3. Neft emulsiyalarining mustahkamligi va eskirishi. Neft emulsiyalarining eng asosiy ko`rsatkichlaridan biri ularning
mustahkamligidir, ya‘ni ma‘lum bir vaqt ishida neft va suvga parshalanib
ketmaCligi.
Neft emulsiyalarining mustahkamligiga quyidagi omillar katta ta‘sir
o`tkazadi:
1.
tizimning dispersliligi;
2.
fazalar tutash yuzasida himoya qobig`ini hosil qiluvshi emulgatorlarning fizik
– kimyoviy xossalari;
3.
aralashayotgan suyuqliklarning harorati va x.k.
Mana shu omillarga qisqasha to`xtab o`tamiz:
1.Dispersliligi bo`yicha neft emulsiyalari:
- mayda disperslik – suv tomchilari o`lchami 0.2 – 20 mk;
- o`rta disperslik – suv tomchilari o`lchami 20 – 50 mk;
- dag`al disperslik – suv tomchilari o`lchami 50 – 100 mk.
Emulsiyaning dispersliligi qancha baland bo`lsa, ya‘ni ichki fazaning
tomchilari qancha kichkina bo`lsa, emulsiya Shunsha mustahkam bo`ladi.
2. Emulsiyaning mustahkamligiga tomchilar yuzasida adsorbtsion
himoya qobig`ini hosil qiluvshi emulgator deb nomlanuvshi, barqarorlashtiruvshi
moddalar katta ta‘sir o`tkazadi. Adsorbtsion qobiqlarni hosil qilishda sirt faolligi
katta bo`lgan moddalar (asfalten, naften, parafin, vanadiy, nikel, litiy, temir, titan
kabi metallar kompleksi) va mayda disperslik neorganik moddalar (loy, qum va
tog` jinClaridan tashkil topgan) ishtirok etadi.
Neft emulsiyalarining mustahkamligi (SN) aralashayotgan suyuqliklarning
haroratiga bog`liq. Bu harorat qancha past bo`lsa, emulsiya Shunsha mustahkam
bo`ladi.
Emulsiyaning
temperaturasi
ko`tarilsa,
adsorbtsion
qobiqning
mustaxkamligi 0 gacha pasayadi, natijada suv tomchilarining qo`shilib ketishi
sodir bo`ladi va emulsiya parshalanib ketadi.
4.Neft emulsiyalarini parchalashning asosiy usullari. Hozirgi zamonda S/N ko`rinishidagi neft emulsiyalarini parchalashning
quyidagi usullari qo`llaniladi: gravitatsion sovuq ajratish, tsentrifugalash, sizdirish
(filtratsiya), issiq kimyoviy ta‘sir etish. Bu usullarning bir yoki bir neshtasi
birgalikda ham qo`llanilishi mumkin.
Shu usullarni qisqasha ko`rib chiqamiz.