O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti


 Biogaz va bioo’g’it ishlab chiqarish va ekologiya



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/160
tarix14.08.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#139358
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   160
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

 10.2. Biogaz va bioo’g’it ishlab chiqarish va ekologiya 
 
Biogaz qurilmasidan chiqadigan gaz avval aytib o’tilganidek, 
aralashma bo’lib hisoblanadi. Biogazni asosiy tarkibiga yana bir bor 
to’xtalsak, u (50-70) % metandan (CH
4
), shuningdek, 30-40% CO
2

ozroq miqdorda H
2
S, NH
3
, H
2
, CO bo`lgan gazlar aralashmasidan 
iborat. Biogazda qo’shimchalarni bo’lishi, ayniqsa CO
2
miqdorining 
ko’pligi biogaz yonishiga xalaqit beradi. Chunki, CO
2
kimyoviy 
jihatdan olganda yonib bo’lgan gaz hisoblanadi, shu sababli bu gaz 
biogazda ortiqchalik qiladi.
Yana biogaz tarkibida qo’shimcha sifatida uchraydigan H
2
S oz 
miqdorda bo’lsa ham, juda katta hajmdagi biogaz qurilmasidan 
chiqayotgan biogazda uning miqdori ko’payib ketadi. H
2
S kislotalik 
xossasini namoyon qilib, po’latdagi temir metali bilan ta’sirlashib, 
uning yemirilishiga, tez korroziyaga uchrashiga sabab bo’ladi. Bu, 
albatta, biogaz ishlab chiqarishda ma’lum noqulayliklarni vujudga 
keltiradi va qo’llaniladigan mashina va jihozlar umrini qisqartiradi 
hamda bu gazning yonishidan hosil bo’lgan oltingugurt oksidlari 
atmosferani zaharlaydi.
NH
3
va CO biogazda oz miqdorda bo’lsa-da, ma’lum bir 
miqdorda biogazning yonishiga xalaqit beradi. Bu muammolardan 
kelib chiqqan holatda, biogazni qo’shimcha gazlardan tozalash lozim. 
Buning uchun ham ma’lum bir gazlarni ajratishga mo’ljallangan 
texnologik jihozlar kerak bo’ladi. Gazlarni bir - biridan ajratish 
bosqichma - bosqich olib borilsa, juda katta texnologik qurilmalar 
zarur, bu esa juda katta sarmoyani talab etadi. Yana bir holat: bu 
texnologik qurilma va jihozlarni ishga tushirish uchun elektr toki yoki 
gaz yoqilg’isi talab etiladi. Agar ajralib chiqayotgan biogazdan 
olinadigan foyda uni qo’shimchalardan tozalashga ketadigan sarfdan 


254 
kam bo’lsa, bu iqtisodiy tanglikka olib keladi. Bu holat hech kimga 
ma’qul kelmaydi, albatta. 
Shuning uchun biz kam sonli qoramol va parrandaga ega bo’lgan 
xonаdon egalari biogaz qurilmasini barpo etishi va qish mavsumida 
kelib chiqadigan gaz muammolarini o’zi hal qila oladigan bo’lishi 
uchun biz biogazni qo’shimchalardan tozalashda oddiy, samarali va 
mablag’ jihatdan arzon tozalash usulini ishlab chiqishimiz lozim.
Biogazni qo’shimchalardan tozalash uchun quyidagi usuldan 
foydalanish mumkin. Buning uchun oddiygina ishlatish uchun 
yaroqsiz propan gaz ballonini olib, unga yuqoridan tubigacha ichki 
qismiga quvur mahkamlanib, bu quvur reaktordan keladigan biogaz 
aralashma gaz quvurga o’rnatiladi va ustki qismidan ichki tarafga 
ozgina kirgizgan holatda yana quvur mahkamlanadi. Bu tozalangan 
gaz uchun chiqish hisoblanadi. Propan ballon (suvli zatvor) ichiga 3/2 
qismigacha suv to’ldiriladi. Reaktordan keladigan biogaz aralashmasi 
kiruvchi quvur orqali propan ballon ichidagi suvga ochiladi va biogaz 
gazi suvda ma’lum miqdorda qo’shimcha gazlardan tozalanib, zatvor 
yuqorisiga suv bilan to’lmagan qismida to’planadi. Bu to’plangan 
biogaz H
2
S, CO
2
, NH
3
dan anchagina yaxshi tozalangan holatda 
bo’ladi va CH
4
qo’shimchalardan ham yuqori darajada tozalangan 
bo’ladi. Biogazni H
2
S, CO
2
, NH
3
lardan tozalashda bu gazlarning 
suvda 
eruvchanligi 
hisobga 
olinadi. 
Bu 
gazlarning 
suvda 
eruvchanligini ko’rib chiqamiz. 
CO

– 20 
0
C 100 ml suvda 87,8 ml eriydi 
H
2
S – 20 
0
C 100 ml suvda 2,58 ml eriydi 
NH
3
– 20 
0
C 100 ml suvda 52,6 ml eriydi. 
Bu ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, H
2
S va NH
3
miqdori juda 
oz bo’lishini hisobga olganda, bu gazlarni suvda eritib, biogazdan 
tozalasa bo’ladi. Bu gazlardan tozalangan biogaz juda yaxshi yonadi, 
H
2
Sdan tozalanganligi sababli atmosfera zaharlanishining oldi olinadi. 
H
2
S, CO
2
, NH
3
erigan propan ballondagi suv vaqt - vaqti bilan 
yangilanib turiladi. Suv ballon pastki qismiga o’rnatilgan chiqish 
quvuri orqali tashqariga chiqarilib yuboriladi. Erigan gazlarga boyigan 
suv chiqindi sifatida tashlab yuborilmaydi, balki qishloq xo’jalik 
ekinlari sug’oriladi. Chunki, bu suvda erigan NH
3
ammiakdagi azot 
o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun juda foydali hisoblanadi. 
Biogazni qo’shimcha gazlardan tozalashda bu jihatlarni ham hisobga 
olish lozim. 


255 
Biogazni CO

dan tozalashni yuqori darajaga olib chiqish uchun 
qo’shimcha sifatida suyultirilgan ohakli zatvordan ham foydalansa 
bo’ladi. Bunda quyidagi kimyoviy reaksiya boradi. 

Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin