CaCO3 + CO2 + H2O=Ca(HCO3)2; Ca(HCO3)2 + 2H2O=Ca(OH)2+2H2O. Tuproq eritmasining kislotaliligi organik kislotalarga, shu jumladan, fulvokislotalarga va mineral kislotalarga shuningdek nordon tuzlarning bo’lishiga hamda singdirilgan vodorod va alyuminiyga bog’liqdir. Tuproq kislotaliligini belgilovchi vodorod kontsentratsiyasi eritmada H2CО3 ning ko’payishiga qarab orta boradi.
Eritmada H2CО3 kontsentratsiyasi ko’payganda vodorod ionlari kontsentratsiyasi ortadi, eritmada HCО3- ko’payganda esa kamayadi. Na+ ishqoriylikni keskin oshiradi.
Podzollashgan va qizil tuproqlarda pH 4-6 atrofida bo’ladi, botqoq tuproqlarda esa kamayib 3,5 ga tushadi. Qora tuproqlarda pH - 5,8-7,5, bo’z tuproqlarda 7-8, sho’rtoblarda esa 10-11 bo’ladi. pH 4-8 - o’rtasida bo`lganda o’simliklar turiga qarab normal rivojlanishi jarayoni ketadi.
pH ning ba’zi o’simliklar uchun optimal o’lchovi