O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti



Yüklə 100,89 Kb.
səhifə2/12
tarix02.04.2023
ölçüsü100,89 Kb.
#92609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

. «Din» tushunchasi, dinning tarkibiy qismlari, vazifalari, vujudga kelish va jamiyatda saqlanib qolish sabablari, tarixiy davrlarda unga munosabat kabi masalalar tahlil qilinadi. Mazkur qo‘llanma dinning jaholat, aqidaparastlik o‘zgalar fikriga toqatsizlik va ijtimoiy taraqqiyotga to‘sqinlik qiluvchi kuch ekanligi haqidagi noto‘g‘ri tasavvurlarga qarshiligi to‘g‘risidagiijtimoiy fikrning vujudga kelishiga ko‘maklashadi. Dinning ilk shakllari insoniyat tarixining dastlabki davrlarida ibtidoiy odamning dunyoqarashi sifatida vujudga kelgan. O‘sha davrlardan buyon din insonning tabiiy ehtiyojlari va mayllarini jilovlash vositasi, madaniyatning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan ijtimoiy ong shakli hisoblanadi. Ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar diniy ta’limotda ham o‘ziga xos jarayonlarni keltirib chiqargan. Ular ta’sirida davlat va milliy dinlar vujudga kelgan. Qudratli xudolarga sig‘inish va ko‘pxudolik shakllangan. Xalqlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, yirik imperiyalarning paydo bo‘lishi natijasida dinlar davlat va elatlar doirasidan 3 chiqib, umuminsoniy ahamiyat kasb etgan va shu tariqa jahon dinlari vujudga kelgan. Lekin diniy qarashlarning rivojlanish jarayoni hozir ham davom etmoqda. Mazkur qo‘llanmada jahon dinlari ta’limoti, aqidalari va marosimlariga ko‘proq e’tibor berilgan. Zero, ular xalqlarning ijtimoiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Jumladan millatlarning urf-odatlari, an’ana va marosimlaridagi umumiylikda jahon dinlarining ta’sirini yaqqol ko‘rish mumkin. Bu jarayonlar dinlarning keskin raqobati sharoitida rivojlangan. Hozirgi davrda ular o‘rtasidagi raqobat global muammo darajasiga ko‘tarildi. Bunga sabab vayronkor kuchlarning dindan siyosiy manfaatlar yo‘lida foydalanishga intilishidir. Dunyoviy taraqqiyot yo‘lini tanlagan O‘zbekistonda dinning ijtimoiy ahamiyati qayta tiklandi. Diniy konfessiyalarning rasmiy faoliyati uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Millatlar o‘rtasida tinchlik, hamjihatlik va o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni shakllantirishda dinlarning imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda


Yüklə 100,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin