Yahudiylik dinida xilma-xil ibodatlar,duolar, urf-odatlar, roʻza tutish, xatnaqilish, oziq-ovqat sohasidagi taqiqlar,shanba kuni hech qanday ish bilanshugʻullanmaslik, diniy soliqlar vayigʻimlar kabi talablar juda qatʼiy qilibqoʻyilgan. Yahudiylikning asosiy diniykitoblari — Tavrot va Talmudsabelgilangan bunday koʻrsatmalar orqalidindor yahudiylarning turmushi, axloqiy huquqiy hayoti nazorat ostiga olingan.Fanda yahudiylikning 4 bosqichin aniqlangan: eng qadimiy yahudiylik(Bibliya davri), klassik yahudiylik(miloddan avvalgi 536 va milodiy 70-yillar), ravvinlar davri va yangi davryahudiyligi (modernistik yahudiylik). Engqadimiy yahufiylik dini dastlabFalastindagi ikki davlat — Isroil vaYahudiya davlatlari (miloddan avvalgi X—XI asrlar)ning, keyinroq ular birlashgach,yagona yahudiy davlatining dini boʻlgan.Bu davr Tavrot (Tora)da aks etgan.Tadqiqotlarda aniqlanishicha, uningtarkibiga kirgan matnlar ogʻzaki tarzdamiloddan avvalgi XI—VI asrlar oʻrtasidashakllangan. Miloddan avvalgi V asrdayozib olingan. Bundan keyinyahudiylikning klassik davri boshlanadi.Miloddan avvalgi 586-yilda yangi Bobilpodshosi Navuxodonosor XI Yahudiyaniyakson qildi, salkam 30 ming yahudiyniasirga oldi. 50 yil davom etgan „Bobilasirligi“ va undan keyingi davrlardaminglab yahudiylar Falastinni tark etdilar.„Qadimgi ahd“ matnlarining asosiy qismiana shu davrda yozilgan. Milodiy 70-yilQuddus ibodatxonasining qulashi vaTalmudning yozilishi orasidagi vaqtravvinlar davridir. Yahudiy ruhoniylariTavrotni talqin va tavsif qilish jarayonida ujudga kelgan Talmudning oxirgi tahririikki variantda: Quddus Talmudi IV asrda,Bobil Talmudi V asrda eʼlon qilindi.VII—XVIII asrlarda yahudiy ruhoniylari(ravvinlar) diniy yozuvlar — Tavrot vaTalmudni targʻib qilishni davom ettirdilar.Bu davrni aks ettirgan juda koʻp ravvinadabiyoti vujudga kelgan. XVIII asrdanb diniy talablarni davrga moslashtirish,soddalashtirish va yengillashtirishharakatlari avj oldi.Yahudiylikda qadim zamonlardanboshlab xilma-xil mazhablar va oqimlarvujudga kelgan, ular oʻrtasida keskinkurash borgan. Miloddah avvalgi IIasrdan milodning 23-yiligacha farisey,saddukey, yes-sey, qumronlar jamoasikabi oqimlar vujudga kelgan. Ortodoksalyahudiylik bilan bu mazhablar oʻrtasidakurash borgan. Milodning 1—2-asrlaridaortodoksal yahudiylikka muxolif boʻlganayrim oqimlar (yahudiy-xristiansektalari)ning borgan sayin yahudiylikdanyiroklashib borishi jarayenida xristian dinimustaqil din sifatida ajralib chiqqan (qarang Xristianlik).Yahudiylik diniga ga eʼtiqod qiluvchilarsoni 100 million nafarga yaqinni tashkiletadi, ularning uchdan bir qismiAQSHdadir