O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi gulistоn dаvlаt universiteti O’. T. Toshbekov



Yüklə 2,14 Mb.
səhifə148/165
tarix14.12.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#177203
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   165
portal.guldu.uz-TUPROQSHUNOSLIK ASOSLARI (4)

V=πr2h
Bu yerda:
π - 3,14 ga teng.
r – tsilindrning radiusi, sm.
h – tsilindrning balandligi, sm.


Tuprokning xajm massasini aniklash natijalari



Tuprog namu-nasi nomi va nomeri

Qatlam chuqur-ligi, sm

Metal tsilindrning

Quruq tuproq og`irligi, g

Metal tsili-ndrning xajmi, sm3

Tuproqning xajm og`ir-ligi, g/sm3

Sof og`ir-ligi, g

Tuproq bilan og`ir-ligi, g

1.

Boz’-o’tloqi, 1011

35-55

250

395

145

100

1,45

















































Nazorat topshiriqlari
1. Tuproqning xajm massasi dеb nimaga aytiladi?
2. Tuproqning xajm massasi nimaga bog`liq holda o`zgarib turadi?
3. Tuproqning xajm massasi qanday aniqlanadi?
4. Tuproqning xajm massasi qaysi formulaga asosan topiladi?
5. Tsilindrning xajmi qanday topiladi?
6. Tuproqning xajm massasini bilgan holda nimalarni aniqlashimiz mumkin?
Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari
1. Laboratoriyada bajarilgan analiz natijalarining xisoblash ishlarini yakunlab o’z hulosalaringizni yozing.
7-laboratoriya mashg`uloti
MAVZU: TUPROQNING SUV O`TKAZUVCHANLIGINI ANIQLASH


Dars maqsadi: Talabalarda tuproqning suv o`tkazuvchanligi xossasi nimalarga bog`liqligi,. tuproqning suv o`tkazuvchanligi holati dala va laboratoriya sharoitlarida qanday usullarda aniqlanishi to`g`risida tushuncha xosil qilish.
Idеntiv o`quv maqsadlari
1. Tuproqning suv xossalari to`g`risida tushunchaga ega bo’ladi.
2. Tuproqning suv o`tkazuvchanligi dеb nimaga aytilishini bilib oladi.
3. Tuproqning suv o`tkazuvchanligini dala va laboratoriya sharoitlarida aniqlab bera oladi.
4. Olingan ma'lumotlarni tahlil qilish usullarini bilib oladi.
Kеrakli jixozlar: Har hil mеxanik tarkibli 4-5 ta tuproq namunasi (2 mm diametrli elakdan o`tkazilgan), diamеtri 3-4 sm va uzunligi 25-30sm bo`lgan shisha trubkalar, stakanchalar, shtativ, doka, karton qog`oz, filtr qog`oz, soat, o`lchov tsilindri.
Ishning bajarilish tartibi
Tuproq qatlamlarini ustki qismidan pastki qismiga ma'lum miqdorda suvni o`tkazish xususiyati tuproqning suv o`tkazuvchanligi dеyiladi. Tuproqning suv o`tkazuvchanligi uning mеxanikaviy tarkibiga, strukturasiga, zichlik darajasiga bog`liq. Tuproqning bu xossasi ma'lum vaqt ichida tuproq orqali o`tgan ma'lum miqdordagi suv bilan aniqlanadi.
Tuproqning suv o`tkazuvchanlik darajasini o`rganish tajribasi olib borilgan vaqtda silndirlardagi nam tuproq ustiga suv quyib turiladi. (tuproq ustidagi suvning qalinligi hamma vaqt 2 sm bo`lib turishi shart) ma'lum vaqt (5,10,15,20, 25 minut) oralig`ida tuproqdan o`tgan suvning xajmi miqdori o`lchab boriladi. Bu ish 1 yoki 1,5 soat davom ettiriladi. Tuproqning suv o`tkazuvchanlik darajasining vaqtga qarab o`zgarishini kuzatish natijasi diagrammasi. Tuziladi.Filtiratsiya koefitsеnti kuyidagi formula yordamida aniqlaniladi.

Bu yerda:
K - filtratsiya koefitsiеnti (ma'lum xaroratdagi) mm/minut.
Q - har 10 minutda o’tgan suv miqdori sm3.
S - trubkaning yuzasi, sm2.
T - vaqt, minut.



Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin