6
gravitatsion parshalanishi uchun deemulgatorlar ishlatiladi. Neftni yig`ish tizimiga
deemulgatorlarni haydash emulsiyalarning quvuruzatkichlarda hosil bo`lishini
oldini oladi va mavjud emulsiyalarni parchalashga yordam beradi. Bu bilan neft va
suvni neftni tayyorlash qurilmalariga birgalikda uzatish imkonini beradi.
2. Sentrifugalash.
Sentrifugada hosil bo`luvshi inertsiyaning katta kushi turli zichlikka ega
bo`lgan suyuqliklarni ajratish uchun ishlatilishi mumkin. (2- rasm).
2– rasm. Sentrifuganing sxemasi.
3. Sizdirish (filtratsiya).
Mustahkam bo`lmagan emulsiyalarni ajratish uchun sizdirish qatlamidan
o`tkazish mumkin. Sizdirish qatlami sifatida shag`al, maydalangan shisha, yog`osh
va
metall qirindilari, shishasimon tuzilma va boshqalardan foydalanish mumkin.
Filtrlar kolonnalar ko`rinishida bo`lib, ularning o`lchamlari haydalayotgan
emulsiya hajmiga, qovushqoqligiga va harakat tezligiga bog`liq. Neft emulsiyasi
kolonnaga pastdan yuboriladi va filtrdan o`tadi. Bu yerda suv ushlab qolinadi, neft
esa kolonnaning usti bilan erkin o`tib ketadi.
4.Issiq kimyoviy qurilmalar (IKQ).
Hozirgi zamonda suvli neftlarning 80 % i IKQ larda ishlanyapti. IKQlarni
ishlatishning qulay tomonlari quyidagilar: qurilmani o`rnatishning
soddaligi
(issiqlik almashtirgich, tindirgich va nasos); suv va neft tarkibini keng o`zgarishi
qurilma ish rejimiga sezilmaydigan darajada ta‘sir qilishi; emulsiyalarning tasnifi
o`zgarishi bilan uskuna va apparatlarni o`zgartirmagan holda, deemulgatorlarni
almashtirib turish imkonini beradi.
7
Neftni deemulsatsiya qilish issiq – kimyoviy qurilmalaridan
birini isitish
bloki BN – M ni ko`rib chiqamiz. Bu qurilma neft emulsiyasini isitish yo`li bilan
tezlik bilan suvsizlantirishga xizmat qiladi. (5.4– rasm)
Isitish bloki o`zaro ulangan to`rtta alangali isitgichdan, nazorat – o`lchov
asboblari
blokidan NUA, boshqaruv va signalizatsiya blokidan BSB va himoya
tusig`idan iborat.
Issiqlikka shidamli alangali isitgich korpus (4), issiqlik quvuri (2), burama
spiral (3), varaqasimon kompensator (5), yonish bo`limii (6)
va turbina
ko`rinishidagi gaz yondirgishi (7) dan iborat.
Isitish bloki quyidagisha ishlaydi. Ajratgichdan so`ng neft emulsiyasi nasos
yordamida alangali isitgichning quvur orti bo`shlig`iga haydaladi. Bu yerda yonish
bo`limida (6) yondirilgan gazning issig`i bilan emulsiya qizdiriladi. Issiqlik o`tish
yo`lini uzaytirish uchun quvur ortiga burama spiral joylashtirilgan. Birinchi
alangali isitgichda qizdirilgan emulsiya ikkinshi isitgichga yuboriladi.
Undan
emulsiya taqsimlovshi kollektor (8) orqali germetiklangan tindirgich (9)ga borib
tushadi. Bu yerda emulsiya neft va suvga ajraladi. Agar tindirgichdan (9) olingan
neft tarkibidagi tuz 40 mg/l
ni tashkil qilsa, u maxsus aralashtirgichda issiq
chuchuk suv bilan aralashtiriladi va tuzsizlantiriladi.
Dostları ilə paylaş: