O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti


-chizma. Biogaz va bioo’git ishlab chiqaruvchi



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/160
tarix14.08.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#139358
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   160
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

10.3-chizma. Biogaz va bioo’git ishlab chiqaruvchi 
qurilma sxemasi


241 
aralashtirgichsiz va reaktordagi mahsulotni qizdirmasdan biogaz 
olishning oddiy qurilmasi juda sodda bo’lib, kam sonli qoramol va 
kam sonli parrandaga ega bo’lgan har bir xonadon egasi bu qurilmani 
barpo etishi mumkin (10.3-chizma). 
Chunki bu biogaz texnologiya jihozlari juda sodda va arzon. 
Maydon jihatdan ham ko’p joy egallamaydi, reaktor uchun jihozlari 
soni ham kam. Reaktor hajmi (200 – 500) 
l
bo’lishi mumkin. 50 – 200 
l
hajmli biogaz qurilmasidan kuniga (1 – 10) 
3
m
gacha biogaz olish 
mumkin. Bu hajmdagi biogaz qurilmalari uchun ishchi soni talab 
qilinmaydi. Xonadon egalarining o’zi ham biogaz qurilmasidan 
bemalol foydalana olishi mumkinligi uning afzalligini ko’rsatadi. 
Butun jahonda xomashyo va energiyadan foydalanish global 
muammo bo’lib qolmoqda. Bu muammoni hal qilishning muqobil 
yo’llaridan biri biogaz olish texnologiyasini aholi o’rtasida hamda 
sanoat darajasida yo’lga qo’yish hisoblanadi. Hozirgi kunda biogaz 
olish texnologiyasi yaxshi o’rganilgan bo’lib, bir qator xorij 
mamlakatlarida muvaffaqqiyatli qo’llanilmoqda. 
220 
l
ga ega bo’lgan reaktor, propan balloni (suvli zatvor), biogaz 
yig’ib olish uchun avtomobil kamerasi, kamerani bosib turuvchi yuk 
(yuk o’rnida betonli tosh, qum to’ldirilgan qop) va gazni o’tkazuvchi 
vosita sifatida quvur va shlanglar kerak bo’ladi. 10.5 – jadvalda kichik 
biogaz olish qurilmasi uchun kerakli jihozlar ro’yxati berilgan. 
10.5 – jadval 
Kichik biogaz qurilmasi jihozlari 
 
№ 
Jihozlar 
1. Po’lat reaktor, 220 litr hajmli 
2. Propan ballon, 30 litr hajmli 
3. Yuk avtomobili kamerasi 
4. 
Yordamchi qismlar (rezina tutashtirgichlar, po’lat 
o’tkazgichlar, daraxt materiallari) 
5. Sintetik yopgich 
6. Issiqlikdan ajratuvchi mahsulotlar 


242 
Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki, bu qurilmani qurish 
uchun juda kam mablag’ talab etiladi. Qurilma ancha sodda bo’lib, 
asbob-uskunalarsiz qurilmani yig’ish mumkin. Bu qurilmani har bir 
xo’jalik barpo etsa bo’ladi. 
Bu tipdagi oddiy biogaz uskunasi asosan (1-10)
3
m
gacha hajmli 
bioreaktorlarda kuniga (50-200) kg xom ashyoni qayta ishlashga 
mo’ljallangan bo’lib, bijg’itish jarayoni 5
C
o
dan 20
C
o
gacha 
haroratda olib boriladi. 
Ushbu bioreaktorlar janubiy mintaqalar uchun aralashmani 
aralashtirmasdan va qizdirmasdan foydalanishga mo’ljallangan bo’lib, 
biogaz va bioo’g’it olishga moslashtirilgan: yangi aralashmani quyish 
uchun yopiq idish, biogazni yig’ish moslamasi, ishlatib bo’lingan 
aralashmani quyish moslamalaridan iborat.
O’rtacha bir oilaga mo’ljallangan kichik hajmli biogaz 
qurulmasiga 200 kgli biomassa solinib, kuniga 10%ni almashtirgan 
holatda 1 m
3
biogaz 
olish mumkin. Agar 
har bir xo’jalik egalari 
(0,5 – 1) 
3
m
bioreaktor 
qurilmasini o’rnatsa, 
kuniga (3 – 10) 
3
m
gacha biogaz olishlari 
mumkin. 10.4
-
rasmda 
kichik hajmli biogaz 
olish 
uskunasining 
tuzilishi keltirilgan. 
Qayta ishlangan 
biomassa bioreaktordan yangi aralashma quyishdan avval yoki hosil 
bo’lgan gaz bosimi yordamida chiqaruvchi quvur yordamida quyib 
olinadi. Ushbu quyib olingan biomassa (bioo’g’it) maxsus idishda 
(vaqtinchalik yig’gich) saqlanadi. Uning hajmi bioreaktor hajmidan 
kam bo’lmasligi lozim. Ushbu tipdagi oddiy biogaz uskunasidan har 
qanday fermer xo’jaliklari o’z hududlarida qurib foydalanishlari 
mumkin.
Ushbu 
oddiy 
tipdagi 
biogaz 
uskunasini 
qurish 
uchun 
quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: 

Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin