E) Suyuq, qattiq.
2.1.2. Tuproq qattiq qismi ....................................................... dan iborat?
2.1.3. Litosfera tekshirilgan qatlamining necha foizi otqindi jinslardan iborat?
A) 85 %;
B) 90 %;
C) 95 %;
D) 75 %;
E) 98 %.
2.1.4. Metomorfik jinslar qanday jinslar bo’lib hisоblanadi?
2.1.5. Ko’pchilik tog’ jinslari .................. minerallardan tashqil topgan?
2-ASОSIY SAVOL TUPROQNING MINERALOGIK TARKIBI. BIRLAMCHI VA IKKILAMCHI MINERALLAR 4-asоsiy savolning bayoni: Tog’ jinslari va ularni tashkil qilgan minerallarning tarkibi dastlabki jins xarakteriga nurash jarayonining tezligi va qaysi bosqichda o’tayotganligiga bog’liqdir. Chunonchi, magmatik jinslar masalan, granitlar nuraganda kimiyoviy nurashga chidamli bo’lgan qoldiq mineral kvars turli katta kichiklikda (1-3 mm dan to 0,01-0,001 mm gacha) bo’lgan uvoqchalar shaklida to’planadi.
Nurash natijasida hosil bo’lgan qoldiq maxsulotlar orasida slyudalarning ayrim plastinkalari, ayniqsa nurashga chidamli muskovitni, shuningdek hali nurab ulgurmagan ortaklaz, sikatlarda esa rogavaya obmanka, appatitning mayda uvoqlari bo’lishi mumkin.
Tog’ jinslarining havo haroratining o’zgarishi ya’ni fizik jarayonlar ta’sirida yemirilib har xil bo’laklar hosil qilishi jarayonida yuzaga kelgan, dastlabki kimyoviy tarkibini o’zgartirmagan minerallarga birlamchi minerallar deb yuritiladi. Bularga kvarts, dala shpati, slyuda, rogovaya obmanka, ortaklazlar kiradi.
Tog’ jinslarining kimyoviy va biologik nurashga uchrashi natijasida dastlabki kimyoviy tarkibini o’zgartirgan minerallarga ikkilamchi minerallar deyiladi. Bular nurash maxsulotlarining eng muhim qismi bo’lib quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1. Nurash qobig’ining ustki qatlamlarida hali yuvilib ulgurmagan, qo’pincha quruq iqlim sharoitida hosil bo’ladigan oddiy tuzlarning minerallari.
2. Birlamchi minerallarning gidratatsiyasi natijasida hosil bo’ladigan gidrogellar formasida cho’kadigan degidratatsiya natijasida kristall shakliga o’taoladigan oksidlar hamda gidrooksidlarning minerallari.