O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/160
tarix14.08.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#139358
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   160
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

10.7-chizma. 
Kombinasiyalashgan 
qurilmaning umumiy ko’rinishi. 1–shisha 
qoplama, 2–distillangan suv chiquvchi quvur, 
3–qurilma yon devoir, 4–aralashma (substrat) 
solinadigan taglik, 5–shishasi ochilib bioo’g’it 
olinadigan maxsus joy 


250 
(uzunligi 10 
m
, eni 2 
m
va devorining balandligi 0,2 
m
), bunday 
elementlarni ko’paytirish va yordamchi qismlarni o’zgartirish orqali 
unumdorligi kattaroq bo’lgan qurilmalarni yaratish mumkin. 
Aralashma uchun tayyorlangan maxsus idish hajmi 10 
tonnagacha bo’lishi mumkin, ma’lum balandlikka o’rnatilsa qurilmaga 
aralashmaning oqib kelishi qulay bo’ladi. Distillyat uchun o’rnatilgan 
quvurlar ham ma’lum qiyalik ostida ulansa, suvning yig’ilishiga qulay 
imkoniyat tug’iladi. Quyosh energiyasi asosida ishlaydigan bioo’g’it 
olish qurilmasiga solinadigan (biogaz olingan) aralashma maxsus 
avtomashinalar yordamida olib kelinadi.
10.1. Biogaz va bioo’git ishlab chiqarishdagi xom ashyo turlari
Go’ng.
Biogaz ishlab chiqarishda o’simliklar va hayvon 
chiqindilaridan foydalangan holda tabiiy metan gaziga o’xshash 
biogazni olish mumkin.
Qaysi o’simliklardan qancha boigaz ajratib olish xususida 
ko’pgina manbalarda ko’rsatib o’tilgan. Biogaz ishlab chiqarish 
jarayonida, asosan, hayvonlar chiqitidan foydalanib ish olib borilgan.
Respublikamiz hududida uy hayvonlaridan asosan ot, cho’chqa, 
qoramol boqishda va parrandachilikka asoslangan fermer xo’jaliklari 
tashkil etilgan. Hududlar imkoniyatlaridan kelib chiqgan holda tovuq 
chiqindisidan foydalanib biogaz olish amalga oshirilgan. Bunga sabab 
deyarli har bir oilada parrandachilik bilan shug’ullanish imkoniyati 
mavjudligi hisoblanadi va tovuq chiqitiga bo’lgan ehtiyoj to’liq 
qondiriladi. Ayrim oilalarda 1000 bosh va undan ortiq ham parranda 
mavjud. Bu har bir oilaga kichik biogaz qurulmasini barpo etishga 
imkon beradi.
Tadqiqotlarda tovuq go’ngining tanlanishiga yana bir sabab, 
gibrid tovuqlar oziq-ovqati juda kuchli ratsion tarkibga ega bo’lganligi 
va uning organik moddalarga boy bo’lishidadir. Tovuq go’ngining 
yana bir xususiyatli tomoni yarim tayyor bo’tqa shaklida bo’lishidadir. 
Uning namligi yuqori darajada bo’lishi, aralashmaga qo’shiladigan 
suv nisbatini kamaytiradi. Mol go’ngida namlik yuqori darajada 
bo’lmasligi-bir joyda yopishib, qattiq dona - dona holatga kelib 
qolishiga olib keladi. Bu holat esa reaktorda bir xil darajada issiqlik 
tarqalmasligiga sabab bo’ladi. Tovuq go’ngida bunday xususiyat 
mavjud emas. Bir bosh tovuq kuniga (25 – 30) g go’ng chiqaradi 


251 
hamda tovuq go’ngining mol go’ngiga qaraganda biogaz chiqishi va 
metan saqlash unumi yuqori hisoblanadi.
Barg.
Biogaz tayyorlash jarayonida o’tkazilgan tadqiqotlarda 
barg va uning xazonidan foydalanilgan. Bargdan foydalanib biogaz 
olish jarayonida anaerob mikrobakteriyalari hosil bo’lish ortadi. 
Bunga sabab, xazonda mikrobakteryalar mavjud bo’ladi. Daraxt 
tepasida tirik holatdagi bargda asosiy moddalar to’planadi, 
shuningdek, mikrobakteriyalar ham. O’simlik kuzgi xazonrezgilik 
boshlangan paytda bargda o’simlikda to’plangan zararli moddalar va 
ko’pgina mikrobakteriyalar ham birga to’planadi. Xazondagi 
mikrobakteriyalar kislorodsiz sharoitda metan hosil qiluvchi anaerob 
bakteriyalarga aylanadi va bu bakteriyalar biogaz hosil bo’lishida 
asosiy ishtirokchi bo’lib xizmat qiladi. Xazon chirindiga aylanib, 
anaerob bakteriyalarning rivojlanishi uchun ham asosiy muhit 
hisoblanadi.
Xazondan 
foydalanishning 
yana 
bir 
ahamiyatli 
tomoni 
bioaralashmaning birdek aralashishi va go’ngning bir - biriga 
yopishib, jarayonning sekinlashib qolishi oldini oladi.
Respublikamiz sharoitida ko’p barg hosil qiluvchi o’simliklar 
juda ko’p. Masalan, chinor, o’rik, terak, tol va boshqa o’simliklarni 
misol keltirish mumkin.
Xazondan foydalanishning ham ma’lum bir qonun qoidasi bor. 
Xazonning asosiy tarkibi sellyulyozadan iborat bo’lganligi sababli, 
sellyulyoza tezda chirindiga aylanmaydi. Demak, xazon tarkibidagi 
sellyulyozadan metan olish qiyin va muddat talab etadi. Biogaz olish 
reaktoriga xazonni solishdan oldin unga bijg’ish jarayonini 
tezlashtitish uchun ishlov berib, undan so’ng reaktorga solish kerak. 
Shu holatda xazon tezda bijg’ib sellyulyoza biogaz beradi. Xazonga 
alohida ishlov berish ortiqcha mehnat, mablag’ va vaqt talab etadi.
Biogaz olishda terak bargidan foydalanish mumkin. Terak 
bargidan biogaz olishning quyidagi afzalliklari mavjud: 
1. Terak bargining o’rtacha kattalikda ekanligi uni bioaralashma 
bilan yaxshi va birdek aralashishiga imkon beradi; 
2. Terak bargining ko’plab to’kilishi; 
3. Terak daraxtida erta xazonrezgilik ro’y berishi, yog’in-sochinli 
kunlarga qolmasdan xazonni yig’ishtirib olish imkonini beradi;
4. 
Terak 
bargining 
qalin 
va 
ko’p 
bo’lishi 
unda 
mikrobakteryalarning ko’p bo’lishini ta’minlaydi; 


252 
5. Terak bargi o’rtacha kattalikka ega bo’lganligi uchun 
bioaralashmaning bir - biriga yopishib qotib qolmasligi va ma’lum 
to’siqlarni paydo qilmasligi jarayonga xalaqit bermaydi.

Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin