O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti


Somon  Qum  Shlak Quruq go’ng  10.5 - rasm. Issiqlikdan ajratuvchi mahsulotlar  Reaktorni



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/160
tarix14.08.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#139358
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   160
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

 
Somon 
Qum 
Shlak
Quruq go’ng 
10.5 - rasm. Issiqlikdan ajratuvchi mahsulotlar 
Reaktorni 
yig’ish. 
Reaktor 
metalldan 
yoki 
qurilish 
matreallaridan tayyorlanishi mumkin, masalan: g’isht, sement va 
toshdan. Reaktor, albatta, yopiq va korroziyaga chidamli bo’lishi 
kerak.
Avvalo, chiqindilarni yuklash va chiqarish quvurlari montaj 
qilinadi. Quvurlar qarama - qarshi tomonga joylashtiriladi. Chunki 
yangi tushayotgan xomashyo, ishlab chiqarilayotgan mahsulotga 
aralashib ketmasligi lozim. Buning uchun diametri 150 
mm
dan kam 
bo’lmagan quvurlar ishlatiladi. Yuklab olish quvuri idishga 
mahkamlanib, keyin reaktor asosga o’rnatiladi va issiqlikdan 
ajratiladi. 


245 
Qurilmani yig’ish. 
Iste’molchiga gaz yetkazib berish quvurida 
hech qanday yoriq va teshiklar bo’lmasligi kerak. Gaz uzatish quvuri 
reaktorning yuqori qismiga mahkamlanadi. Buning uchun diametri 25 
mm
dan kam bo’lmagan po’lat quvur ishlatiladi. 
Gaz uzatish qurilmasiga 
suv zatvori
kiradi. U yarmigacha suv 
to’ldirilgan idishni o’z ichiga oladi. Kirish quvuri suvga tushiriladi. 
Gaz chiqish quvuri suv ustida, yani suv yuzasida to’plangan gaz bor 
joyda joylashadi.
Biogaz qurilmasining ishlash jarayoniga tayyorlash.
Reaktor 
yopiqligini (havo kiradigan hech qanday ochiq joy bo’lmasligi) 
tekshiriladi. Gaz tizimiga monometr hamda qulflar o’rnatiladi, 
berkitilib, monometr yordamida reaktor ichidagi bosim o’lchanadi.
Nasos yordamida reaktor ko’rsatgichga qadar to’ldiriladi. 
Ortiqcha havo bir tomonlama harakatlanuvchi klapan orqali chiqarib 
yuboriladi. Shundan so’ng monometr ko’rsatgan raqam qayd qilinib, 
reaktor bir kecha kunduzga qoldiriladi. Reaktorda va gaz sistemada 
bosim bo’lmagan taqdirda, monometr bir kecha kunduzda davomida 
o’zgarmasa yoki kam o’zgarsa, reaktorda germetiklik yetarli darajada 
ta’minlangan bo’ladi. 
Biogaz ishlab-chiqarish asosi bo’lib, bijg’iydigan reaktor 
hisoblanadi, ularning xillariga qarab, har-xil tarkibga va turga ega 
bo’lgan go’ng anaerob sharoitda bijg’itiladi. 
Birinchi avlod an’anaviy reaktorlarning har-xil konstruksiyaga va 
texnologik yechimga ega bo’lganlari bor. Bu reaktorlar ba’zida ikki 
yoki undan ko’proq bo’linmaga bo’lingan bo’ladi. Bu bo’linmalarda 
anaerob bijg’ish bosqichlarini qisman ajratib turish amalga oshiriladi.
Reaktorlarning konstruksiyasi xilma-xil bo’lib, bir-biridan, 
asosan, gidravlik bosqich (davriy yoki oqib to’ladigan) yoki yuklash 
usullari (doimiy yoki davriy) bilan farq qiladi. Go’ngni to’xtovsiz 
(doimiy) yuklaganda, ma’lum vaqt o’tishi bilan (1 kecha kunduzda 10 
martagacha) go’ng yuklanadi va o’shancha bijg’ib bo’lgan go’ng 
chiqarib tashlanadi. Bijg’ishning barcha shartlarini saqlaganda, mana 
shu usul bilan eng ko’p miqdorda biogaz olish mumkin. Reaktorlar 
navbatma-navbat to’ldiriladi. Bunda yangi solingan go’ng bijg’itilgani 
bilan aralashtiriladi. 
Gaz (5-10) kun orasida paydo bo’la boshlaydi va yuqori 
cho’qqiga chiqqandan keyin, sekin pasayib boradi. Gazning paydo 


246 
bo’lishi minimumga yetganda, bijg’ib bo’lgan go’ng chiqarib 
tashlanib, reaktorlarga toza go’ng yuklanadi. 
Anaerob holatda go’ng saqlaydigan inshootlarda hosil bo’lgan 
biogazni yig’adigan, haroratni va eritma muhitini ushlab turadigan 
sintetik yopgich hamda sekin aralashtirib beradigan, qolgan go’ngni 
qaytadan aralashtiradigan uskunalar bilan jihozlangan bo’lishi kerak. 
Bunday inshootlarning ustunligi, ular tuzilishining oddiyligi hamda 
uchib yuradigan mayda moddalarga sezgirligining pastligida bo’lsa, 
kamchiliklari – katta maydonni egallashi hamda qish vaqtida ko’p 
miqdorda issiqlikni yo’qotishidir. 
10.6-chizmada 
keltirilgan qurilma 1 
– suv qizdiriladigan 
qozonxona, 

– 
aralashma 
yuklanadigan idish, 3 
– 
aralashtiruvchi 
moslama, 

– 
bioreaktor, 5 – suv 
mahkamlagich, 6 – 
gaz chiqishi, 7 – 
qayta 
ishlangan 
aralashmani 
quyib 
oluvchi idish, 8 – qayta ishlangan aralashma (bioo’g’it) saqlanadigan 
joy, 9 – quyib olish quvuridan tashkil topgan. 
Ko’pchilik (hozirgi kunda ishlab turganlarining 68 foizi biogaz 
qurilmalari bir bosqichli, to’liq aralashadigan oqish tipida qurilgan. 
Ammo bunday qurilmalarning salbiy tomoni shundan iboratki, bularda 
go’ngni to’liq bijg’ishi amalga oshirilmaydi (ba’zida bijg’imagan 
go’ng ham o’tib ketadi va shu sababli biogaz miqdori past bo’ladi). 
Oquvchi reaktorlar boshqalariga qaraganda yaxshiroq bo’lib, unda 
suyuq yoki yarim suyuq go’ngdan (namlik 91-96%) biogaz olinadi. 
Bunday qurilmalarning samaradorligi juda ham past, shu tufayli ham 
ulardan foydalanilmaydi yoki juda kam foydalaniladi. 

Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin