NAZORAT TOPSHIRIQLARI 3.1.1. Tuproq granulometrik tarkibi tog’ jinslarining ...................... natijasida yuzaga keladi.
3.1.2. Mexanik elementlar deb nimaga aytiladi?
A) Har xil o’lchamdagi zarrachalarga;
B) O’lchami 0,01 mm dan kichik zarrachalarga;
C) Tog’ jinslari va minerallarning ayrim zarrachalariga;
D) Har xil fraktsiyalarga.
3.1.3. Tuproq mexanik tarkibiga ko’ra Kachinskiy klassifikatsiyasi nimaga asоslangan?
A) Fizik loyning fizik qumga bo’lgan nisbatiga;
B) Tuproq tarkibidagi chang, qum, loy miqdoriga;
C) Tuproqdagi har xil zarrachalarning miqdoriga;
D) Tuproqdagi kolloid zarrachalarning miqdoriga.
3.1.4. O’lchami 0,01 mm dan katta bo’lgan zarrachalar miqdoriga qarab o’rta qumoq tuproqni toping?
A) 10-20 %; B) 70-55 %; C) 55-40 %; D) 30-45 %.
3.1.5. Yirik chang zarrachalarining o’lchami nechaga teng?
A) 1-0,5 mm; B) 0,05-0,01 mm; C) 0,005-0,001 mm; D) 0,25-0,05 mm.
3.1.6. Qanday o’lchamdagi zarrachalar kolloid zarrachalar deyiladi?
A) 0,01-0,001 mm; B) 0,0002 mm; C) 0,001-0,005 mm; D) 0,001 mm.
3.1.7. Qanday o’lchamdagi fraktsiyalar tuproqning tosh qismini tashkil etadi?
A) 1-3 mm; B) 0,5-1 mm; C) 3 mm; D) 0,25-0,5 mm.
3.1.8. Fizik qum deb qanday o’lchamdagi zarrachalarga aytiladi?
A) 0,001 mm dan kichik; B) 0,01 mm dan kichik;
C) 0,01 mm dan katta; D) 0,01-0,001 mm.
3.1.9. Fizik loy deb qanday o’lchamdagi zarrachalarga aytiladi?
A) 0,001 mm dan kichik; B) 0,01 mm dan kichik;
C) 0,01 mm dan katta; D) 0,01-0,001 mm.
2-ASОSIY SAVOL TUPROQNING GRANULOMETRIK TARKIBINI O’RGANISH USULLARI 2-asоsiy savolning bayoni: Tuproq paydo qiluvchi jinslar va tuproqdagi turli katta kichiklikdagi zarrachalar miqdoriga ko’ra dala sharoitida tuproqning morfologik belgilarini o’rganish jarayonida va labarotoriya sharoitida taxlil qilish orqali mexanik tarkib aniqlaniladi.
Dala sharoitida qo’l bilan ushlab ko’rish orqali quruq holatda va ho’l holatda shnur qilib o’rib qo’riladi. Shnur qilib ko’rilganda sоchma va yopishqoq qum qumloq tarkibli tuproqlarda zarrachalar bir-biri bilan yaxshi birikmaydi. Yengil, o’rta qumoqlarda shnur hosil bo’lib har xil yoriqlar paydo bo’ladi. Og’ir tuproqlarda aylana hosil bo’lib yoriqlar miqdori juda kam bo’ladi yoki bo’lmaydi.
Labarotoriya sharoitida tuproqni mexanik tahlil qilish usulida jinslarni fraktsiyalarga ajratishda turli qonuniyatlarga asоslaniladi: