O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi gulistоn dаvlаt universiteti O’. T. Toshbekov



Yüklə 2,14 Mb.
səhifə78/165
tarix14.12.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#177203
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   165
portal.guldu.uz-TUPROQSHUNOSLIK ASOSLARI (4)

NAZORAT TOPSHIRIQLARI
8.1.1. Tuproq qattiq qismini ...................................................... eritadi.
8.1.2. Hozirgi vaqtda tuproq eritmasini ajratib olishda qaysi usullar qo’llaniladi?
8.1.3. Tuproq eritmasi eruvchi moddalarga to`yingan sari uning ......................... kuch ayadi.
8.1.4. Tuproqning eng muxim xususiyati nima deb o’ylaysiz?
8.1.5. Tuproq eritmasidagi moddalar dissоtsiyatsiya jarayoni natijasida qanday o’zgarishlarga uchraydi?
2-ASOSIY SAVOL
TUPROQ ERITMASINING TARKIBI, KONTSENTRATSIYASI VA
OSMOTIK BOSIMI
2-asоsiy savolning bayoni:
Tuproq eritmasidagi moddalar tarkibi va kontsentratsiyasi tuproqlar harakteriga, haroratga, namlikka, biologik protsesslarga qarab turlicha bo’ladi. Tuproq eritmasida nitratlar azot saqlovchi organik moddalarning mikroorganizmlar ta’sirida emirilishi natijasida hosil bo’ladi. Nitratlar miqdori esa tuproqdagi organik moddalar tarkibi va miqdoriga, nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar miqdori va aktivligiga bog’liqdir. Mazkur bakteriyalar faoliyati, o’z o’rnida, haroratga, namlikka muxitning pH - iga va boshqa faktorlarga bog’liqdir. Hosil bo`lgan nitratlar o’simlik va mikro-organizmlarga singadi. Shu sababli tuproqdagi nitratlar miqdori doimo o’zgarib turadi. Nitratlarning miqdori qarama-qarshi protsesga, ya’ni nitratlarning to’planishi va ularning o’simliklar tomonidan o’zlashtirilishiga, anaerob sharoitda esa denitrifikatorlarning yemirilishiga bog’liqdir.
Qora shudgorda o’simliklarning iste’mol etmasligi sababli nitratlar to’planadi. Bu nitratlar kuzda yuvilib tuproqning pastki qatlamlariga tushadi. O’simliklar o’sadigan dalalarda yoz paytida tuproqdagi nitratlar miqdori keskin kamayib ketadi. Chunki bu paytda o’simliklar nitratlarni ko’plab o’zlashtiradi. Tuproq eritmasida NO2- ioni kamroq, chunki u tez oksidlanib NO3- ga aylanadi. Aerob jarayonlari ustun bo`lgan sharoitda tuproqda NH4+ juda oz miqdorda bo’ladi, chunki u ham oksidlanib nitrifikatsiya natijasida NO3+ ga aylanadi. Anaerob sharoitida, aksincha, tuproqda NO va NO2- bulmagani xolda NH4+ ioni ko’proq bo’ladi. CO2 miqdori tuproqning biokimyoviy aktiviy aktivligiga qarab o’zgarib turadi. Issiq paytlarda nam yetarli bo`lganda tuproq havosi va eritmasidagi CO2 miqdori tirik organizmlarning nafas olishidan hamda o’simlik qoldiqlarini mikroblar yemirishidan ajralib chiqishi hisоbiga ortadi. Tuproqdagi biologiq protsesslar sust qechaetgan baxor va quz paytlarida CO2 miqdori kamayib qetadi.
Tuproq havosida CO2 ko’payganda eritmada ham CO2 miqdori ortadi va eritma kislotaliligi keskin oshadi. Tuproq eritmasida CO2 miqdorining ortishi natijasida CaCO3 ning eruvchanligi ortadi va qisman bikarbonatga aylanadi. Tuproq eritmasida HCО3- ionining paydo bo’lishi natijasida tuproq ishqorlanadi. Ayniqsa pH ning keskin ko’tarilishiga esa sоda sabab b’ladi. Tuproq eritmasida PO43- ioni juda kam miqdorda bo’ladi (0,75-1,5 mg/l). Asоslarga boy bo`lgan neytral va ishqoriy tuproqlarda PO43- kaltsiy tuzi, masalan, Ca3(PO4)2 yoki natriy tuzi tariqasida buladi. Bu ion nordon tuproqlarda AIPO4 va FePO4 shaklida uchraydi. Bu birikmalar juda kam eriydi.
Tuproqda bazoidlar bo`lganda difosfat ionlari tuproqqa singadi, natijada tuproq eritmasida ularning kontsentratsiyasi kamayib ketadi. O’simliklar fosfatning harakatchan birikmalarini o’zlashtiradi, shuning uchun bu birikmalar kontsentratsiyasi kamayadi. Nitrifikatsiya va sulfurizatsiya eruvchi formadagi fosfor miqdorini oshiradi.
Sho’rlangan tuproqlar eritmasida SО42- va CI- bo’ladi. Tuzlarning erishi, silikatlar va alyumosilikatlarning parchalanishi hamda singdiruvchi kompleksdan kirishi natijasida tuproq eritmasida kationlar hosil bo’ladi. Sho’rlanmagan tuproqlarda ozroq miqdorda kaltsiy Ca(HCO3)2 va Ca(NO3)2 shaklida bo’ladi. Sho’rlangan tuproqlarda kaltsiy CaSО4 va CaCI2 shaklida uchraydi. Tuproqda kaliy kamroqdir.
Nordon tuproqlar eritmasida AI va Fe ionlari bo’ladi. Tuproq eritmasidagi organik moddalar miqdori Ca bo`lganda kamayadi va nordon tuproqlarda vodorod bo`lganda esa ortadi, shuningdek kuchli ishqorlangan tuproqlarda Na ko’payadi. O’simlik tuproqdagi moddalarni ularning kontsentratsiyasi past bo`lgandagina o’zlashtiradi. Eritmaning osmotik bosimi hujayra shirasining osmotik bosimidan yuqori bo`lganda moddalar o’zlashtirilmaydi, shu sababli o’simlik o’sishdan va rivojlanishdan to’xtaydi. Sho’rlangan tuproqlarning osmotik bosimi eng yuqori bo’ladi. Sho’rlanmagan tuproqlarda osmotik bosim kattaligi namlikqa bogliqdir. Tuproq qurigan sari osmotik bosim orta boradi. bordi-yu, tuproqda faqat qiyin eriydigan tuzlar bo’lsa, tuzlarning kontsentratsiyasi oshganda ular eritmadan cho’kmaga tushadi, shu sababli sho’rlanmagan tuproqlarda osmotik bosim tuproq, hatto juda quruq bo`lganda ham aytarli darajada oshmaydi.
Tuproq eritmasi o’z tarkibiga qarab uch xil - neytral, ishqorli va kislotali bo’lishi mumkin. Tuproq ishqoriyligi yoki kislotaliligining miqdori eritmaning titrlanishi bilan yoki vodoprod ionining kontsentratsiyasini belgilash orqali aniqlanadi. Tuproq ishqoriyligi tuproq eritmasida ishqoriy yer asоslarninng bikarbonatlari Ca(HCO3)2 va Mg(HCO3)2, ishqorlarning karbonatlari hamda bikarbonatlari Na2CO3 va Na2HCO3 ning mavjudligi bilan vujudga keladi.
Ohakka boy bo`lgan tuproq kuchsiz ishqorlanganligi yoki tuproq eritmasi reaksiyasining neytral (7-7,5 atrofida) bo’lishi bilan harakterlanadi:

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin