Asosiy savollar:
1. Tuproq bonitrovasi to’g’risida tushuncha
2 Yerlarni bonitrovkaash usuli
Mavzuga oid tаyanch tushuncha va ibоrаlаr:
bonitrovka baholash, sinflar, yer, tuproq, kadastr, nisbiy baho, unumdorlik, potentsial, sun'iy, tabiiy unumdorliki, yeriin iqtisodiy uyushma, kadastr iomissiyasi, tamoyillar.
1-asosiy savol
Tuproq bonitrovkasi to’g’risida tushuncha
1-аsоsiy sаvоlning bаyoni:
Dokuchaev tuproqlarni bonitrovkalashda, ularni sinflarga, guruhlarga, tiplarga, tipchalarga, ayirmalarga bo’lishda tuproqdan, ya'ni uning tabiiy hususiyatlaridan foy-dalanish kerak ekanligini isbotladi va bu usul baholash usulini negizi ekanligini ko’rsatdi
Tuproqni tabiiy hossalarini e'tiborga olmasdan juda sifatli darajada bajargan iqtisodiy-statistik baholash usuli ham kutilgan natijaga olib ielmaydi.
Shunday qilib Dokuchaev va Sibirtsevlar tuproqni bonitrovkashda uni, ya'ni tuproqni har tomonlama tabiiy hususiyatlarini o’rganilishi lozimligi va shu asosda baholashni ishlab chiqdilar.
Bonitirovka ishlarini bajarish o’z ichiga ikki bosqichni oladi.
Birinchi - tuproqni tabiiy hossalarini, morfologik, genetii, kimyoviy, fizikaviy va boshqalarni dalada, laboratoriyada o’rganish bosqichi.
Ikkinchi - qishloq. Ho’jalik va statistik ma'lumotlarni to’plash, tanlash, qayta ishlash bosqichi.
«Bu har ikki bosqichdagi ko’rsatgichlar orasida uzviy boglanishlar bo’lib, hatto birinchi bosqichdagi ko’rsatgichlar ikkinchi bosqich ishlari uchun mezon bo’ladi», — deb yozgan edi Dokuchaev. yerlarni bonitrovkalashni Dokuchayev-Sibirtsev usulida eng avvalo tuproqlar tipi aniqlanadi va tasniflanadi, keyin esa morfogenetii belgilari, kimyoviy fizikaviy hossalarini o’rganishga kirishiladi.
Har bir tuproq. tipi uchun to’la kimyoviy tahlil, mehanik tahlil, nam sigimi, suv o’tkazuvchanlik, kapillyarlik, buglanish, issiqlik o’tkazuvchanlik va hokazolar aniqlanadi.
Dala va kameral ishlar natijasida Dokuchayev gumus miqdori va tuproq. qatlami qalinligi bo’yicha geologik diagrammalarni tuzdi.
Mendeleev ma'lumotlariga tayanib, ya'ni oziqa elementlari miqdori va boshqa kimyoviy hossalarini e'tiborga olgan holda Dokuchayev kimyoviy diagrammalar tuzdi va geologii hamda kimyoviy diagrammalardan o’rtacha chiqarib, uni tasvirladi.
Ana shu tabiiy-tarihiy usul bilan 100 balli shkala asosida Dokuchayev Nijniy Novgorod tuproqlarni baholadi. Shu bois ba'zan bu usulga Nijniy Novgorod usuli ham deyiladi. Tabiiy, albatta hozirgi iunda Dokuchayev-Sibirtsev tomonidan ishlangan tuproq. bonitrovkasi usuli bizni qiziqtirmaydi, leiin asos rolini o’ynay oladi.
Yerni baholashni statistik usuli
Bu usulda tuproqlarni baholashni mazmuni quyidagilardan iborat:
1. Yerni sifat jihatdan baholashni so’rov savollari orqali to’plangan ma'lumotlar asosida o’tiazish.
2. So’rov savollariga javob byerish, to’ldirish yer egalari va yer boshqarmalari zimmasiga yuilatilgan.
3. So’rov savollarini tarqatish, ularni to’plash, teishirish uezd politsiya boshqarmalari zimmasiga yuilatilgan.
Ko’rinib turibdi ko’rsatilgan savollarni tushunadigan va ularga to’g’ri javob beradigan hodimlar yetarli bo’lmagan. Chunki statistika hodimlari ichida hatto mahsus ma'lumot emas, balki to’liq o’rta ma'lumotli bo’lmaganlari ham ko’p uchrab turadigan holat bo’lgan.
Politsiya mahkamasi esa ma'lumotlar soni to‘g’rimi, hammasi to’ldirilganmi yo’qmi, shu savollarga javob bergan. So’rovnoma ichidagi savollarni mohiyatini tushunadigan odam bu zanjirda deyarli bo’lmagan.
Ko’rsatilgan kamchiliklarga qaramasdan yerlarni baholash shu tarzda bajarilgan.
Bu usulni o’zini oqlamasligi tezda ma'lum bo’ldi, shu bois boshqa usullar izlandi.
Yerlarni baholashni morfologik usuli
R. V. Rispolojensiiy, G. F. Nefedov usuli.
Bu olimlar o’zlarini morfologik usullarini ishlab chiqib, uni targ’ib qildilar.
Rispolojensiiy tuproqlarni baholashda ularning tabiiy hossalari hisoblangan mehanik tarkibi, kimyoviy tarkibini ahamiyatini yo’qqa chiqardi, ya'ni tuproq bahosi bilan ularni hossalari o’rtasida bog’lanish yo’q dedi va shu tarzda baholash ishlarini o’tkazdi. Bu usul ko’rinish va bajarilishi jihatidan sodda hamda arzon, shu bois qishloq ho’jaligi hodimlarida qiziqish uyg’ota oldi.
Lekin bu usulda baholash noto’g’ri natijalarga olib ielishi aniqlangan edi va shunday ham bo’ldi.
G. F. Nefedov esa tuproqni bir butun tushunmadi, uning kimyoviy, fizikaviy hossalari o’rtasidagi bog’lanishlarni ko’rmadi, shuning uchun tuproqni baholashda u baholanadigan yerlarni bitta, ya'ni gumusni tarqalishini yo’li boshqa bir hususiyatini haritalanishini afzal ko’rdi.
Rispolojensiiy va Nefedov usullari asosida ishlangan haritalari mutahassislar tomonidan keskin salbiy taqrizlar oldi.
Shunday qilib, bu davrga kelib 3 guruhdagi usullar tuproqni baholashda qo’llanila boshladi.
2. So’rov-statistika usuli. Bu usul iqtisodchilar, statistika hodimlari tomonidan tavsiya etilgan bo’lib, 59 uezd, 7 gubyerniyada qo’llanildi, 350 ming km2 maydonda sinaldi.
Dostları ilə paylaş: |