1) Ko’p yillik o’t ekinlar (ayniqsa beda) ekish hamda yerlarga go’ng sоlish tuproq strukturasini yaxshilaydi.
2) O’tlar xaydalgandan keyin paxta ekilishining birinchi yilidayoq har xil tur va tipdagi tuproqlarda suvga chidamli mikroagregatlarning miqdori ko’payadi va paxta hosili oshadi.
3) O’tlar xaydalgandan keyin ekin ekishning ikkinchi yilidayoq tuproqning makrostrukturasi tez va keskin yomonlashadi.
4) Surunkasiga mineral o’g’itlar bilan ishlanganda tuproqning strukturali holati deyarli yaxshilanmaydi.
Tuproqning agrofizik holatlarini yaxshilash hamda unumdorligini oshirish maksadida O’zbekiston fanlar akademiyasiga qarashli kimyo instituti tomonidan ishlab chiqilgan "K" seriyali polimerlar foydalanish borasida professоr V.B. G’ussak raxbarligida K. Mirzajonov, K. Paganyas, X.M. Maqsudov va boshqalar ko’pgina tajribalar o’tkazdilar.
Olingan ma’lumotlar sug’oriladigan bo’z tuproqli, taqir va taqirsimon yerlarda "K" seriyali preparatlarni qo’llab 0,25 mm dan yirik agregatlar miqdorini 80 % gacha ko’paytirish va sug’orishga sarflanadigan suvni ancha tejash hamda ekinlar hosildorligini oshirish mumkinligini ko’rsatdi.
Shunday qilib, tuproqda o’simliklar uchun suv, havo va oziq rejimlarning qulay bo’lishi, shuningdek ekin maydonlarida qo’llaniladigan agrokompleks tadbirlarning yaxshi natija berishi tuproq strukturasiga bog’liq.
Demak struktura tuproqning muhim agronomik xossalaridan biri, u tuproqning g’ovak qovushmali va serg’ovak holatda bo’lishini ta’minlaydi.
NAZORAT TOPSHIRIQLARI 10.3.1. Tuproq strukturasining buzilishiga nimalar sabab bo’ladi?
10.3.2. Tuproqdagi bioximik jarayonlar tuproq strukturasiga qanday ta’sir ko’rsatadi?
10.3.3. Tuproq strukturali holatini tiklash usullarini bayon eting.
10.3.4. Tuproqning fizik yetilganligi deb nimaga aytiladi?
10.3.5. Sho’rtob yoki podzal tuproqlarning struktura holatini yaxshilash uchun qanday tadbirlar qo’llaniladi?