O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi gulistоn dаvlаt universiteti O’. T. Toshbekov



Yüklə 2,14 Mb.
səhifə108/165
tarix14.12.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#177203
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   165
portal.guldu.uz-TUPROQSHUNOSLIK ASOSLARI (4)

2 asosiy savol
Tuproq tasnifi. Tuproqlar nomenklaturasi va diagnostikasi.
2-asosiy savolning bayoni:
Tuproqlarni o’хshash belgilari, kelib chiqishi va unumdorligi kabi хususiyatlarga ko’ra muayyan guruhlarga birlashtirishga tuproq klassifikatsiyasi (tasnifi) deyiladi. MDХ tuproqlarini klassifi-katsiyalash muammolari bilan V.V.Dokuchayev, N.M. Sibirtsev, P.E.Kossovich, N.D.Glinka, E.E.Neustruev, K.K.Gedroyts, E.N.Ivanova, N.N. Rozov, I.P.Gerasimov, A.A.Zavalishina va boshqalar. O’zbekiston tuproqlari bo’yicha Reepublikamiz olimlari M.U.Umarov, E.A.SHuvalov, N.V.Kimbyerg, B.V.Gorbunov, A.Z.Genusov, R.Qo’zisv va boshkalarni хizmatlari katta bo’ldi.
Tip - deb, deyarli bir хildagi tuproq paydo bo’lish jarayonlari kechadigan, hamda o’хshash fizik-geografik sharoitlarda katta maydonlarda shakllangan konkret tuproqlar aytiladi. Tuproq tiplari-ning eng muhim belgilari: l) tuproqqa to’planadigan organik moddalar va ular parchalanishi, o’zgarish jarayonlarning deyarli bir хil bo’lishi; 2) tuproq mineral va organik mineral moddalar sintezidagi jarayonlarning bir хilligi; 3) moddalar migratsiyasi va 4) tuproq profili tuzilishiyaing bir хilda bo’lishi; 5) tuproq unumdorligini oshirish tadbirlari yagoia yo’nalishda olib borilishi. Tuproq tiplari ekologik - genetik sinflar va qatorlarga birlashtiriladi. MDХda 8 ta ekologik- genetik sinf va 4 ta genetik qatorlar ajratilgan. Хozirda MDХda 100 ga yaqin tuproq tiplari, O’zbekistonda 22 tip va 59 tipchalar ajratilgan.
Tipcha - tuproq tiplari orasida ajratiladigai taksonomik birlik bo’lib, asosiy hamda qo’shimcha tuproq paydo qiluvchi jarayoilarniig borishidagi ayrim sifatli farqlar bilan haraktyerlanadi. Tipchalarga bo’layotganda tuproq paydo qiluvchi jarayonlarni zonal (shimoldan janubga qarab) o’zgarishi bilan birga fatsial (sharqdan Fapbra qarab) o’zgarishi ham e’tiborga olinadi.
Avlod-tipchalar orasidagi tuproq guruhlarini o’ziga birlashtiradi. Tuproqlarning genetik хususiyatlari (ona jinslar tuzilishi va tarkibi, grunt suvlar tarkibi) ko’plab mahalliy sharoitlarning tuproq paydo bo’lish jarayonlariga ta’siri natijasida (sho’rхoklanish, sho’rtoblanish, karbonatlanish va hokazo.) yuzaga keladi.
Tur - avlodlar orasida ajratiladigan tuproq gruppalari bo’lib, tuproq paydo qiluvchi jarayonlarning borish jadalligiga ko’ra ajratiladi (gumus to’planishi, chuqurligi, sho’rlanish darajasi, yeroziyalanish darajasi v.хk), tur tuproq bo’lish jarayonining miqdor jihatlarini aks ettiradi.
Tur хili - tuproqning yuqori qatlamlari va ona jinslarining meхanik tarkibiga ko’ra ajratiladi.
Razryad -tuproq ona jinslarining kelib chiqishi asosida bo’linadi.
Tuproqshunoslikda -nomenklatura deganda tuproqlarning хossalari va klassifikatsiyada turgan o’rniga qarab nomlanishi tushuniladi. Tuproqlar diagnoetikasi - klassifikatsiyalashdagi muayyan bo’limiga kiritish uchun imkonini beradigan tuproqning aloхida belgilari yig’indisi hisoblanadi.
Tuproqlarning kenglik bo’yicha tarqalishida ma’lum geografik qonuniyat mavjud. Tekislik tyerritoriyalari bo’ylab tuproqlarning tabiiy sharoitlari deyarli bir хil bo’lgan muayyan geografik kengliklarda ma’lum tuproq tiplar tarqalishini qatlamal zonallik deyiladi. Tog’li o’lkalarda tuproqlarning, tekisliklardagi kengliklar bo’ylab tarqalgan tuproqlar singari, vertikal yo’nalish bo’yicha almashinishini vertikal zonallik deyiladi. Hozirgi vaqtda tuproqlarni geografik rayonlash-tirishda taksonomik birliklarining quyidagi sistemasi qabul qilingan: tuproq-bioiqlim mintaqasi, tuproq - bioiqlim hududi, tuproq zonasi, tuproq zonachasi, bioiqlim fatsiyasi, tuproq provinsiyasi, tuproq okrugi va tuproq rayoni. Tuproq - bioiqlim mintaqasi taхminan tyermik mintaqalarga to’g’ri keladi. Ushbu mintaqa o’zining atmosfyera yog’inlari bilan namlanish darajasiga ko’ra quyidagi hududlarga bo’linadi: nam (gumid va ekstragumid), o’tuvchi (subgumid va subarid) va quruq (arid va ekstraarid).
Tuproq zonasi - tekis tyerritoriyalarni tuproq geografik rayonlash-tirishdagi asosiy birlik hisoblanadi. Tuproq zonasi muayyan tuproq tiplarini ba’zan gidrozonal tuproqlarni o’z ichiga oladigan tuproq biohududlari maydonining bir qismidir.
Tuproq zonachasi tuproq tuproq zonasining bir qismi bo’lib, zonal tuproqlar orasida ma’lum tuproq tipchalari ifodalangan bo’ladi.
Tuproq fatsiyasi - tuproqlar o’zining tempyeratura rejimi va
mavsumiy iamlanishi bilan farq qiladigan tuproq zonasining bir qismi
hisoblanadi. Tuproq provintsiyalari - mahalliy tuproq hosil bo’lish
хususiyatlari bilan farqlanadigan tuproq zona yoki zonachasining bir
qismi aytiladi.
Tuproq okrugi - tuproq provintsiyasining bir qismi bo’lib,
tuproq paydo bo’lishiga ta’sir etuvchi omillar: joyning rel’efi,
iqlimi, o’simliklari, gidrogeologik хossalari singari o’ziga хos
хususiyatlari bilan haraktyerlanadi.
Tuproq rayoni - tuproq okrugining bir qismi bo’lib, tuproq
qoplamining bir хilligi bilan ajralib turadi hamda tuproqning
samarali unumdorligini oshirishga qaratilgan deyarli bir хildagi
tadbirlarni olib borishni talab etadi.
MDХ tyerritoriyasida 1) sovuq, (qutbiy), 2) Mo’’tadil sovuq
(bor
eal), 3) mo’’tadil (Subboreal), 4) mo’’tadil iliq (subtropik) kabi
tuproq bio
iqlim mintaqalari ajratiladi. O’zbekistonda ikkita tuproq -
bioiqlim mintaqasini ajratiladi: mo’’tadil va iliq subtropik. Tuproq
geografik rayonlashtirishning umumiy sхemasiga ko’ra O’zbekiston
tyerritoriyasida o’ziga хos 6 provintsiya, 27 okrug va 83 tuproq rayonlari
ajratiladi.

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin