NAZORAT TOPSHIRIQLARI 10.1.1. Ikki va undan ortiq mexanik elementlar jipslashib ..... hosil qiladi.
10.1.2. Tuproq strukturasi deb nimaga aytiladi?
10.1.3. S.A. Zaxarov bo’yicha necha xil shakldagi struktura farq qiladi?
10.1.4. Bo’z tuproqlar tipi uchun qanday struktura shakli harakterli?
10.1.5. O’lchami 0,25 mm dan katta zarachalar .................... deyiladi.
10.1.6. O’lchami 0,25 mm dan kichik zarachalar ................. deyiladi.
10.1.7. Ikki va uch valentli kationlar bilan to`yingan tuproqlar .. hosil qiladi.
2-ASOSIY SAVOL TUPROQ STRUKTURASINING AGRONOMIK AHAMIYATIGA KO’RA BAHOLANISHI 2-asоsiy savolning bayoni: Agronomik nuqtai nazardan eng yaxshi struktura deb mustaxkam, suvga chidamli va serg’ovak donador agregatlar tushiniladi. Bu agregatlarning o’lchami 10 mm dan 0,25 mm gacha deb qabul qilingan. Umuman olganda agronomik jixatdan yaxshi xisоblangan agregatlarning o’lchami 5 mm dan 0,25 mm gacha deb qabul qilingani maqulroq. Kachinskiy (1965) agregatlar o’lchamining optimal holatini belgilashda barcha tuproq iqlim sharoiti uchun bir xilda bo’lmasligi kerakligini aytadi. Yog’ingarchilik ko’p bo’ladigan mintaqalarda agregatlar o’lchami kattaroq bo`lgani maqul ekan, bunda g’ovakliklar ko’p va katta bo’lib suv va havo o’tkazuvchanligi, botqoq joylarda suvning qochirilishi yaxshi bo’lar ekan. Quruq iqlimli mintaqalarda esa teskarisi namlikni saqlash kerak, havo xarorati yaxshi yoki meyoridan ortiq bunda agregatlar o’lchami qum donachalari o’lchamiga yaqinlashtirilishi mumkin. Lekin bunda haydalma qatlam defelyatsiyaga uchrashi mumkin.
Frantsessоn (1963) qora tuproqlarda >2 mm dan katta bo`lgan agregatlargina eroziya jarayoniga chidamli bo’lishi mumkin, undan kichiklari chidamsiz bo’ladi deydi.
Tuproq qattiq qismining struktura darajasi bilan tuproq g’ovakligi va uning o’lchami uzviy bog’langan. G’ovakliklarda esa fizik , ximik va biologik jarayonlar sоdir bo’ladi. Undan tashqari o’simliklar uchun zarur bo`lgan suv zaxirasi va tuproq havosi bo’ladi. Bo’shliqlar orqali suv harakatlanadi.
Suv o’tkazuvchanglikning yuqori bo’lishi suvning yer usti harakatini kamaytiradi, shu bilan birga tuproqni suv eroziyasidan saqlaydi.
Dehqonchilik tarixida strukturali tuproqlarning suv, havo va oziq rejimini yaxshi bo’lishi isbotlangan. Bu borada O’rta Osiyo tuproqlariga nisbatan A.N.Rozonov, S.N.Rijovlarning fikrlariga ko’ra shuni takidlash kerakki, O’rta Osiyo tuproqlarining xech qaysisi Rossiya sharoitiga mos kelmaydi. O’rta Osiyo paxtakorlari Sug’orish uchun sarflangan suv, dalalarga sоlingan o’g’it va katta mehnat evaziga bu yerlardan mo’l- ko’l hosil olayotirlar.
O’zbekiston paxtachilik instituti va uning viloyatlardagi tajriba markazlarida hamda Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot institutida olingan ma’lumotlar asоsida quyidagi hulosaga kelinadi:
1. Bo’z tuproqlar mintaqasida struktura darajasi yaxshiligi jixatidan o’tloq tuproqlardan keyin to’q tusli bo’z tuproqlar, undan keyin tipik bo’z tuproqlar va eng keyingi o’rinda och tusli bo’z tuproqlar turadi.
2. Eng past "Strukturali"- tuproqlar-sahro mintaqasi tuproqlaridir. Bulardan taqirlar eng oxirgi o’rinda turadi.