248
aralashtirishga xalaqit beradi. Agar solinadigan go’ng yoki hayvon va
o’simlik chiqindilari 5 kundan ortiq saqlangan bo’lsa, reaktorda
kislota miqdori ortib, bijg’ish jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Natijada reaktordagi mikroorganizmlarning maqbul barqarorligi
buzilib, jarayonning me’yorda borishi buziladi. Reaktorga solinadigan
xomashyo reaktor ichki hajmining 2/3 qismini egallashi kerak, qolgan
bo’shliq biogaz to’planishi uchun kerak bo’ladi. Yuklanadigan
xomashyo talabga javob bersa, idishga solinadi va suv bilan
to’ldiriladi (bunda namlik 80 – 90% gacha bo’lishi kerak).
Yirik shoxli qoramollar va cho’chqalar go’ngining boshlang’ich
namligi 82%, parrandalarda esa 75% bo’lishi mumkin. Reaktorga
yuklanadigan xomashyo sovuq bo’lmasligi lozim, uning harorati
bijg’ish jarayoni haroratiga yaqin bo’lishi kerak.
Biogaz qurilmasining yaxshi ishlashi reaktordagi metan hosil
qiluvchi mikroorganizm shtamplari miqdoriga bog’liq. Ular yirik
shoxli qoramollar go’ngida ko’p bo’ladi. Maqbul bijg’ish jarayoniga
erishish uchun quydagi usullarni qo’llash mumkin:
1.
Reaktorni iliq suv bilan to’ldirish va unga hayvonlar go’ngi
oqavasini qo’shish;
2.
Reaktorni yangi g’o’ng oqavasi bilan to’ldirish;
3.
Reaktorga issiq gaz hamda vaqti – vaqti bilan g’o’ng oqavasini
yuklash.
Reaktorda mikroorganizmlarning o’sishi uchun reaktorga asta
issiqlik berish kerak. Kerakli haroratga erishguncha sutkada 2 - 3
gradusdan oshirib boriladi. 7 - 8 kundan keyin reaktorda
mikroorganizmlarning yashash faolligi kuchayib, biogaz ajrala
boshlaydi va hosil bo’lgan metan yonishi mumkin, lekin yaxshi
yonmaydi, vaqt o’tishi bilan metan hosil bo’lishi kuchaydi va biogaz
juda yaxshi yona boshlaydi. Reaktorga tovuq go’ngidan tashqari
qoramollarning go’ngi, cho’chqa va boshqa qushlarning go’ngini ham
solish mumkin.
Dostları ilə paylaş: