3.3. Barcha talabalar tomanidan aytilgan fikrlar umumlashtiriladi, tahlil qilinadi va eng to’g’ri fikrlar jamlanadi.
3.4. Aytilgan g’oyalar to’ldiriladi, tuproqni haritalash fanini o’rganish tartibi belgilab olinadi.
O’qituvchi-talaba,
40 minut.
IV
Beriladigan savollar: 1. Tuproq qattiq qismi ................................................................... dan iborat?
2. Litosfera tekshirilgan qatlamining necha foizi otqindi jinslardan iborat?
3. Metomorfik jinslar qanday jinslar bo’lib xisоblanadi?
4. Ko’pchilik tog’ jinslari qanday minerallardan tashkil topgan?
5. Birlamchi va Ikkilamchi minerallar deb nimaga aytiladi?
O’qituvchi, 15 minut
V
Yakuniy fikrlar aytiladi. Talabalar bilimini baholash uchun og’zaki va test savollari beriladi. Baholash mezoni asosida talabalar bilimi baholanadi.
TMI topshiriqlari beriladi.
Dars yakunlanadi va talabalar bilan xayrlashiladi.
O’qituvchi, 10 minut
ASОSIY SAVOLLAR 2.1. Litosferaning tarkibi. 2.2. Tuproqning mineralogik tarkibi. Birlamchi va ikkilamchi minerallar. Tayanch iboralar: Litosfera, cho’kindi jinslar, metomorfik jinslar, mineralogik tarkib, birlamchi va ikkilamchi minerallar.
1-ASОSIY SAVOL LITOSFERANING TARKIBI 1-asоsiy savolning bayoni. Tuproq fizik nuqtai nazardan uch fazali sistema hisоblanadi. Tuproq qattiq, suyuq va gazsimon fazalardan tashqil topgan.
Tuproqning qattiq fazasi mineral hamda organik moddalardan iboratdir. Tuproqning mineral qismi quruqlikning yuza qatlamidagi tog’ jinslarning nurashi natijasida paydo bo’ladi. Yerning qattiq qobig’i bo’lgan litosfera zich kristall, cho’kindi va metamorfik jinslardan tashqil topgan. Zich kiristal jinslar erigan magmaning chuqur qatlamlarida yuqori bosim ta’sirida qotib qolishi natijasida paydo bo’ladigan intruziv jinslarga hamda yer yuzasiga oqib chiqqan magmaning odatdagi atmosfera bosimi sharoitida qotishi natijasida hosil bo’lgan effuziv va hakoza jinslarga bo’linadi. Litosferaning tekshirilgan qatlamining 95 %-i otqindi jinslardan iboratdir. Mazkur jinslarning paydo bo’lishidagi termodinamik sharoit yer ustidagi sharoitdan tubdan farq qiladi. Bu jinslar qotayotgan hamda kristallanayotgan paytda tempratura +1000 dan yuqoriroq bo’lsa chuqirlikdagi jinslar bir necha ming atmosferadan iborat bosim ostida paydo bo’ladi. Bunda magma suyuq suv yo’q sharoitda qotadi. Zich kristal jinslar yer yuzasiga chiqqach, past tempratura hamda past bosim sharoitda beqaror bo’lib qoladi, yemiriladi va o’z shaklini o’zgartirib yer ustki qatlamlarning termodinamik sharoitiga chidamli yangi tog’ jinslarni ham hosil qiladi.
Cho’kindi jinslar otqindi jinslarning yog’in-sоchin hamda mexanik kuchlar ta’siri ostida yemirilishi natijasida hosil bo’ladi. Sоz, lyoss, qum, konglamerat, qumtosh, slanetslar va boshqalar ana shu guruhga kiradi.
Cho’kindi jinslar eritma xolidan moddalarning, turli tuzlarning va kolloid cho’kindilar, kristal yoki amorf shaqilda cho’kindiga aylanish yo’li bilan ham hosil bo’lishi mumkin. Bu jinslar kimyoviy cho’kindilar deb ataladi. Nixoyat cho’kindi jinslar o’simlik va jonivorlar qoldiqlarining to’plana borishi, keyinchalik ularning fizik va kimyoviy kuchlar ta’sirida shaklan o’zgarishi natijasida ham hosil bo’ladi. Bunday jinslar organogen yoki biolitlar deb ataladi. Oxaktoshlar, bo’r, toshko’mir, neft va boshqalar mana shunday jinslardir.
Cho’kindi jinslar litosfera tarkibida u qadar katta ro’l o’ynamaydi, biroq ular quruqlikning 75 % -iga yaqin maydonini turli qalinlikdagi qatlam bilan qoplaydi. Bu jinslar paydo bo’lish hamda to’planish sharoitiga qarab dengiz va kontinental jinslarga bo’linadi.
Metamorfik jinslar 3-guruhga kiradi. Bular ikkilamchi kristal jinslar bo’lib yerning chuqur qatlamlaridagi yuqori tempratura va katta bosim ta’sirida cho’kindi hamda otqindi jinslardan kelib chiqqandir. Mazkur jinslar o’z xossalariga ko’ra zich kristall jinslarga yaqin turadi va yer yuzasida kamroq tarqalgan.
Tog’ jinslari minerallardan tashqil topgandir. Hozir 3000 dan ortiq mineral ma’lum. Otqindi, cho’kindi jinslar tarkibiga kiradigan va bularning parchalanishi natijasida paydo bo’ladigan jins hosil qiluvchi asоsiy minerallar ko’p emas - bir necha o’ntadan oshmaydi. Slikatlar, alyumoslikatlar kvarts, slyudalar va ikkilamchi sоzli minerallar, otqindi jinslar, hamda ulardan vujudga kelgan uvoq jinslar, jins hosil qiluvchi asоsiy minerallar hisоblanadi.
Kimiyoviy jinslar oddiy tuzlar (vodorod xlorid, sul’fat, karbonat, fosfat va boshqa kislata) minerallaridan iborat.
Otqindi va cho’kindi jinslarning o’rtacha mineralogik tarkibi