O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti


Gaz ishlab chiqarish qurilmasini ishga tushirish



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/160
tarix14.08.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#139358
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   160
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

Gaz ishlab chiqarish qurilmasini ishga tushirish. 
Qurulma 
ishlashga to’liq tayyorligiga ishonch hosil qilingach, ishga tushiriladi. 
Reaktorga solinadigan go’ng yoki chiqindi yangi, juda eskirib 
ketmagan bo’lishi kerak va ichida qattiq bo’laklar (sement, qum, tosh 
bo’laklari, o’simliklarning qattiq tana qismlari) bo’lmasligi kerak. 
Ular biogaz hosil bo’lishini sekinlashtirish va aralashmani 


248 
aralashtirishga xalaqit beradi. Agar solinadigan go’ng yoki hayvon va 
o’simlik chiqindilari 5 kundan ortiq saqlangan bo’lsa, reaktorda 
kislota miqdori ortib, bijg’ish jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Natijada reaktordagi mikroorganizmlarning maqbul barqarorligi 
buzilib, jarayonning me’yorda borishi buziladi. Reaktorga solinadigan 
xomashyo reaktor ichki hajmining 2/3 qismini egallashi kerak, qolgan 
bo’shliq biogaz to’planishi uchun kerak bo’ladi. Yuklanadigan 
xomashyo talabga javob bersa, idishga solinadi va suv bilan 
to’ldiriladi (bunda namlik 80 – 90% gacha bo’lishi kerak). 
Yirik shoxli qoramollar va cho’chqalar go’ngining boshlang’ich 
namligi 82%, parrandalarda esa 75% bo’lishi mumkin. Reaktorga 
yuklanadigan xomashyo sovuq bo’lmasligi lozim, uning harorati 
bijg’ish jarayoni haroratiga yaqin bo’lishi kerak.
Biogaz qurilmasining yaxshi ishlashi reaktordagi metan hosil 
qiluvchi mikroorganizm shtamplari miqdoriga bog’liq. Ular yirik 
shoxli qoramollar go’ngida ko’p bo’ladi. Maqbul bijg’ish jarayoniga 
erishish uchun quydagi usullarni qo’llash mumkin: 
1.
Reaktorni iliq suv bilan to’ldirish va unga hayvonlar go’ngi 
oqavasini qo’shish; 
2.
Reaktorni yangi g’o’ng oqavasi bilan to’ldirish; 
3.
Reaktorga issiq gaz hamda vaqti – vaqti bilan g’o’ng oqavasini 
yuklash.
Reaktorda mikroorganizmlarning o’sishi uchun reaktorga asta 
issiqlik berish kerak. Kerakli haroratga erishguncha sutkada 2 - 3 
gradusdan oshirib boriladi. 7 - 8 kundan keyin reaktorda 
mikroorganizmlarning yashash faolligi kuchayib, biogaz ajrala 
boshlaydi va hosil bo’lgan metan yonishi mumkin, lekin yaxshi 
yonmaydi, vaqt o’tishi bilan metan hosil bo’lishi kuchaydi va biogaz 
juda yaxshi yona boshlaydi. Reaktorga tovuq go’ngidan tashqari 
qoramollarning go’ngi, cho’chqa va boshqa qushlarning go’ngini ham 
solish mumkin.

Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin