O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi gulistоn dаvlаt universiteti O’. T. Toshbekov


Namlanganda ham yemirilmaydigan suvga chidamliligi mustaxkam hususiyatga ega bo’lgan donadorlik; 2



Yüklə 2,14 Mb.
səhifə29/165
tarix14.12.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#177203
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   165
portal.guldu.uz-TUPROQSHUNOSLIK ASOSLARI (4)

1. Namlanganda ham yemirilmaydigan suvga chidamliligi mustaxkam hususiyatga ega bo’lgan donadorlik;
2. Namlanganda parchalanib ketadigan suvga chidamsiz mustaxkam bo’lmagan sоxta donadorlikka bo’linadi.
Bundan tashqari, tuproq donadorligi o’lchamiga qarab ham ikkiga bo’linadi:
1. O’lchami 0,25 mm dan katta bo’lgan zarrachalar – makrodonodorlik;
2. O’lchami 0,25 mm dan kichik bo’lgan zarrachalar – mikrodonadorlik deb yuritiladi.
Tuproq donadorligi aniq ko’rinib turadigan bo’lishi yoki, aksincha, yaxshi ko’rinmasligi ham mumkin. Nihoyat, umuman donadorligi yo’q tuproqlar ham mavjud.
Tuproq donadorligi qatlamlar bo’yicha o’zgarib turadi.
Tuproq qovushmasi - quruq tuproqning zichligi va g’ovaqligi turlicha bo’ladi. Tuproq zichligi quydagilarga bo’linadi:
1) o’ta zich tuproqlar - belkurak va pichoq o’tmaydi.
2) zich tuproqlar - zarrachalar jips birikkan bo’ladi, va ularga belkurak qiyin o’tadi.
3) g’ovak tuproqlar - bunda zarrachalar yoki donador elementlar o’zaro yahshi birikmagan bo’ladi va belkurak osоnlik bilan kesadi.
4) sоchiluvchan tuproq - ular tarkibida sоchiluvchan qumlar bo’ladi nam holda zichligi kamayadi.
Tuproq zarralari va donador bo’laklari o’rtasidagi g’ovakliklarning katta kichikligi, shakli va miqdoriga qarab quyidagilarga bo’linadi:
1) Mayda g’ovakli tuproqlar - g’ovakliklarning diametri 1mm dan kichikroq bo’ladi (lyoss);
2) g’ovakli tuproqlar - g’ovaklarning diametri 2-3 mm (sur tuproqlar);
3) g’alvirakli tuproqlar - g’ovaklarning diametri 3-5 mm gacha;
4) teshikli tuproqlar - g’ovaklarning diametri 5-10 mm;
5) serg’ovakli tuproqlar - 10 mm dan ortiq;
6) mayinsimon tuproqlar - yer qazuvchi jonivorlarning inlari;
7) yoriqli (tirqishli) tuproqlar - yoriqlarning eni 10 mm dan ortiq.
Yangi yaralmalar - Tuproq paydo bo’lish jarayonida uning bo’shliqlari va ustki qatlamlarida to’planadigan moddalar tuproqning yangi yaralmalari deyiladi. Ular kimyoviy va biologik yaralmalarga bo’linadi.
Turli moddalar masalan, suvda eruvchan tuzlarning donador bo’lakchalari yoki tuproq yuzasiga tekkan g’uborlari kimyoviy yaralmalar jumlasiga kiradi. Bularga tuzlarning qalin qatqoloqlari, karbonatlarning oqish dog’lari, temir (II)-gidroksidlarning zangsimon dog’lari kiradi. Yer qazuvchi hayvonlarning yo’llari va ildizlarning o’rinlari, turli o’simlik tomirchalari qoldiqlari biologik yaralmalarga kiradi.
Gips (CaSО4•2H2O) tuproq yuzasida qatqaloqlar hosil qiladi, tuproqning orasida esa bo’shliqlarni to’ldiruvchi muayyan katta kichik kristallar shaklida bo’ladi.
Kalsiy karbonat toshlarning sirtlarida g’uborlar, mayda oq dog’lar hosil qiladi.
Temir (II)-gidroksid o’tloq va botqoq tuproqlarda zang tusli dog’lar ko’rinishida bo’ladi.
Kremniy donador bo’laklar sirtida oq g’uborlar paydo qiladi.
Biror yaralmaning bo’lishi va uning qanchalik chuqurlikda yotishi, shakli, miqdori tuproqlar genezisini va ularning unumdorligini hamda meliorativ tadbirlarga naqadar muxtoj ekanligini aniqlashga imkon beruvchi muhim ko’rsatkichlar hisоblanadi.
Tuproqlarda o’simlik hosil qilgan biologik yaralmalardan donador bo’laklar sirtida mayda ildizlarning naqshlarini va ildizlar chirigandan sо’ng bo’sh qolgan yoki tuproq massasi va tuzlar bilan to’lib qolgan bo’shliqlarni ko’rsatish mumkin.

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin