242
Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki, bu qurilmani qurish
uchun juda kam mablag’ talab etiladi. Qurilma ancha sodda bo’lib,
asbob-uskunalarsiz qurilmani yig’ish mumkin. Bu qurilmani har bir
xo’jalik barpo etsa bo’ladi.
Bu tipdagi oddiy biogaz uskunasi asosan (1-10)
3
m
gacha hajmli
bioreaktorlarda kuniga (50-200) kg xom ashyoni qayta ishlashga
mo’ljallangan bo’lib, bijg’itish jarayoni 5
C
o
dan 20
C
o
gacha
haroratda olib boriladi.
Ushbu bioreaktorlar janubiy mintaqalar uchun aralashmani
aralashtirmasdan va qizdirmasdan foydalanishga mo’ljallangan bo’lib,
biogaz va bioo’g’it olishga moslashtirilgan: yangi aralashmani quyish
uchun yopiq idish, biogazni yig’ish moslamasi, ishlatib bo’lingan
aralashmani quyish moslamalaridan iborat.
O’rtacha bir oilaga mo’ljallangan kichik hajmli biogaz
qurulmasiga 200 kgli biomassa solinib, kuniga 10%ni almashtirgan
holatda 1 m
3
biogaz
olish mumkin. Agar
har bir xo’jalik egalari
(0,5 – 1)
3
m
bioreaktor
qurilmasini o’rnatsa,
kuniga (3 – 10)
3
m
gacha biogaz olishlari
mumkin. 10.4
-
rasmda
kichik hajmli biogaz
olish
uskunasining
tuzilishi keltirilgan.
Qayta ishlangan
biomassa bioreaktordan yangi aralashma quyishdan avval yoki hosil
bo’lgan gaz bosimi yordamida chiqaruvchi quvur yordamida quyib
olinadi. Ushbu quyib olingan biomassa (bioo’g’it) maxsus idishda
(vaqtinchalik yig’gich) saqlanadi. Uning hajmi bioreaktor hajmidan
kam bo’lmasligi lozim. Ushbu tipdagi oddiy biogaz uskunasidan har
qanday fermer xo’jaliklari o’z hududlarida qurib foydalanishlari
mumkin.
Ushbu
oddiy
tipdagi
biogaz
uskunasini
qurish
uchun
quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
Dostları ilə paylaş: