O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/160
tarix14.08.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#139358
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   160
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

4.32-chizmа: Tаjribа оb’еktining 
printsipiаl ko’rinishi: 1-аtrоf muhit; 
2-isitilаdigаn хоnа; 3-bir qаtlаmli 
shаffоf tizim; 4-ikki qаtlаmli shаffоf 
tizim
3.10-расм. 
Қуёш энергияси 
ёрдамида хлорелла ўстирувчи 
қурилма. 


143 
ko’rsаtishichа, bundаy tizim yil dаvоmidа оfis vа sаnоаt binоlаridа 
ishlаshi mumkin.
Dаstlаbki isitishgа mo’ljаllаngаn judа ko’p tаjribаlаr o’tkаzilgаn. 
Tаjribаlаrdа аsоsаn ikki mаqsаddа: tаbiiy vа mаjburiy vеntilyasiya 
effеktlаri o’rgаnilgаn.
Quyidа mаssа sаrfi o’zgаrmаs bo’lgаn hоl uchun enеrgоfаоl 
shаffоf to’siqdаn chiquvchi hаvо оqimi tеmpеrаturаsi uchun ifоdа 
tаklif etilgаn. 
O’tkаzilgаn sоnli hisоblаshlаr nаtijаsidа qоrаytirilgаn оynа 
tеmpеrаturаsining qаlinlikkа bоg’lаnishi kеltirilgаn. Shаffоf qаtlаmi 
qаlinligining turli qismlаridа tеmpеrаturа turlichа bo’lаdi. Bu bo’yichа 
tеmpеrаturа o’zgаrishining mаtеmаtik ifоdаsi quyidagicha bo’ladi. 
(
)
0
1
1
1
cos
0
cos
0
2
2
=

















+









+





r
x
r
x
x
e
q
e
q
dx
t
d







(4.28) 
bundа, 
t
x
 
- tеmpеrаturа;

- qаlinlik; 
q
-ichki issiqlik mаnbаining 
quvvаti; 

-issiqlik o’tkаzuvchаnlik kоеfftsiеnti; 

-nur susаytirish 
kоеfftsiеnti.
Ushbu tеnglаmаni
( )
( )



=
=
=
=
b
t
t
x
а

t
t

0
x
х
х
2
1
da
da

, (4.29) 
chеgаrаviy shаrtlаr аsоsidа, shаffоf qаtlаm tеmpеrаturаsining qаlinlik 
bo’yichа tаqsimоti kеltirib chiqаrilgаn.
(
)(
)
(
)
(
)
)
30
.
4
(
.
1
cos
1
cos
5
.
0
cos
cos
0
cos
0
2
2
cos
0
0
2
2
0
0
1
2
1















+

























+
+

+

+
=











r
x
r
r
x
r
x
e
e
q
e
q
r
x
e
q
q
r
q
q
x
t
t
t
t


















Ushbu (4.30) tеnglаmаgа (4.29) chеgаrаviy shаrtlаrni qo’yib, 
shаffоf qаtlаm ichki vа tаshqаridаgi tеmpеrаturаlаrni аniqlаsh 
mumkin. 
 
 


144 
5. QUYOSH ENERGIYASINI AKKUMULYATSIYALASH 
5.1. Issiqlik akkumulyatorlari 
Ma’lumki 
energiya 
manbalarining 
yerdagi 
zaxiralari 
chegaralangan. Agar yoqilg’ining bir yil davomida sarf qilish darajasi 
2000 yillarga mo’ljallangan miqdorda (25 milliard tonna) olinsa va 
undan hozirgi darajada foydalanib borilsa, ularning zaxirasi 140-150 
yil davomida iste’mol qilishga yetishi mumkin. Bu tarixan juda qisqa 
muddatdir, albatta. 
Shuning uchun ham yoqilg’i energetika balansi strukturasini 
yaxshilash muhim vazifa hisoblanadi. Yoqilg’i sifatida neft 
mahsulotlari o’rniga gaz va ko’mirdan, joylarda atom energiyasi, 
jumladan, tez neytronlar bilan ishlaydigan reaktorlardan foydalanishni 
keng yo’lga qo’yish mazkur vazifani amalga oshirishning zarur 
talablaridir.
Shu maqsadda atom va gidroelektrostansiyalar, issiqlik hamda 
quyosh elektrostansiyalarini qurishga katta ahamiyat berilmoqda. 
Davrimizning gigant inshootlaridan bo’lmish janubiy Ukrainadagi 
atom elektrostansiyasi, Talimarjon kombinatsiyalashgan issiqlik 
elektrostansiyasi va boshqa energetic obyektlarning tez sur’atlar bilan 
qurilishi buning yaqqol isbotidir. 
Ma’lumki, juda katta va tuganmas energiya resurslaridan biri 
quyosh 
energiyasidir. 
Quyosh 
nurining 
faqatgina 
bizning 
sayyoramizga tushayotgan ulushining quvvati 2 10 
14
kilovattni tashkil 
qiladi.
Quyosh energiyasidan xalq xo’jaligida samarali foydalanishga 
BMT ham katta e’tibor bermoqda. YUNESKO tashabbusi bilan 
o’tkazilgan konferensiyalarda shu sohada olib borilayotgan ko’pgina 
materiallar umumlashtiriladi va kelajakdagi muammolar muhokama 
qilinadi. 
Mamlakatimizda keying yillarda quyosh energiyasidan foydalanib 
ishlaydigan qurilmalarning kompleks dasturiga asosan 20 dan ortiq 
quyosh qurilmalarining loyihasi ishlab chiqildi. Jumladan, geliotexnik 
olimlar Qrimda energiya ishlab chiqarish darajasi 500 mW soat 
bo’lgan quyosh qurilmalarini ishga tushurdilar. O’zbekiston fanlar 
akademiyasi Fizika-texnika instituti tomonidan yaratilgan yuqori 


145 
temperaturada ishlaydigan quyosh peshi amaliy sinovdan o’tkazilib 
ishlab chiqarishga tavsiya etildi.
Xalq 
xo’jaligida, 
ayniqsa 
qishloq 
xo’jaligida 
quyosh 
energiyasidan foydalanish borasida bir qator quyosh qurilmalar qurilib 
sinovdan o’tkazildi. Jumladan, quyosh energiyasi hisobiga ishlaydigan 
geliosovitgichlar, xonalarni issiq suv bilan ta’minlovchi qurilmalar, 
quyosh 
energiyasini 
elektr 
energiyasiga 
to’g’ridan-to’g’ri 
aylantiruvchi quyosh batareyalari, quyosh nurining fotosintez ta’siriga 
asoslangan xlorella yetishtiruvchi qurilmalar, sterling dvigateli va 
avtonom gelioenergiya qurilmalari, quyosh suv chuchutgichlari, chigit 
nurlantiruvchi 
konsentratorlar, 
quyosh 
quritgichlari, 
quyosh 
issiqxonalari va parniklari hamda shularga o’xshash qurilmalarni 
kiritish mumkin.
Markaziy Osiyoning, xususan, respublikamizning janubiy 
hududlarida parnik va issiqxonalarni quyosh nuri yordamida isitish va 
shuning hisobiga bir qism yoqilg’ini tejash imkoniyati mavjuddir. 
Masalan, gegrafik kengligi 39
o
bo’lgan joylarda isistiladigan 
issiqxonalarning bir kvadrat metr ekin maydoni uchun 1 yilda 2500-
3500 
kg
shartli yoqilg’i (toshko’mir) yoki 110-120 
m
3
gaz sarflanadi. 
Demak, quyosh energiyasidan ratsional miqdorda foydalanish, 
shuncha miqdordagi yoqilg’ini tejash va sraflanadigan xarajatlarni 
kamaytirish mumkin. Agar meva quritish uchun oddiy quritgichlarda 
sarflanadigan yoqilg’i miqdorini hisobga olsak, tejalishi mumkin 
bo’lgan yoqilg’ining salmog’i yanada oshadi. Masalan, bug’ 
yordamida mevalarni quritadigan PSK-20 quritgichida bir tonna 
quritilgan mahsulot olish uchun 200 kilogramm yoqilg’i ishlatiladi. 
Shuning uchun ham bu yerda kunduzgi quyosh energiyasini 
to’playdigan issiqlik akkumulyatorli qurilmalar haqida kengroq 
to’xtalamiz.
Quyosh energiyasini akkumulyatsiyalash faqatgina geliouylar, 
gelioparniklar, gelioissiqxonalar uchun zarur bo’lmasdan, balki 
quyosh quritgichlari uchun ham katta ahamiyatga ega. 
Ma’lumki, quyosh quritgichlari asosan kunduzi ishlaydi, quyosh 
quritgichlarida quritishni kecha-yu kunduz davomida amalga 
oshrilishi uchun ularga issiqlik akkumulyatorini joylashtirish kerak 
bo’ladi. 
Quyoshning og’ish burchagi o’zgarib turganligi sababli yer yuziga 
tushadigan energiya miqdori ham o’zgarib turadi. Bu esa o’z 


146 
navbatida geliouylar va gelioissiqxonalarni isistishga salbiy ta’sir 
etadi. Ikkinchidan, yoz oylarida kun uzoq boiganligi uchun quyoshdan 
energiya tushish davri ham uzun (yer sirti 14 soat davomida yoritilib 
turadi), qish oylarida esa qisqa (er sirti 9 soat davomida yoritilib 
turadi) boiadi. 
Qish oylari quyoshning ogish burchagi manfiy qiymatlarni olgani 
uchun uning balandligi ham kamayadi. Demak, energiya ko‘proq 
oiishi uchun uni qabul qiluvchi yuzalarning gorizontga nisbatan 
qiyaliklarini o‘zgartirib turish kerak, ya’ni quyosh nurlariga nisbatan 
tik holatga keltirish zarur. 
Agar gelioqurilma tiniq yuzasining gorizontga nisbatan qiyaligini 
texnik sabablarga ko‘ra o‘zgartirish imkoni boimasa, qish paytida 
ishlashga 
moijallangan 
gelioqurilmalar, 
masalan, 
geliouylar, 
gelioissiqxonalar tiniq yuzalarining qiyalik burchaklari o‘sha joyning 
geografik kengligiga qarab, qishda 



+
=
1
, yozda esa 



+
=
2
deb 
olinadi. 
Masalan, Qarshi tumani geografik kengligi 
39
=

da qish oylari 
uchun 
32
1
=

, yoz oylarida 
16
2
=

ga teng bo’lishi kerak.
Yoz oylarida ishlashga moijallangan moslamalarni, jumladan, suv 
isitgichlar, meva quritgichlar va sho‘r suvdan chuchuk suv olish 
qurilmalarning qiyalik burchaklari odatda kichik qilib olinadi. 
Quyosh energiyasidan foydalanishning uchinchi kamchiligi - uning 
ob- havoga bog’liq bo’lishidir. Dastavval quyosh energiyasi 
miqdoriga atmosferaning tiniqligi ta’sir etadi. Atmosferaning quyosh 
nurlarini yutishi, sochishi va qaytarishini hisobga olib, yer yuzasiga 
tushadigan qismini 
m
Q
ga teng deb olamiz. Agar quyosh doimiysini 
(atmosfera chegarasidagi miqdorini) 
0
Q
desak, ular orasidagi 
bog’lanish quyidagicha boiadi: 
0
Q
K
Q
m
m
=
K
- atmosferaning tiniqlik koeffitsienti, 
m
- quyosh nuri o’tadigan 
atmosfera massasi. 
Ma’lumki, atmosferaning massasi soni quyoshning gorizontdan 
balandligiga bog’liq. Masalan, 
0
=

bo’lganda (quyosh gorizontda) 
1
=
m
ga teng bo’ladi. 
o
30
=

bo’lsa 
2
=
m

o
90
=

(quyosh zenitda) 
bo’lganda 
4
,
35
=
m
ni tashkil etadi.
Yer sirtining geografik kengligi, iqlimi, joylashishi va boshqalariga 
qarab joylarda bulutli va bulutsiz kunlarga boiinadi. 


147 
Geliotexnika nuqtai nazaridan, gelioqurilmalar ochiq va yarim 
ochiq kun- larning soni 320 va undan ortiq bo‘ladigan joylarda 
ornatilgan bo’lsa, juda yaxshi samara beradi. 
Markaziy Osiyo respublikalarida, jumladan, O‘zbekistonning 
janubiy hududlarida shunday kunlar soni yiliga 315-330 kunni tashkil 
etadi. 
Yoz oylarida gelioqurilmalarga salbiy ta’sir etadigan to'rtinchi omil 
- chang-to‘zonli shamoldir. Birinchidan, quyuq chang-to‘zon 
ko‘tarilganda, quyosh energiyasining tiniq yuzalarga tushishi 
kamayadi, ikkinchidan, qurilmaning yuzasiga chang o‘tirib qoladi. 
Chang qatlami esa qurilma ichiga quyosh energiyasi o‘tishiga 
to‘sqinlik qiladi. Natijada qurilma xizmatchilarining ko‘p vaqti 
shishani tozalashga sarflanadi. 
Quyosh 
enargiyasidan 
foydalanishda 
sodir 
bo’ladigan 
qiyinchiliklardan beshinchisi, uning sutka davomida o'zgarib 
turishidir, ya’ni gelioqurilmalar ichiga kun davomida quyosh 
energiyasi o‘tib tursa-da, kechga yaqin energiya o’tishi to‘xtaydi. 
Yil va sutka davomida quyosh energiyasi o‘zgarishi bilan bog’liq 
bo’lgan kamchiliklarni bartaraf etish yo’llari asosan quyidagilar: 
a)
kunduzi, quyosh energiyasining bir qismini ma’lum bir 
moslamalarda akkumulyatsiyalash va kechasi undan foydalanish; 
b)
qurilmaning issiqlik yo‘qotishini kamaytirib uni minimum 
darajaga olib kelish. 
Quyosh energiyasini akkumulyatsiyalash muddati 4 ga bo’linadi: 
yillik akkumulyatsiyalash, mavsumli akkumulyatsiyalash, sutkali 
akkumulyatsiyalash, davriy akkumulyatsiyalash. 
Yillik akkumulyatsiyalash issiq paytlarda quyosh energiyasini 
to‘plab sovuq paytlarda mavsumli akkumulyatsiyalash, kuzda (3 oy 
davomida) quyosh energiyasidan to‘plab, qishda (3 oy davomida) 
foydalanishdan iborat. 
Sutkali akkumulyatsiyalashda qish va bahor oylarida kunduzi 
qurilma ichiga o‘tgan quyosh energiyasining bir qismini to‘plab 
kechasi 
quyosh 
botgandan 
so'ng 
foydalaniladi. 
Davriy 
akkumulyatsiyalashda 3-4 kun davomida quyosh energiyasini to‘plab 
kechasi va bulutli kunlarda undan foydalanish, tashqi havo 
temperaturasi ko‘tarilganda esa akkumulyatorni ajratish va zarur 
boiganda yana qo‘shish kerak. Quyosh isitish sistemalarida asosan 
ikki xil akkumulyatordan foydalaniladi: 1-o‘ziga issiqlikni qabul qilib 


148 
oluvchi - issiqlik sig’imli akkumulyatorlar, 2) kimyoviy (izotermik) 
akkumulyatorlar. 
Issiqlik akkumulyatorlarda issiqlik to‘plovchi modda sifatida 
to‘proq, qayroq tosh, gisht, suv, beton, qum kabilar ishlatiladi. 5.1-
jadvalda issiqlik sigimli akkumulyatorlarda foydalanish mumkin 
boigan moddalarning ba’zi bir konstantalari (doimiy miqdorlari) 
berilgan. 
 5.1-jadval 

Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin