqarolarning o`zaro manfaatli kelishuvchilik asosida yashashi zarurligini istbotlab berdi.

Xulosa tarzida aytish mumkinki, Kommunachilarning faoliyati davomida

Fransuz xalqga xos bo‘lgan eng ezgu xislatlar yaqqol ko‘rindi. Kommunarlar hayot – mamot jangini olib borayotgan bir sharoitda 10-may kuni (1871) Tyer Frankfurut shahrida to‘la ma’nodagi sulx shartnomasini Germaniya bilan imzoladi. Unga asosan, Fransiya 5 millyard frank miqdorida tovon to‘lashi haqidagi majburiyatni o‘z zimmasiga oldi. O‘sha ulkan mablag‘ to‘langunicha, nemis qo‘shinlari Fransiyaning Shimoliy – Sharqiy qismini ishg‘ol qilib turadigan bo‘ldi. Sulh shartnomasi Millat majlisi tomonidan ratifikatsiya qilinguncha nemislar o‘z qo‘shinlarini Parijda saqlab turishga kelishishib oldi.

Uning ustiga Fransiya iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Elzas va Lotaringiya viloyatlaridan ajraldi. “Ayni paytda, 28 ta qal’a Germaniya tasarrufiga o‘tdi. Bu talonchilik shartnomasining tasdiklanishiga erishish hamda hokimiyat tepasida mustahkamlanib olish uchun hukmron doiralar shosha-pisha Millat majlisiga saylov o‘tkazdilar. Mamlakat aholisining asosiy kismini tashkil etgan dehqonlarning qoloqligi monarxistlarning Millat majlisida ko‘pchilik bo‘lib olishlariga imkon berdi. Bu ko‘pchilik reaksion hukumat tuzdi. Hukumatga revolyutsiyaning ashaddiy dushmani bo‘lgan A. Tyer boshchilik kildi. Tyer hukumati Parijni o‘z rezidensiyasi qilib olib, Germaniyaning hukmron doiralaridan qo‘llab-quvvatlash haqida va’da oldi va revolyutsion harakatni bostirish uchun kuch to‘play boshladi. Mana shu tarzda Fransiya – Prussiya urushi natijasida Germaniya imperiyasi tashkil topdi.

Bu davrdagi siyosiy jarayonlar avvalgi kurashning bevosita davomi edi. Agar eslasak, 1871 yilning boshlarida Fransiya o‘z tarixidagi g‘oyat murakkab va ziddiyatli voqealarni boshidan kechirdi. Parij qamal holatida turgan bo‘lishiga qaramay, Millat majlisiga saylovlar 1871-yilning 8-fevralida o‘tkazildi. Parlamentdagi 630 ta deputatlik mandatining 400 tasini monarxiyachilar egalladi. “Garchand 1870-yilning 4-sentyabrida xalq qo‘zg‘oloni tufayli Fransiyada respublika tuzumi e’lon qilingan bo‘lsa-da, Milliy majlisdagi ko‘pchilik o‘rinlarni monarxiyachilar egallashgan. Respublikachilar parlamentda ozchilikni tashkil qilishgan. Ular turli oqimlarga mansub edilar, go‘yo mamlakatda “respublikachilarsiz respublika mavjud edi”. Monarxiyachilar guruhi siyosiy hokimiyat uchun kurashishdi.


  1. Ligitimistlar.

  2. Burbonlar.

  3. Bonopartchilar.

Ligitimistlar-Burbonlar sulolasining nomzodi Karl X ning nabirasi graf

Shamborni quvvatlashsa, orleanchilar sulolasiga mansub monarxiyachi deputatlar Lui Filippning nabirasi graf Parijskiyni quvvatlashdi. Monarxiyachi deputatlar o‘rtasidagi kurashdan Ter ustalik bilan foydalandi. U 1871- yilning 31-avgust kuni Fransiya prezidenti etib saylandi. Mamlakatda chiqarilgan ichki zayomlar evaziga qisqa muddat oralig‘ida 1873 -yilning martiga qadar Germaniyaga 5 milliard frank miqdoridagi tovon puli to‘landi. Tyer Fransiyada konservativ respublika tuzumini amalda saqlanishiga majbur bo‘ldi. Ter monarxiyani tiklashga jur’at etolmadi va monarxiyachilar ishonchini oqlamadi.”1 Mana shu tarzda Tyer monarxiyachilarning ishonchini oqlay olmaganligi uchun Tyer 24-may (1873y) iste’foga chiqarildi. Shundan so‘ng, Burbonlarga mansub Mak Magon o‘sha yilning may oyida respublika prezidenti lavozimini egalladi. 1873-yilning noyabrida monarxiyachilarning xoxishi bilan prezidentlik vakolati 7 yilga cho‘zildi. Mak Magon mamlakatdagi “ahloqiy tartiblar”ni tiklash maqsadida davlat maxkamalaridagi amaldorlarni monarxiyachilar bilan almashtirdi. O‘sha davrdagi Fransiyani istehzo bilan “Gersoglar respublikasi” deb atalgan. 1875-yilning 21- yanvarida Fransiyada yangi konstitutsiya qabul qilindi. Unda davlat tuzumining shakli haqida so‘z ketganda, “Respublika” atamasi ishlatiladi. Faqat bir ovoz farqi tufayli (353 qarshi 352) konstitutsiya qabul qilindi. Germaniyaning «yuqoridan» va Prussiya monarxiyasi boshchiligidagi birlashishi yakunlandi.

“Frankfurt shartnomasi Versalda imzolangan shartnomaning asosiy shartlarini tasdiqladi. Umuman, shartnomaning shartlari iqtisodiy, siyosiy va harbiy jixatdan Fransiyani zaiflashtirdi va Germaniyani kuchaytirdi. FransiyaPrussiya urushi davrida Rimda joylashgan va papani qo‘llab-quvvatlagan fransuz korpusi vataniga chaqirib olindi; Papa viloyati Italiya bilan birlashdi - Italiyaning birlashishi yakunlandi.”1 Urush lokal tarzda bo‘lib o‘tadimi yoki boshqa davlatlar ham bu urushga aralashishadimi? Bunday asosiy muammo fransuz va prus diplomatlari oldida turar edi. Fransuz hukumati Avstriya-Vengriya va Italiyaning ko‘magini qo‘lga kiritishga intilardi; pruss hukumati esa ularning betarafligiga erishmoqchi edi. Avstriya-Vengriyaning urushga kirishi yoki betarafligi masalasining hal etilishida Rossiyaning munosabati eng katta ahamiyatga ega edi.

Ikkinchi imperiya 60-yillarda Sharqda Rossiyaga qarama-qarshi harakatlar olib borar edi. Parij-Rim koalitsiyasi siyosati Fransiya tomonidan davom etardi. Bundan tashqari, Napoleon III rus-polyak ishlariga (1863-yil Polshadagi qo‘zg‘olon) aralashishga urinardi. Prussiyaning urushda Fransiyadan mag‘lubiyati Avstro-Vengriyaning kuchayshiga olib borardi. Bu holat ham Peterburgda inobatga olinardi. Barcha omillarni inobatga olib, rus podshohi, Avstriyaning urushga aralashgan taqdirda, Prussiyaga harbiy yorda ko‘rsatish va’dasini berdi.

Bundan tashqari, fransuz armiyasining Sedandagi mag‘lubiyatidan so‘ng Avstriyaning urushga aralashuvi to‘g‘risidagi masala kun tartibidan olib tashlandi.

Ikkinchi imperiya siyosati Italiyaning birlashishiga to‘sqinlik qilardi va ikki davlat o‘rtasidagi kelishuvga imkoniyat bermasdi. Ikkinchi tomondin, Italiya Fransiyadan moliyaviy jihatdan qaram edi. Shuning uchun, Italiya hukumati

Napoleon III bilan munosabatlarni keskinlashtira olmasdi. Oxiriga kelib, Italiyaning tashqi siyosiy munosabatini Sedan belgilab berdi. Fransuz armiyasining halokatidan so‘ng, Fransiyaga yordam berish rejalari chetga surib tashlandi.

“Angliyaga to‘xtalsak, Gladston hukumati qit’adagi urushga aralashishga intilmasdi. Ikki urushayotgan tomondan Belgiya betarafligini saqlash tasdig‘ini olish bilan ingliz hukumati kifoyalandi. Angliyaning hukumat doiralari kuchli dengiz va mustalakachi davlat-Fransiyaning zaiflashuvidan manfaatdor edi.”1 Fransiya-Prussiya urushi XIX asrning oxirgi choragidagi xalqaro munosabatlar tarixida yangi sahifa ochib berdi. Yevropaning siyosiy xaritasida qudratli Germaniya imperiyasi paydo bo‘ldi.

____________________________


  1. У.Жўраев, E.Холиқов, Д.Қодиров “Жаҳон тарихи”, Ўқитувчи- Т.: 2014.

  2. Галкин И.С, Застенкер Н.Е, Хвостов В. М.Янги тарих III том (1871-1918), Т.: 1964.

Shunday qilib, Fransiya-Prussiya urushi va Germaniya imperiyasining tashkil topishi Yevropada kuchlarning qayta guruhlanishiga olib keldi va xalqaro vaziyatni keskinlashtirdi. Germaniya imperiyasining asoschisi va uning birinchi kansleri Otto fon Bismark Germaniya boshchiligida harbiy-siyosiy koalitsiya (ittifoq) tuzishga intildi. Bundan asosiy maqsad Fransiyani yakkalab qo‘yish va keyinchalik unga qarshi yangi urush uchun qulay diplomatik sharoit yaratish edi. Fransiyaga qarshi Bismarkning tashqi siyosati «Uch imperator» ittifoqini (Rossiya, Avstriya-Vengriya, Germaniya) 1873-yilda tashkil etishida namoyon bo‘ldi. Fransiyani ehtimoliy ittifoqchilar sifatida Rossiya va Avtsriya-Vengriyadan mahrum etish uchun Bismark Yevropada «tartibni» mustahkamlashda monarxik birdamlik qilish g‘oyasidan foydalandi. «Uch imperator» ittifoqi 1887- yilgacha umr ko‘rdi. Bu paytga kelib Avstriya-Rossiya va Germaniya-Rossiya ziddiyatlari yangi kuch bilan keskinlashib ketdi. Rossiyaning «Uch imperator» ittifoqiga kirishi yangi german tajovuzi paytida Fransiyani qo‘llab-quvvatlashdan voz kechishi emasdi. Rossiya Fransiyaning yanada zaiflashuvidan manfaatdor emasdi. “«Evropada kuchlar muvozanatini» saqlab qolish siyosatini olib borgan Angliya ham harbiy Yevropada bitta buyuk davlatning (Germaniyaning) ustivorligi o‘rnatilishiga qarshi edi. Aynan Rossiya va Angliyaning pozitsiyalari (mavqei) 1875-yilda Bismarkka Fransiyaga qarshi yangi urush ochishga to‘sqinlik qildi.”1







Xulosa

Mustamlakachilik siyosati natijasida, XIX asrning oxiriga kelib, egallanmagan yerlarni bosib olish yakunlandi. Iqtisodiy jihatdan qudratli davrning Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi kam taraqqiy etgan mamlakatlarga ta'siri tobora kuchaydi. Kun tartibida mustamlakalarni va ta'sir doiralarni qayta bo'lish masalasi paydo bo'ldi.

Yevropa davlatlari o'rtasidagi hududiy nizolar ham bor edi. Yevropa davlatlari o'rtasida munosabatlarni keskinlashtirgan yana boshqa bir sabab, ularning bir-biridan iqtisodiy va harbiy-strategik ustunlikka erishish uchun kurashi bo'ldi.

Ayni paytda, XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, barcha sohalar: savdoiqtisodiy, harbiy, mustamlakalar, tashqi siyosat- Yevropada gegemonlik, ya’ni birinchi darajali davlat o’rni uchun Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiyaning qizg’in kurashi ostida kechdi. Lekin Fransiya iqtisodiy taraqqiyot bo'yicha o'z qo'shnilari bo'lgan Buyuk Britaniya va Germaniyadan tobora orqada qolayotgan edi. Ayni paytda, Fransiya tashqi siyosatda Prussiyaning Germaniyani birlashtirishiga to'sqinlik qila olmay qoldi natijada muvaffaqiyatsizlikka uchray boshladi. Germaniya yagona davlatga birlashadigan bo'lsa, Fransiyaning xalqaro maydondagi obro'siga jiddiy zarar yetar va Yevropadagi ikkinchi davlatdek mavqeyi barham topar edi. Tabiiyki, Fransiya hukmron doiralari buni aslo xohlamas edi. Shuningdek, mamlakatda ishsizlik, qimmatchilik mehnatkashlarning doimiy yo'ldoshi bo'lib qolgandi. Bu hodisa ishchilarning keskin noroziligini vujudga keltirdi. Bunday sharoitda, Napoleon III uchun Prussiyaga qarshi g'olibona urush-barcha muammolaring to’g’ri yechimidek tuyuldi. Bu urash

Fransiyaning, shuningdek, Napoleon III ning ham mavqeyini tiklagan bo'lardi.

Buning uchun esa urushda g'alaba qozonish, Germaniyaning birlashishiga yo'l qo'ymaslik va Germaniyaning ba'zi hududlarini bosib olish zarar edi. „Ems depeshasi"ni Fransiya o'z sha'ni uchun haqorat deb hisobladi. Natijada minglab odamlarning hayotiga zomin bo’lgan , qirg’inbarot fojia- 1870-yil 17iyulda Fransiyaning Prussiyaga urush e'lon qilishi bilan boshlandi. Biroq, tez orada, Fransiya harbiy kuchlarining urushga tayyor emasligi, Fransiyaning Prussiya qudratini yetarli baholamaganligi ma'lum bo'lib qoldi. Mamlakat hayotining barcha sohalarini qamrab olgan tanglik armiyaga ham katta ta’sir ko‘rsatgan edi. Armiya idorasida tartibsizlik va sarosimalik hukm surardi; harbiy qo‘shilmalarni yaxlitlash chalkashib ketgan; ularning yo‘nalishlar va ma’lum yo‘lni bosib o‘tish muddatlari buzilib ketgan;ularning ta’minoti yo‘lga qo‘yilmagan edi; qo‘mondonlik qancha jangchi borligini, qancha to‘p va o‘q dori borligini bilmasdi. 1-sentabr kuni Napoleon III Sedan qamali tufayli Napoleon III 2-sentabr kuni oq bayroq ko'tardi. Natijada Napoleon III Sedanda o'z Vaterloosini topdi. Oqibatda Fransiya Germaniyaga tahdid sola olish qudratidan mahrum bo’ldi. Bu mag'lubiyat ayni paytda ikkinchi imperiya hokimiyatining halokati ham bo'ldi. 3-sentabr kuni qo'zg'olon, 4-sentabrda imperator hokimyati ag'darilishi- Fransiya Respublika deb e'lon qilindi. (Bu mamlakat tarixidagi Uchinchi Respublika edi.)

Prussiya hukmron doiralari Fransiyani iloji boricha ko'proq holdan toydirishi, katta tovon undirishga hamda uning foydali qazilmalarga boy viloyatlari bo'lmish Elzas va Lotaringiyani tortib olishga intilishi urushni Prussiya uchun bosqinchilik urushiga aylanganini ko’rsatardi. Urushdagi g'alaba Prussiyaga o'z qo'l ostida butun Germaniyani yagona davlatga birlashtirish imkonini berdi. 1871yil 18-yanvar kuni Fransiyaning Versal saroyida Germaniya — imperiya, Prussiya qiroli Vilgelm I esa Germaniya imperatori deb e'lon qilindi. 26-fevralda FransiyaGermaniya tinchlik shartnomasi imzolandi.

1871- yil 18- mart Prussiyaga qarshi urushdagi mag'lubiyat va voqealari ayanchli shartlar asosida vaqtincha imzolangan tinchlik shartnomasi parijliklarning hukumatga qarshi qahr-g'azabini kuchaytirib yubordi. Buning ustiga, Parijda muhtojlik, ishsizlik, oziq-ovqat mahsulotlari nar-xining keskin oshib ketishi yuz berdi. Parijliklarda hukumatga nisbatan ishonchsizlik paydo bo'ldi. Bu hodisalar Parij aholisini oyoqqa turg'azdi. Ular Milliy gvardiya bilan birgalikda harakat qilib, shaharning muhim ahamiyatga ega bo'lgan joylarini qo'lga kiritdilar.

Ishchilar, ziyolilar va qo'zg'olonning boshqa qatnashchilari vakillaridan iborat Kommuna Kengashi tuzildi. Shu tariqa Parij shahri o'ziga xos kichik bir davlat edi. Bu davlat Parij mehnatkashlarining davlati edi. Parij Kommunasi xalq farovonligini ko’zlab qator tub ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirdi. Biroq, Kommuna o'z faoliyatida qator xatolarga ham yo'l qo'ydi. Mamlakatning qolgan qismi Kommunani qo'llab-quvvatlamagani, Kommuna kengashi ichida Kommuna ichki siyosati xususida birlikka erishib bo'lmagani, stixiyali harakatlar- olib bormagani oqibatida Kommuna to'la tor-mor etildi. Asir olingan 30 mingga yaqin kommunachi otib tashlandi. 50 mingga yaqin kommunachilar qamoqqa olindi. Bular orasida minglab xotin-qizlar va bolalar ham bor edi. Shu tariqa 72 kun yashagan Kommunaga xotima berildi. Parij Kommunasi bilan ayni paytda Fransiyada inqiloblar davri nihoyasiga yetdi. Kommuna halokatining oqibatlari hokimiyat bilan fuqarolarning o'zaro manfaatli kelishuvchilik asosida yashashi zarurligini isbotlab berdi.Xulosa tarzida aytish mumkinki, Kommunachilarning faoliyati davomida Fransuz xalqiga xos bo‘lgan eng ezgu xislatlar yaqqol ko‘rindi…




Yüklə 172,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin