O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi gulistоn dаvlаt universiteti O’. T. Toshbekov



Yüklə 2,14 Mb.
səhifə30/165
tarix14.12.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#177203
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   165
portal.guldu.uz-TUPROQSHUNOSLIK ASOSLARI (4)

Tuproq qo’shilmalariga - o’simlik ildizlarning chirimay qolgan qismlari, suyaklar, toshlar pishiq g’isht bo’laklari, idish tovoqlarning siniqlari va h.k. lar kiradi. Bunday qo’shilmalar tuproq tarkibining o’zgarishiga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydi.
Tuproq qo’shilmalarining turli chuqirliklardan topilishi mazkur keltirilmalarning qalinligi va sug’orib ekin ekiladigan dehqonchilikning tarixi haqida fikr yuritish imkonini beradi.
NAZORAT TOPSHIRIQLARI:
5.2.1. Tuproqning morfologik belgilarini ko’rsating?
A) rangi, mexanik tarkibi, qovushmasi, yangi yaralmasi;
B) mexanik tarkibi, qovushmasi, rangi, qo’shilmasi, strukturasi, yangi yaralmasi;
C) mexanik tarkibi, genetik qatlami, rangi, qo’shilmasi, strukturasi, yangi yaralmasi;
D) rangi, mexanik tarkibi, donadorligi, qovushmasi, yangi yaralmasi, qo’shilmasi.
5.2.2. Tuproqqa qora rangni ...........................................birikmalari beradi.
5.2.3. O’lchami 0,25 dan katta zarrachalar ................................... deyiladi.
5.2.4. Tuproq qo’shilmalariga nimalar kiradi?
5.2.5. Tuproqning mexanik tarkibi dala sharoitida qanday aniqlaniladi?
5.2.6. Tuproqning zichligiga qarab tuproqlar qanday guruhlarga ajratiladi?
5.2.7. Tuproqning yangi yaralmalari deb nimaga aytiladi va ularga nimalar kiradi?
3-ASОSIY SAVOL
TUPROQNING MORFOLOGIK BELGILARINI O’RGANISH USULLARI
3-asоsiy savolning bayoni:
Tuproq morfologiyasi tuproqshunoslik fanining muhim bo’limidir. Tuproqlarni aniqlash, ularning genezisi, kimyoviy va fizik hossalarini hamda dehqonchlikka yaraqli ekanligini o’rganish uchun dalada o’tkaziladigan tekshirishlarda keng ko’lamda foydalaniladi. O’z o’zidan ayonki, tuproqlarning morfologik tasviri tuproqlar sistematikasi, genezisi, kimyoviy va fizik hossalari hamda ularning unumdorligi kabi ko’pgina muhim masalalarni yoritib bera olmaydi. Buning uchun tuproqlarni tekshirishning boshqa usullarini ham qo’llash maqsadga muvofiqdir. Bunday usullar ishlab chiqilgan va amalda qo’llanilib kelinmoqda.
Tuproq kesmalari tuproq hosil qiluvchi jinslar morfologiyasini mukammal tekshirish va tuproq namunalarining kimyoviy tarkibini, fizik va boshqa hossalarini laborotoriyada aniqlash uchun kovlanadi.
Kesmalar butun tuproq profillini va tuproq hosil qiluvchi jinsning talaygina qismini ochib berishi kerak. Uning chuqurligi 2 m dan kam bo’lmasligi lozim. Kesmalarni shunday tushirish kerakki uning oldingi devori quyoshga qaragan bo’lsin. Kesmalarning devorlari tik tushishi kerak, orqa devori zinapoyaga o’xshagan bo’lsin. O’rganiladigan tomonining tabiy holati buzilmasligi kerak. Kesmalarni kovlash jarayonida chirindili-akkumulyativ (A), o’tuvchi (B) va ona jins (C) qatlamlar alohida-alohida tomonga qovlanib tashlanishi kerak va tekshirib bo’lingach shu tartibda ko’mib qo’yilishi kerak.
Tuproqning joylanish sharoitlari va profili maxsus tuproq kundalik daftarida tasvirlanadi. Chuqur tushiriladigan joy shunday tanlanadiki u imkoniyati boricha kattaroq joyni xarakterlasin, yani tanlangan joy tipik bo’lsin.
Tuproq qatlamlarning morfologiq belgilari o’rganilgach, har bir genetik qatlamdan analiz uchun 1-1,5 kg dan tuproq namunasi olinadi.
Tuproq monoliti, yani tabiy holati saqlangan tuproq namunasi dala sharoitida maxsus 1,5-2 m chuqur qazilib olinadi. Buning uchun ma’lum o’lchamdagi eni 30-40 sm, bo’yi 1,5-2 m. qalinligi 15-20 sm lik yashik tayorlanadi. Dalada o’ra qazilib sо’ng yashik o’lchami bo’yicha o’ra devori o’yilib, unga yashik kiritiladi va extiyotlik bilan tabiy holatini buzmagan holda tuproqni yashikka o’tkaziladi. Usti fanera bilan bekitilib yopib qo’yiladi va laboratoriyaga keltiriladi. Bu ishlar tuproq muzeylarini tashkil qilish uchun va talabalarga laboratoriya sharoitida tuproqning morfologik belgilrini o’rgatish uchun bajariladi.

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin